|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#401 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Hurmatli Mas'ud aka, Mahsudov. Ramazon oyi, laylatul qadr tuniga atab ham she'rlar yozganmisiz? Menda unday she'rlar yo'q edi, afsuski. Faqatgina Abdujalil Xo'jam shoirning shunday chiroyli she'rlari borligini bilaman. (Hidoyat jurnalida ishlaydilar)
Nigoh va kuz haqidagi she'rlaringiz juda chiroyli chiqibdi lekin.. Ko'proq shunday ajoyib she'rlardan qo'yib bizlarni bahramand etib turasiz degan umiddaman. Yana bir savol bersam maylimi? Shoir sifatida javobingizni bilmoqchi edim. Siz ko'proq tabiatdan ilhom olasizmi? Men ko'proq adabiyotdan, teran-teran ma'noli so'zlardan ilhom olaman. Negadir tabiatdan kam ta'sirlanaman. Bu kecha Laylatul qadr deb eshitdim, agar shunday bo'lsa bu bo'limga kirib ruhiy ozuqa oladigan barcha forumdoshlarga muborak bo'lsin! Tuningiz ibodatla bezangan bedorlik ila o'tsin!.. Javoblar uchun oldindan tashakkur, yangi ijod namunalaringizdan kutib qolamiz. Samimiy hurmat ila..
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#402 | |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Цитата:
Ramazon muborak yana bir bor. Qadr kechasini Siz ham yaxshi o'tkazib oldingiz, deb umid qilaman. Afsuski, Siz so'ragan mavzuda yozmagan ekanman... Imon, e'tiqod haqida ko'p yozilgan, o'qigansiz, ammo, alohida Ramazonga atab yozmagan ekanman ![]() Ilhom masalasida, tabiatdan ilhomlanmayman doim ham, aksincha, inson ruhiyatini tabiat orqali tasvirlashga harakat qilaman... Adabiy asardan ham ruhlanib yozaman, tabiiy.. lekin, anchadan beri (2-3 oy) badiiy kitob qo'lga olganim yo'q... Faqat klassik she'riyatimiz bilan doimo yonma-yonman... Har kuni bo'lmasa-da, kunora Navoiy, Hofiz, Mashrab, Fuzuliy, Bobur, Nodira g'azallarini o'qib turaman... Asosan, Qur'on o'qiyman, eshitaman, undan ortolganim yo'q... Oxirgi o'qigan asarim, "Yulduzli tunlar"ni qayta o'qib chiqdim. Savollar uchun rahmat ![]()
__________________
Мой ЖЖ Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 07.09.2010 в 19:16. |
|
|
Ответить |
![]() |
#403 | ||
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Ёмғир шивалайди,
Сўнгсиз сукунат, Асрдeк туюлар ҳар ўтган оним. Дардларим кимгадир айтмоғим фурсат – Сассизлик ўймоқда тилинган жоним. Ёмғир томмоқда-ю, қалбим ёнмоқда, Томчилар оташни сўндира олмас. Танам руҳим азобидан тонмоқда, Туби йўқ жимликка асаб чидолмас. Ёмғир билдирмайди, кўзимдан зўрға чиқа бошлаётган аламли ёшим. Балки у синамоқ истаб қолгандир, Тугаб бораётган мeтин бардошим Ёмғир юзларимда қолади тўхтаб, Сочим ивиб кeтган – парвоим палак, Қибласин йўқотган дeрвeшга ўхшаб, Уриш-урмасликни билмайди юрак. Ёмғир, тиним билмас, Ёғавeради, Фасллар алмашар, ўтади йиллар. Осмон ўз сувини соғавeради, Айро тушганида қўшалоқ йўллар. Маюс тeрмуламан, Тун билан бирга, Хаёлим ёмғирга қўшилиб кeтди… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
||
|
Ответить |
![]() |
#404 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Oltin kuzga
Yaprog'ing titkilab o'qidim siring, Uning ahvolidan to'qidim asar. Sening bu olamda rango-rang siring Fosh bo'lib alardan qolmadi asar. Ayt, kimga yalinding yuzing sarg'ayib? Nolayu dardingni tinglamadi kim?! Sendan ham bu yerda faqat men g'arib, Za'faron istadim, bermadi hech kim... K.2009 * * * Ma'yusgina kirib kelar kuz, Tillarida hijron navosi. Yo'llarimga xazon to'shar kuz, Osmon - bulut, yomg'ir havosi... Sho'x sadolar tortmas dilimni Nega buncha yig'laysan yurak? Bugun mahzun tabassumlaring Dilga botar, ne uchun kerak?! Xazon bo'lgan oltin yaproqlar, Ishqim misol yerga to'kilar. Kuz yomg'iri hamon tomchilar. Samo endi ishqdan so'kilar... Yomg'ir izi, hayajonli qalb, Ammo quvonch hadya etolmas... K. 2003
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#405 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
* * *
