|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#5 | ||
|
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98
119/64
– 0
1/1
![]() |
Цитата:
Haqiqatni menimcha barchamiz izlaymiz, ammo o'zimizga bilinmagan, odatiy holda amalga oshiramiz. Biror bir amalni (nima bo'lishidan qat'iy nazar) bajarib bo'lib, bajarayotgan paytda, yoki bajarishdan avval uning to'gri yoki noto'g'ri ekanligi ustida o'ylanamiz, shu amalning mazmuni, moxiyati va yaqin-uzoq oqibatlari haqida fikr yuritamiz. Har bir insonning bu usulda qurib olgan fikri, iqtirozi, taklifi boshqa insonnikidan farq qilishi mumkin, qolaversa, unga qarama qarshi bo'lishi mumkin. Bugungi kunda ma'lum bir narsaning haqiqat standartini olishida, tarix davomida ko'pchilikning shu narsa borasida umumfikrlikka kelishi natijasida erishilgan. Misol uchun: 2+2=4; Inson suvsiz yoki kislorodsiz yashay olmaydi; Bolani ayol tug'adi; ko'mirning rangi qora; paxtaning rangi oq va h.k. Demak, haqiqat deb ko'zimiz ilg'agan, mantiqan to'g'ri (ya'ni, berilgan javobdan ko'ra boshqa javoblar mantiqan noto'g'riligi), umumfikrlik natijasida erishilgan holatni, tushunchani aytishimiz mumkin. Ba'zida, haqiqat deb tushunib kelgan narsalarimiz, ilmiy tarafdan olib qaralsa tushunib olgan haqiqatimizga teskari bo'lib chiqishi mumkin. Bu albatta ilmiy-falsafiy qarashlar. Misol uchun: ''Osmon - ko'm-ko'k'' ''Osmon - moviy rang'' deb aytamiz. Va bu fikrga ko'pchiligimiz qo'shilamiz. Aslida esa, ilmiy nuqtai nazardan qarasak, osmonimiz rangsiz gazlardan tarkib topganligini tushunamiz. Demak, ko'zimiz ilg'agan haqiqatdan tashqari, shu haqiqatni rad etuvchi va asoslab beruvchi boshqa haqiqatlar ham bor ekan. |
||
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
|