Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 20.09.2010 14:38   #311  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Яқинда сержантлар мактаби ҳақида ишланган "Сержантлар" телесериалини кўрсатишди. Менга ёқди. Айниқса саундтрэки.
Цитата:
Ватан берган нон-тузинг учун
Шукур айтиб бахтга тўламан
Хизматингга ярай деб бир кун
мен албатта сержант бўламан...
Мудофаа вазирлиги кино ижодкорларига звание берворсаям бўлаверса керак.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
"+" от:
Старый 20.09.2010 15:22   #312  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Lutfillo Tursunov
Оффлайн
Xabar
Сообщений: 1,597
+ 745  1,505/647
– 2  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Замонавий эртак талқини денг.
Билмадим. Қайтанга эртакларга амал қилиш мумкинроқ бўлса керак, кинога қараганда. Эртаклар асосан халқ ижодиёти саналади. Яъни, маълум халқнинг ҳаётий принципларидан келиб чиқиб тўқилган ҳикоя.
Кино ёки бадиий асарлар эса асосан битта шахснинг қарашлари, фалсафасидан иборат. Дунёни ҳамма ўз кўзи билан кўради. Ижодкор ҳам ўз кўзи билан кўрган "дунё"ни таърифлайди. У "дунё" бошқалар ҳаётий қарашларига зид бўлиши мумкин, бўладиям. Шунинг учун бадиий асарлар (жумладан кино ҳам) ҳаёт йўлимиз учун намуна бўлолмайди. У ким учундир маълум даражада маънавий, бошқа биров учун руҳий, яна кимгадир эстетик озуқа бериши мумкин, холос.
__________________

Ответить 
2 "+" от:
Старый 20.09.2010 15:38   #313  
Аватар для starter
Оффлайн
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123  44/21
– 10  9/8

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Яқинда сержантлар мактаби ҳақида ишланган "Сержантлар" телесериалини кўрсатишди. Менга ёқди.
Menga bu serial uncha yoqmadi. Biroz zerikarli ekan. Buning ustiga har bitta seriyasida kichkinagina epizod, voqea bo'ladi va shu bilan seriya tamom. Har bitta seriyaning oxirida har gal bitta klip ko'rsatiladi. O'sha klipni hadeb qaytaraverishning nima keragi bor hayronman, koshki qiziq bo'lsa. Qisqasi seriyalar juda qisqa.
Aktyorlar harakati soxta, imillagan. Harbiylarga uncha o'xshamagan. Ayniqsa jang sahnalarida juda imillab harakat qilishgan.
Serial qaxramonlarining o'zaro suhbati, gaplari, dunyoqarashi yosh bolanikiga o'xshab ketadi.
Effektlar, jang sahnalaridagi tezlik borasida "18-kvadrat" filmi yaxshiroq.
Ответить 
Старый 20.09.2010 23:13   #314  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Lutfillo Tursunov Посмотреть сообщение
Эртаклар асосан халқ ижодиёти саналади. Яъни, маълум халқнинг ҳаётий принципларидан келиб чиқиб тўқилган ҳикоя. Кино ёки бадиий асарлар эса асосан битта шахснинг қарашлари, фалсафасидан иборат.
Цитата:
Сообщение от Lutfillo Tursunov Посмотреть сообщение
Шунинг учун бадиий асарлар (жумладан кино ҳам) ҳаёт йўлимиз учун намуна бўлолмайди.
Haqqoniy gap bo'ldi.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 20.09.2010 23:17   #315  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Ўзимизнинг "Ўзбек фильм"да ишланган "Марғиёна" фильми ҳам шу йўналишда(афсона асосида) ишланган.
Boshqalarini ko'rmabmanu, lekin "Marg'iyona" menga juda yoqqan. Yaxshi ishlashgan o'sha filmni.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 20.09.2010 23:32   #316  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Lutfillo Tursunov Посмотреть сообщение
Энг ёмони шу - кинодан ҳаёт учун дастак олиш!
Ha, eng yomoni ham mana shu. Yoshlar kinoni hayot deb o'ylashyapti. Ba'zan ko'chada koreys filmlariga taqlid qilib yurgan yoshlarni ko'rib hayron qolaman.. Uzbek filmlari ham, zamonaviy talqinda ishlagan ayrim kadrlarida koreys filmlariga taqlidi seziladi (hammasimas, ayrimlari)..

Biz koreys kinolaridan olishimiz mumkin bo'lgan bir yaxshigina jihatni ko'raman. Bu o'ta sadoqatlilik va rostgo'ylik. Ko'p filmlarida shablonday, shu xususiyat bor. Bitta qahramoni yolg'on ishlatgisi kelmasa, jim turadi va hkz.

Qolgani, ularning o'zini tutishi, g'arbcha madaniyati, mimikalari bizga uncha yarashmaydi. Afsuski, yoshlar shaklni ko'chirib olishadi birinchi navbatda.