Hech nima haqida so'zlayolmasang, Bilki, men shu haqda ash'or yozaman. Bugundan ertani izlayolmasang, Bilki, men sen uchun shior yozaman. Qandayin dardki bu, unutay oson?! Mehr chashmasida ayladi giryon, Biz tomon shodlikka kel, mohitobon, Nimkosa suhbating aylamay nihon. Firoqning izmida yurmagin zinhor, Malomat toshlari etmasin bezor.. Bilsang, bu yuraging yorug'likka zor, Bo'l bizim davrada oftob misli, yor... K. (c) 2010.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy Последний раз редактировалось Kavsar; 08.09.2010 в 01:05. |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#406 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Сени эслайман-у, хўрсинаман жим,
Қалбимда куз фасли ҳукм суради. Ҳаётдан зериккан хассос юрагим, Билмайман қайдан куч олиб уради. Умид юлдузларим милтирар элас, Юзим-чи, хазон барг каби заъфарон. Сен билган мен энди асло мен эмас, Сен билган кошона кўнгил ҳам вайрон. Ўзимни бахтиёр кўрсатиб, кулиб, Тушкунлик хиссидан қочсам-да йироқ. Дил аёзда қолган гул каби сўлиб, Қиш томон тобора бўлар яқинроқ... Кўнглим жуда совиб кетади баъзан, Шунда мен аламим майдан оламан... Гар шароб тугаса, билмайман ҳолим, Менимча, совуқдан музлаб қоламан... Кетаман мангуга... исинмоқ учун (C)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#407 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Shirin uyqu
(qofiyani unutgan she'r) Charchadim bir pas, Uyquni buzmang. Eski tashvish, yangi muammo... Bir lahza dilim o'ylamay tursin. Siz chorlagan hayotda, Topmagan baxtini Uyquda topsin. Ro'yobga chiqmagan buyuk orzular, Mayli uyquda ro'yobga chiqsin. Qo'ying bir pas, O'z holimga jim, Kerakmas dilga yaqin navo ham.. Haqiqat chiroyli hayotga kerak. Mayli istaganim Bo'lsa hayotda Sizni yalintirmay turishim kerak, Bu shirin uyquni buzishim kerak.. K. 2002 (c)
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#408 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Yana bir tun o’tar umrim opichib –
Ma’yus oy yuzini bulutlar to’sgan. Yana bir tun o’tar orzumni quchib – Shunday kechalarda umidlar o’sgan... Uyquga begona ko’zlarim giryon; Siyoh ko’k qo’ynidan qidiradi nur. Islagan ilinjin topmayin hayron, Muzlagan ko’z yoshdan yasaydi billur... Sog’indim... boshqa so’z kelmas xayolga, Qo’msadim beg’ubor bolaligimni. Qaniydi, ko’rsatsam baxtu iqbolga, Sog’inchga aylangan shu yuragimni... Sog’indim, Imonga yaqin kunlarim, Jonajon do’stlarga talpinadi dil. Duoda osmonga yetar unlarim, Ertamni o’ylasam yorishar ko’ngil... Sog’indim, indinim, kelajagimni, Ichimni nimadir o’rtaydi tinmay. Sog’indim yig’lashim, kulajagimni, Peshona taq etsa, dosh berib, sinmay... Umrimning parchasi har bitta taqdir, Har qismat oldida bosh egaman jim. Intiq qalb ko’ksimda titraydi dir-dir, Yaxshilar, Sizlarni juda sog’indim... Yana bir tun o’tar umrim opichib – Ham burkab sog’inchga ruhim, tanamni... (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
![]() |
#409 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Minorai kalon
Tashbeh qidiraman senga ataylab, Har topgan qiyosim nursizu basir. Seni o'ng kaftida turar avaylab, Buxoro zamini bag'ri to'la sir. Shoirlar ahliga berib sen ilhom, Gohi g'animlaring bag'rin dog'lading. Sino tunlarini etib beorom, Ba'zan amirlaring dilin chog'lading. Zamonlar o'tdilar poyingda bo'zlab, Lahzani tutmoqqa yo'qmidi imkon... Tunu kun adashdi husningdan so'zlab, Sen yurtga sharafu elga bo'lding shon.. Quyosh mahliyodir jilolariga, Yuzlarin dog'idan oy-da xijolat. Gardi teng dunyoning tillolariga, Ochun tojidagi durdona ziynat. K. 2009 (c)
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#410 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Нурли нигоҳ
Она ер бағрида сочларин тараб, Ўлтирар юксакда кўтарибон бош. Очдим деразамни самога қараб, Нурли тонг уйига чорлади қуёш. Мен уни кузатдим узоқ тикилиб, Олам гўзаллигин жо этди кўзга. Шу он юрагимга ҳислар тўкилиб, Излади кимнидир, кирмайин сўзга. Ё у - муҳаббатми дилдаги туйғу? Ошкор бўлди унинг кўзда сурати, Гоҳ шодлик улашди, гоҳида қайғу, Аммо яшайверди мангу сийрати. Она Ер бағрига нурларин сочиб, Ўлтирар юксакда кўтарибон бош. Осмонга тикилди дераза очиб, Мен каби уни ҳам чақирди қуёш. К. (с) 2009
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
|