|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#361 | |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Цитата:
She'rlaringiz kitob bo'lganmi? Nega shu paytgacha hech kim e'tibor qilmagan ekan yoki men bilmaganman? Bu she'rlarning ohangi musiqiy, xuddi kuylanayotgan qo'shiqqa o'xshaydi. Men filolog bo'lsam-da hali qalam yurgizishni bilmayman. G'azal deb qo'yganlarim mutlaqo aruzda emas. Lekin g'azallaringiz ham aruz ohangida juda chiroyli o'qilar ekan.. Balki kelajakda bu kamchiliklarimni to'grilab men ham she'riyatning ulkan ostonasiga bora olsam o'zimni behad mamnun sezardim. Darhaqiqat she'rlaringiz faqat majozdan iborat emas, ularda tasavvufiy qarashlarni ham ilg'adim. Balki anchasiga tishim o'tmagandir, ammo shuni bilamanki, boshqalar ham bu she'rlardan bahramand bo'lib kitoblaringizni o'qishsa savoblarning yaxshilaridan bo'lardi.. Ijod yo'lingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilab, samimiyat bilan...
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#362 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Yorning quliman
Dunyo meni Anglamoq uchun, O'ttiz yil kerakdir, Balki ellik yil. O'shal kun inson deb Tan olmoq uchun, Sarflamoq kerakdir Umrni balki... Sen kimsan demading: Yorning quliman, Gunohkor bandaman Devonasifat... Xaroba edimu, Yerga to'kildim, Kezaman dunyoni Xarobasifat... Ko'zlardan oqqani Tomchi yosh emas, Dengiz qa'ridagi Durdan nishona. Olgan malomatim Asli tosh emas, Bog'ida ko'ringan Hurdan nishona. Ayting bu dunyoni Qurgan kim edi? Kim edi, kim uchun Bunyod ayladi? Jim edi, koinot Asli jim edi. Jimlikda insonni U yod ayladi... K.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy Последний раз редактировалось Kavsar; 17.08.2010 в 15:05. |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#363 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Yurt sog'inchi
(chet elda o'qib yurgan barcha Uzbekiston yoshlariga bag'ishlanadi) Tasavvurlar ingan satrdan, Nur to'kilar, yog'du taralar. O'zga bir yurt manzillaridan, Sen haqingda orzu yaralar. Men teraman, ma'yus va mahzun, Ortda qolgan sog'inchlarimni. Oh, bu yurtda qanchalar uzun, Kechgan ko'kning kechalarini. Sog'inchlaring o'tidan kuyib, Yaralgaydir she'rlar hud-behud O'z nomingga o'zga nom qo'yib, To'kilmagan satrlar mavjud. Oqshomlari oy ham jilvagar, Yot ko'chalar oydin, yorishar. Tor ko'changdan o'tsa kim agar, Tunda oydan ko'zi qamashar. Mayin, mayin shabboda elib, Yurt nafasin olib keladi. Shu on butun borliqdan kechib, Samarqandni quchgim keladi. X.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#364 | |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Цитата:
Assalomu alaykum. Samimiy fikrlaringiz uchun tashakkur. Sizning she'rlaringiz ham juda ajoyib, rang-barang, so'z tanlashlaringiz maqtovga sazovor. G'azallaringizga kelsak, haqiqatan ham, aytganingizdek, mukammallashtirish kerak. Aruzni chuqurroq o'rgansangiz, mumtoz adiblarimiz asarlarini yanada ko'proq o'qisangiz, yaxshigina yoza olasiz, so'z boyligingiz katta ekan. Forsiyda yozganlaringiz, ayniqsa, taxsinga sazovor. Mening forscham ancha sayoz bo'lgani sabab, she'r yozib ko'rmaganman, ustida ancha ishlashim kerak - she'r yoza oladigan darajaga ancha bor hali ![]() She'rlarimga kelsak, nasib qilsa, shu kunlarda nashrga tayyorlayapman. Yaqinda chiqib qolishiga umid qilaman va barcha do'stlarimizdan duo qilib turishlarini iltimos qilaman. Yaratganning o'zi shu ulug' kunlarda qilgan ezgu ishimizning barakasini bersin. She'rlardagi botiniy ma'noni to'gri anglabsiz, ularning aksariyatida chuqurroq mulohaza qilishga, kishini o'ylantirishga majbur qiladigan mavzuni yoritishga harakat qilaman. hurmat bilan, Mas'ud
__________________
Мой ЖЖ |
|
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#365 | |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Цитата:
Янги ой осмонда кeзади, Паришон боқаман унга жим. Ичимни минг соғинч эзади, Уйимни жудаям соғиндим. Мeн кeтгач хаёлин йиғмаган, Ўғлисиз ҳeч қайга сиғмаган, Тeлeфонда хўрсиниб йиғлаган, Онаизоримни соғиндим. Ҳар ерда фахрим ҳам савлатим, Суянган тоғим ҳам, ҳайбатим, Бошимда энг азиз давлатим - Падари бузургим соғиндим. Бири шўх, бошқаси ҳокисор, Ичида кири йўқ, бeғубор, Болалик йўлимда изи бор, Синфдош дўстларим соғиндим. Кeчаю кундузда ўйлаган, Дардларин дафтарга сўйлаган, Дилининг созида куйлаган – Мeнга кўз тикканни соғиндим Киприкда ёш бўлиб қотгувчи, Фарзандга борини тутгувчи, Қучоғин ланг очиб кутгувчи, Шаҳарим, қишлоғим соғиндим. Охири кўринмас далани, Хув, ўша мол боққан болани, Тонгдаги қатиқчи холани - Ҳаммасин, ҳаммасин соғиндим. Янги ой осмонда кeзади, Паришон боқаман унга жим… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#366 | |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Цитата:
![]() Оффтоп: Afsuski, forschada endi o'zimni sinab ko'ryapman, agar tushunadiganlar bo'lsa balki xatolarimni bilib olardim...
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#368 | |
![]() ![]()
Сообщений: 229
+ 357
309/121
– 1
0/0
![]() |
Цитата:
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#369 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Сенсизликка, мана ўрганиб қолдим,
Ойнинг тили бўлса, айтади, сўра. Қоғозу қаламдан аламим олдим, Тушкунлик нафасин олишдан кўра. Қадрдон кўчани ёлғиз кезаман, Қара, ўзгармабди мағрур чинорлар. Таниш шабаданинг сасин сезаман Сен ҳақда сўрайди сўнгсиз саволлар… Кунлар ўтиб кетди биринма- кетин, Ҳар куннинг ташвиши яккама дукка. Энди висолингни ҳавас қилмайин, Кўникиб ҳам қолдим эсламасликка. Ҳафталар, ой, фасл, ўтсалар йиллар, Битиб кетар экан ишқнинг яраси. Енгиллик тортгандай бўлади диллар, Вужудни забт этар ёшлик нафаси… Умидларим тилаклардан зиёда, Бу кун омад кулиб боқар йўлимдан. Бахтлиман сен каби мен ҳам дунёда, Сенсиз яшаш келар экан қўлимдан! (c) 2006
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
|