Lekin kino - hayot emas, darhaqiqat. Eng katta kamchiligimiz, hayotimizni kinolar bilan o'lchaydigan, kinolashtirib yuboradigan bo'lib bormoqdamiz. Filmlarni qandaydir dam olish uchun ko'rsa bo'ladi, hayotga tadbiq etish uchun emas. Hatto R. Kapurning eng mashhur filmlarini ham (hatto hayotiy voqealar aks etgan bo'lsa-da) hayotimizga olib kiradigan bo'lsak xato qilamiz..

Оффтоп:

Har bir kishining mustaqil fikri, yashashdan maqsadi bo'lishi kerak.. O'shanda turli ta'sirlarga berilmaydi.. (bu ojiz fikrim)
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
2 "+" от:
Старый 22.09.2010 03:12   #317  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Yana bir narsa, filmdagi tragediyaga to'xtalmoqchiman. Odatda u badiiy asar bo'ladimi yoki film bo'ladimi, agar fojeaviy yakun toptirishsa yoki shunga o'xshash ko'ngilsiz joylari ko'p bo'lsa go'yoki tragik, ta'sirli asar chiqadigandek o'ylaymiz. Lekin bunday emas, aslida qaysidir bir lahza tragediya bo'la oladi. Masalan, Shoh Edipda Shohning peshanasiga yozilgan shunday qismatning o'zi va bu qismatni bilib qolishi tragediya aslida..

Har qanday odamning hayoti ham tragediya bo'lavermaydi. Odatda buyuk (nisbatan buyuk so'zi olindi) shaxslarning hayoti fojeaga misol qilib olinadi va u tragediyani yarata oladi.

"Telba"dagi yigitning o'limi bu tragediya degani emas, uning g'ururini sindirishga majbur bo'lishi tragediya. Ba'zan yigitni haqoratlarni bir begona xonadonda pul topish uchun eshitib turishga majbur bo'lishi - tragediya. Nima, u inson emasmi, unda yurak, g'urur, or-nomus yo'qmi deb o'ylaysiz...
Qizning esa yolg'izlanib, o'zini halok etishi ham tragediya emas, balki uning haqiqiy (nisbatan shunday olaylik endi) hislari oilasi tomonidan ezilishi, oyoq-osti qilinishi, yaqinlaridan ma'nan ajralib qolishi tragik holat edi.. Bu filmda qizni ham qismatini fojea qilib yakun yasash shart emas edi, menimcha. Lekin D. Kubayeva jonli tasvirlab bera olgan o'sha qahramonini..

Demak, tragik holat deganda umuman dahshatli bir manzarani emas, qaysidir lahzalarni ushlab qolishimiz kerak bo'ladi. (Bunday qarash filolog olim dots. U. Jo'raqulov domlaga tegishli.)

Darhaqiqat, har bitta filmni fojea bilan yakun toptirish - uning ta'sirchanligini oshiradi degani emas. Buning aksi bo'lishi ham mumkin.. Filmning yuksakligi - uning g'oyasida bo'ladi menimcha.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
2 "+" от:
Старый 22.09.2010 22:34   #318  
Аватар для axmedovshuhrat
Оффлайн
Сообщений: 265
+ 25  96/69
– 1  19/10

Uzbekistan
биринчи "Келгинди куёв" кейин "Келгинди келин" сўнг "Келгинди қайнона" охирида "Келгинди қайнота" бўладими десам "Ўғригина келин" дегани чиқиб қолди бу янги "Ўғригина ..." типдаги киноларни бошлаб беради шекилли.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 22.09.2010 23:53   #319  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow

Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Яқинда сержантлар мактаби ҳақида ишланган "Сержантлар" телесериалини кўрсатишди.
Sardorlar filmidan keyin bu filmni ancha yaxshi ishlagan bo'lsalar kerak deb bir ikki kun kutib, tamosha qilib yurdim keyin nimagadir zeriktirib yubordi. Filmda asosan bir xonadan boshqa xonaga o'tganda komuflyajlari, birdaniga amerikankaga o'zgarib qoladimiyey. Yoki bo'lmasa tasvirga olish uzoq davom etganmi? Shu sababli hozirgu kundagi armiyada tartib qoida, harakat, formalar va hakozalar takomillashgani sababli, kadrlar tasvirga olish xar hil paytda betartib olinib, montaj jarayonidan keyin shunday holatlar kelib chiqqan bo'lsa kerak.
__________________
Nur bor joyda soya bor.

Последний раз редактировалось Fayzbek; 23.09.2010 в 00:04. Причина: Ma'lumot qo'shish
Ответить 
2 "+" от:
Старый 23.09.2010 00:02   #320  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow O'g'ri

Цитата:
Сообщение от axmedovshuhrat Посмотреть сообщение
биринчи "Келгинди куёв" кейин "Келгинди келин" сўнг "Келгинди қайнона" охирида "Келгинди қайнота" бўладими десам "Ўғригина келин" дегани чиқиб қолди бу янги "Ўғригина ..." типдаги киноларни бошлаб беради шекилли.
Ha to'g'ri aytasiz men ham adashmasam "Qalbim o'grisi" nomli filmni kinoteatrda tamosha qilganman.
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх