Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov
O'zbek tilining lug'ati kambag'al emas, faqat, ba'zi o'rinlarda biz kerakli so'zni topa olmaymiz xolos...
|
Afsuski, ilmiy, texnika va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilganda juda ko‘p o‘rinlarda kerakli so‘zni topa olmaymiz. Uning o‘rniga uzundan uzoq qilib bitta so‘zning o‘rniga 4-5 ta so‘zdan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
"O‘zbek tilining lug‘ati" dagi "lug‘at"ni to‘gri ma‘noda tushunsak ham u kambag‘al ekanligi aniq. Ana yaqinda chiqqan 5 jildli izohli lug‘atni oling. Unda nechta so‘z boru, "Oxford Dictionary of English" da qancha so‘z bor? 80 000 bilan 355 000 o‘rtasida tafovut juda katta... Buning ustiga o‘sha 80 mingta so‘zning orasida bugungi kunda
deyarli ishlatilmaydigan so‘zlar yetarlicha topiladi.