Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 11.08.2010 01:53   #351  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Balki bu soginchning so'nggi lahzasi,
Balki dard nomasin so'ng bor bitaman...
Mana shu bo'lsa gar ishqing lahjasi,
Bo'ldi...
Tugataman...
Sendan ketaman...

Qalbimda quyoshni ko'rmaysan boshqa,
Shirin so'zlarimni ichga yutaman...
Axir chegara bor sabr-bardoshga,
Yolvorma...
Endi kech...
Sendan ketaman...

Endi tunlaring ham oysiz, yulduzsiz,
Nursiz ko'ngling uzra qolib netaman...
Iznsiz,
indamay,
gapirmay,
so'zsiz,
Ortimga qaramay,
Sendan ketaman...

Endi o'ylarim ham sendan yiroqda,
Yuragimni yolg'iz qo'lda tutaman...
Mayli kuyib ketay otash-firoqda,
Baribir, butunlay
Sendan ketaman...

Orzu-havaslaring siylov o'zingga,
Taqdir yo'lagidan yakka o'taman...
Qarshimdan chiqsang ham,
boqmay ko'zingga,
Qayrilib, manguga
Sendan ketaman..
.

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
2 "+" от:
Старый 11.08.2010 06:58   #352  
Real ID Group uParty Member Ultimate
Аватар для Shokir Dolimov
Оффлайн
Ҳарбий пенсионер
Сообщений: 3,959
+ 6,220  7,278/2,050
– 77  332/176

UzbekistanFacebook
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Bo'ldi...
Tugataman...
Sendan ketaman...
Офарин!
__________________
Тилга эътибор - элга эътибор! http://dolimov.zn.uz/ - ЧҚБТ фани ўқитувчисига
Ответить 
"+" от:
Старый 11.08.2010 13:04   #353  
Аватар для Remix
Оффлайн
Ipoteka-bank
mutahassis
Сообщений: 34
+ 15  13/10
– 2  2/2

UzbekistanОтправить сообщение для Remix с помощью ICQОтправить сообщение для Remix с помощью Skype™Мой мирFacebook
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Javobi – yakлashim – o’zingsan.
bu nima so'z?
Ответить 
Старый 11.08.2010 13:34   #354  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Оффтоп:
Цитата:
Сообщение от Remix Посмотреть сообщение
bu nima so'z?
Yakkashim сўзи. Иккинчи К ҳарфини ёзаётганда клавиатуранинг раскладкаси кириллчага ўтиб қолган.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
"+" от:
Старый 11.08.2010 13:41   #355  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Оффтоп:
Цитата:
Сообщение от Remix Посмотреть сообщение
bu nima so'z?
Yakkashim сўзи. Иккинчи К ҳарфини ёзаётганда клавиатуранинг раскладкаси кириллчага ўтиб қолган.
Kimdir so'zni "yakka shim" ma'nosida tushunishi mumkin.

Yakkashim- "yagonam" degani. Bu yerda -kash qo'shimchasi qo'llanilgan.(dilkash, zahmatkash, mehnatkash so'zlari yasalgan qo'shimcha)
Ответить 
"+" от:
Старый 12.08.2010 00:48   #356  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Ona

(Dunyodagi barcha aziz onalarga bag'ishlanadi)

Qildim, bayon vasfing
Uzundan - uzoq.
Ona, so'z topmadim,
Senga loyiqroq.
Quyosh bor, dunyoda
Charog'on, biroq
Men uchun quyoshdan
Mehring ulug'roq.

Dunyo tushungaydir,
O'zicha bizni.
Bildik o'zimizcha,
Biz ham dunyoni
Bugun o'zgalarga
Bo'lib beqadr,
Men bildim, onajon
Yaxshiroq seni.

Podshoh ham, Gado ham
Kimgadir farzand.
Barchaga teng bergan
Mehrini ona.
Qabul et, poyingda
Aylayin ta'zim,
Bir doston tug'ildi
Bugun sha'ningga...

O'qidim, nozikta'b
Shoirlaring ham,
Vasfingni yoymakka
Ojiz qalami...
Ne sabab bunday ey,
Aytgin, buyuk zot?
Balki qalbing to'la
Hayajon, titroq...

Bilmadim, taqdirim
Ne yo'lga boshlar?
Hali yashirin bu
Kelajak siri.
Shoira bo'lolsam
Faqat sizga deb,
Men qasr quraman
Birinchi bo'lib...

Tojmahal qurildi,
Sevgiga atab.
Men deyman bo'lg'usi
Onaga atab.
Ey, dunyo, jamiiyki
Qizlarni asra,
Chunki u avvalo,
Bo'lg'usi ona!

Ha, qizlar biladi
Ona qadrini.
Qachondir ular ham
Ona bo'lganda...
Ona iztirobin
Tushunar, balki
Ular ham bolam deb
Qayg'urganida...

Men diyor izladim
Dunyoni kezib.
Ham qo'nim istadim
Kulba axtarib.
Qush bo'lib uchdimu,
Bag'ringdan uzoq,
Men makon topmadim
Qalbingdan yiroq...

X.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 12.08.2010 03:07   #357  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
("Keraksan" nomli she'rimga qo'shimcha sifatida...)

Keraksan...
Intiq dil boshqani ko'rmaydi,
Holinngni men kabi
sabrsiz so'rmaydi,
soyadek ortingdan ergashib,
orzu-yu havasda tenglashib,
Bekorga izingdan yurmaydi,
Keraksan.

