|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#11 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Cho'li iroq
Tarixni so'zlama menga, ey odam, Bitta chalib bergin "Cho'li iroq"ni. Bitta chalib bergin, toki yana ham Yaxshiroq ajratay qorani, oqni. Bu kuy asrlarning baridan tortib, Cho'llarda toliqqan horg'in karvonday. Ming xil taqdirlarni ustida ortib, Qalbimdan jimirlab o'tadi qonday. Tarixning eng olis qatlamlarida Armonda uxlagan orzu-alamlar. Dunyo manglayiga ajin tushirgan, Dardni, qarilikni yaratgan g'amlar. Sahro chechagining ayanch kulgusi, Yomg'irlar jon kirgan tuproqning isi, Hammasi o'tadi qalbimni o'yib. Tuya bo'ynidagi qo'ng'iroqlarning Tashnalik eslatgan jarangi bo'lib Hammasi o'tadi qalbimni o'yib. Tarixni so'zlama menga, ey odam, Bitta chalib bergin "Cho'li iroq"ni. Bitta chalib bergin, toki yana ham Yaxshiroq ajratay qorani, oqni. Haddan oshganga uni chalib ber, Do'stlar diydorini g'animat bilmay, Sarobga shoshganga uni chalib ber! Chalib ber, chalib ber, andisha qilmay. O'tmishni so'zlama, o'git kerakmas, Shu kuyni bir marta chalib bersang bas. Saida Zununova |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
|
|