O'zgalar, ne desa desinlar,
baribir,
Pichinglar, g'iybatlar
ko'zimdan naridir.
Menda bor yagona havotir:
Keraksiz bo'lishdan,
Qarovsiz so'lishdan,
Yaratgan umrbod asrasin...
Keraksan.

Keraksan,
Ayni dam
yo'q boshqa kalomim tilimda,
Hamroh bo'l,
kunu tun
oxir yo'q yo'limda.
Garchi men bilmasman
ne bo'lar,
ne kutar o'ngimu so'limda...
Keraksan...

Keraksan,
Ko'zimga tor bo'lib
ketganda dunyolar,
Keraksan,
suvtalab bo'lganda daryolar,
Qirg'oqlar birlashib,
Yulduzlar sirlashib,
Quyoshga qalb muhtoj
bo'lganda.
judayam keraksan...

Keraksiz o'lishdan asrasin,
Yuraksiz bo'lishdan asrasin,
Nur istab chanqasa
qon ko'ngil,
Tuganmas ziyoni beruvchi,
Falaksiz bo'lishdan asrasin...
Keraksan....

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 12.08.2010 19:06   #358  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Buxoroning osmonlaridan,
Nur to'kilar qamar ardoqda.
Hur oromning isyonlaridan,
She'r to'kilar Samarqand haqda...

Men teraman, ma'yus teraman,
Tugamaydi, harflar, misralar...
Terib qog'ozlarga beraman,
Mendan sog'inch degan his qolar.

Uzun-qisqa she'rlar hud-behud,
Kunlarimga qo'yilgan ism.
She'r yozmagan kularim unut,
Nomsiz ketgan umr bir qism...

U.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
2 "+" от:
Старый 15.08.2010 12:36   #359  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Yig'lang...

Yig’lamoq – tavbadir,
Yig’lamoq alam,
Ko’z yosh – tazarrudan yaralgan chashma.
Quvonchmi, shodlikmi, qayg’umi yo g’am,
Odam zoti azal yig’iga tashna…

Yig’lang,
Armon hecham rahna solmasin,
Tashqari chiqarib bor g’uborlarni,
Yig’lang,
Kiprig’ingiz qurib qolmasin,
Eslab, nadomatu, afsus, zorlarni.
Yig’lang,
o’ksib-o’ksib,
Tavbalar aylab,
Gunohlar to’kilib ketgunga qadar.
Pushaymonlik hissin ko’ngilga joylab,
Duo ijobatga yetgunga qadar
Yig’lang,
Yig’layvering,
Qadringiz sabab,
Qimmatingiz yerga urilgani chun.
Milyon yo’lga kirib,
Adolat so’rab,
Haqdan panoh topib olganingiz kun
Yiglang,
To’yib-to’yib,
mayli olmay tin,
Yukdan holi bo’lib qolguncha gardan.
Yaratgan umrimiz holi aylasin,
Yig’lashni bilmagan bag’ritoshlardan.
Yig’lang,
Ko’z yoshiga to’lib ketsin qalb,
Ko’ngil dunyosiga yoyilsin behad.
Titrasin avflarni so’raguvchi lab,
Ruhingiz o’shanda olarkan rohat.
Yig’lang,
Boshingizni qo’yib sajdaga,
Niyatni pok etib, ma’zurlar aytib,
Yaxshiga yondoshib, yomondan qaytib,
Ko’z tikib Allohdan kelar mujdaga,
Yig’lang,
Bag’ringizga to’lganida qon,
Dunyo tashvishidan bo’lganda xijil,
Ziyoga intilish to’xtagani on,
G’alat talvasani tuyganida jon,
Chorasiz qolganda begunoh inson,
Razolatga botib qolganda jahon,
Vijdon qiynoqlardan chekkanda fig’on,
Insof yiroqlarda kezganda sarson,
E’tiqod sotilsa suvdan ham arzon,
Adovat mehrga bermasa imkon,
G’uborga oshino bo’lganda imon,
Yig’lang,
Titrab yig’lang,
Ich-ichdan yig’lang…

Ajab, yig’ingizni to’xtatgan zamon,
Ajib bir yengillik tortar ekan dil…

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
2 "+" от:
Старый 17.08.2010 02:37   #360  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Yurak indamadi, turaverdi jim...
(Bir she'rdan...)


Garchi men firoqda olovsiz yondim,
Havoga uchsa ham so'ngsiz nolalar.
Yolg'iz Haqdan umid qilib inondim,
Garchand ichimda ol gullar lolalar,
Yurak indamadi, turaverdi jim...

Endi savollarim o'rtaydi jonim,
Bir chetda chorasiz turar imkonim,
Zulmatga aylandi yorug' jahonim...
Yurak-chi, indamay turaverdi jim...

Xayol daryosida oqaman yolg'iz,
Xijron sahrosiga boqaman yolg'iz,
Eski maktublarni yoqaman yolg'iz,
Yurak turaverar... Indamaydi... Jim...

Azoblar qalbimni tirnar mahalda,
Mungga burkansa ham alamli diydam,
Garchi dunyo unga bo'lsa ham dalda,
Yurak indamasdan yig'layverar jim...

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
2 "+" от:
Ответить

Метки
hero




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх