|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#211 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Ҳар тонг қуёш уфқдан чиқиб,
Нур улашса олам кулади. Термуламан унга интиқиб - Сизни жуда кўргим келади. Соғинаман...хўрсиниб бесас, Чарх уради бошда минг савол. Гоҳ чақириб тушда уйғонсам, Илинжимни учирар шамол. Уйқу келмас саҳаргача то, Хонам зулмат… чироқ ёқмайман. Асаблар ҳам бўлгандир адо. Энди бир зум мижжа қоқмайман. Пешонамни қўлимга тираб, Тунда узоқ ўтираман жим. Қайлардадир унсиз тентираб Талпинади Сизга юрагим. Майли менга битта сўз айтманг, Имо қилманг хатто кўз билан. Ҳеч бўлмаса бегоналардек, Дийдорлашгим келар Сиз билан. (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
7 "+" от:
|
![]() |
#212 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Ko'z yumaman - xayolimda sen,
Erta turib seni o'ylayman... Tushlarimga kirasan xatto – To’yib-to’yib dardim so’ylayman. Kuni bo’yi birgasan doim Chap ko’ksimda olib yuraman. Uxlasang ham she’rlarim bilan, Tunda alla aytib turaman. Yonimdasan, atrofimdasan, Gapirmaysan… hafasan biroz… Go’yo intiq qo’shni xonada, Meni kutib, jimjitsan xolos. Nozlaringni yaxshi ko’raman, Tabassuming - jonimga malham. Gulbog’larda gullagan gulim, Azizlardan aziz, azizam… Guborlarda yotgan ko’nglimni, O’rgatding-ku, dildan kulishga… Ayt, iltimos, qachondan beri Ulgurding sen qalbim bo’lishga? (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#213 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Sen borsanki, tunlarim yorqin,
Mazmunlidir har bir kunduzim… So’nma aslo, boshimda turgin, Taqidimga bitgan yulduzim… Sen borsanki yurakdagi o’t, Qorachiqda nur bo’lib porlar. Ichimdagi ajib g’ulg’ula Mehring tomon betinim chorlar… Sen borsanki, orzu-havaslar Yomg’ir kabi yog’ib boradi Gupiradi niyat to’lqini, Umidlarim ko’zi yoradi… Sen borsanki, duolardagi Zorim borib ko’klarga yetdi. Gullariga burkangan bahor Qalbim bilan tutashib ketdi. Sen borsanki, ijod tugamas, Tunlar kelgan ilhomi hursan. Seni bilgan kunimdan beri, She’rlarimga singib borursan… Sen borsanki, hayotim go’zal, Yoqimlidir ko’ksimda ohim. Roziliging berganing uchun, Rozi bo’lsin sendan Allohim Sen borsanki, faqat sen so’zim – Taqdirimga bitgan yulduzim… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#214 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
“Shunchaki yozmoq-chi, ko’nglim to’lmaydi,
Shunchaki yozmoqqa bormaydi qo’lim…” Halima Xudoyberdiyeva So’ngsiz xijronlarning otashlarida, Yonib, cho’g’larga-da aylansa tanam. Ichim yig’lasa ham, ko’z yoshlarida, Shunchaki kul bo’lib so’nib qolmayman Baxt-iqbol jilmayib boqarmikin, deb, Birovning ko’ngliga yoqarmikin, deb, So’ng menga xushomad taqarmikin, deb Shunchaki, miyig’da hecham kulmayman Oniy go’zallikka, chaman ekan qul, Qurigan gulbog’da sayramas bulbul… Yuz ochib, so’ng xazon bo’lgan kabi gul, Shunchaki ochilib, keyin so’lmayman… Bir tanda ikki qalb ko’pdir dunyoda, Yarimta yuraklar undan ziyoda, Xozircha, mayliga ko’ray ro’yoda, Sensiz men, shunchaki, butun bo’lmayman Mening bosganlarim - shunchaki yo’lmas, O’lish chun kun ko’rish - insonga elmas Shunchaki hayotmi? – qo’limdan kelmas - Yo’q, aslo shunchaki yashay olmayman… Shunchaki yozmoq-chi, ko’nglim to’lmaydi, Shunchaki yozmoqqa bormaydi qo’lim… Sen bor – she’rim tirik – to’qib tolmayman. Shunchaki ijod bu – o’limdir, gulim… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#215 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Yuragimni sog’inch timdalar,
Xayolimda muzlaydi xijron. Ko’ksim nedir aridek talar, Tomirimda zo’rg’a oqar qon… Ko’zlarimda qotib qolgan yosh, Tanam jonsiz qolgandek go’yo. Tugagandek bo’ladi bardosh, Ko’rganlarim misoli ro’yo… Ko’klamlarni sezmaydi qalbim, Bahorimda gullamas daraxt. Chechaklarim qovjirab qolgan, O’tiribman bosh ushlab karaxt. Nimanidir yo’qotgandayman, Izlab, tunga ketaman singib. Ruhim o’sha zulmat qa’ridan, Chiqolmaydi dardimni yengib.. Soat mili aylanar tinmay, Qulog’imda yangrar ovozi… Sovuq bo’lib qolgan xislarim, O’tgandayin ko’nglimning yozi… Sog’inaman… Yonib, o’rtanib, Bildirmasdan yorga o’z sirim… Peshonamda chorasiz turar, Firoqni do’st tutgan taqdirim… Hali zamon tong ham otadi, Yurakni-chi, sog’inch timdalar… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#216 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Jimsiz…
Dunyo sokin… Jimlik hukmron, Quloqqa kirmaydi oz’ga sadolar. Sukunatga oshno - aylanmas zabon, Sizga yetmas bo’ldi so’zsiz nidolar… Jimsiz… Qalbimda-chi, momaqaldiroq, Yashin xislarimga o’t yoqib qo’ygan. Faqat… tilim sokin, tanamda titroq, Sabrimning kosasi limmo-lim to’lgan… Jimsiz, Indamaysiz, Qiynab odamni, Sassiz o’tiribman, yurak hovuchlab, Xo’rsinish o’chirib qo’yadi shamni, Umidim qo’limda bo’lmaydi ushlab… Jimsiz… Ne sinoat yashringan, ayting , Go’yo nurdan bo’lgan nozik vujudga? Taqdir qanchalardan beri olmay tin, Sizni uchratishni qanchalar kutgan… Jimsiz… Men ham sizdek o’ylarga tolsam, Mavhum siringizni, xo’p, etmangiz fosh. Nogoh tushingizda yo’q bo’lib qolsam, Aslo ko’zingizdan qalqimasin yosh… Jimsiz… uxlayapsiz haliyam balki, Sizni uyg’otishga bardosh yetmadi… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#217 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Bilmam, nima,
Sen tomonga xayolimni buradi, “topib ber -, deb – quvonchimni”, Ahvolingni so’radi. Bilmam, nima, Xislarimni uyg’otishni boshladi, Kunim nursiz, Tunlarimni bedor qilib Tashladi. O’sha narsa Bir zumgina Nigohingni tutsaydi, O’yim bilan O’zimniyam birga olib ketsaydi… Bilmam, nima, g’ijimlaydi Chap tarafim tinmasdan. Qaysar juda, Tinch qo’ymaydi, zorimgayam Ko’nmasdan… Bilmam, nima, Orzu, havas, niyatlarni to’ldirar, Yuzimga dam g’am soladi, Dam beg’ubor kuldirar. Bilmam, nima, bir umrga Mehrlaring qistaydi, Shu davrda seni faqat, Xursand ko’rmoq istaydi, Bilmam, nima, Undamoqda she’r yozishga qalbimni. Nima qilay, Kerak so’zni Topolmasam - aybimmi? Bilmam, nima, Xijronga yov – Visolga-chi, mushtarak. Zir yugurar, Lek joyidan, Siljimaydi bu yurak… Bilmam, nima, Yolvormoqda, Poylarimga cho’kib zor, So’ng jimgina, Sen tarafga, Ko’z tikadi, Intizor… Bilmam, nima – Sog’inchmikin? (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#218 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Hijronning tuganmas qoq sahrosida,
Ajib tuyg’ularing pok dunyosida, Shirin orzuga boy dil ma’vosida Jimjit turishingda ne sir, malagim? Faqat shodlik emas, alamda, g’amda, Boshimni devorga tiragan damda, Bir chimdim mehrga zor bu olamda, Men senga kerakmi, aytgin, keragim? Har bir suhbating chun bahona izlab, Tuganmas orzu-yu, havasim so’zlab, Tongdan duo aylab, baxtingni ko’zlab, Allohdan har qachon tinching so’ragum. Sen borki – har doim xursand yuraman, Ming bora shukr aytib, ko’krak keraman. Qalbimni so’rading - qanday beraman? Axir Sen o’zingsan yongan yuragim… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
![]() |
#219 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Shukrona aytiblar har tongga,
Duo-la baxtimiz ko’zlayman, Yangi oy chiqqanda Osmonga tikilib, men seni izlayman… Sig’indi yurakni xo’b siqib, Orziqib, ilinj-la intiqib, O’ngimda sog’inib, ko’z tikib, Tushimdan men seni izlayman… Xijronning sasiga cho’lganib, Ismingni aytaman, uyg’onib, Kiprigim tushganda, quvonib, Ko’zimdan men seni izlayman… Rasmingga termulib qolsam gar, O’ziga nur tortar ko’zgavhar. Qalbimning tubidan chiqqan har so’zimdan men seni izlayman Xazonlar yopsalar izimni, Tabassum tark etsa yuzimni, Yo’qotib ba’zida o’zimni - O’zimdan men seni izlayman… Mayliga tinchingni buzmayman, Yosh bo’lib chashmingdan sizmayman... Umidim hech qachon uzmayman, Indamay, sezdirmay, izlayman… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#220 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Xijronda yutganim, yutmaganlarim, Ko’nglimda tutganim, tutmaganlarim, Qatorda bitganim, bitmaganlarim - Shirin azoblarim – barisi senga Bahorda ko’kargan, kuzda sarg’aygan, Ba’zida yongan-u, ba’zan cho’glangan, Go’zallikdan bahra olib ulg’aygan, Orzu-havaslarim - barisi senga Bedor tunlarimda so’rab Xudodan, Bizlarni asra, deb, mash’um judodan, Dilimning tubidan chiqqan sadodan - Ezgu tilaklarim - barisi senga O’smon qadar baland, tog’dek serviqor, Tonggi shabnamdayin shaffof, beg’ubor, Yulduzdek, ichimda chaqnoq izi bor - Bitmas umidlarim – barisi senga… Bo’gzimdan to’lqindek gupirib toshgan Quvonchdan semirib, g’amlardan ozgan, Nimam bor dunyoda – mana shu yozgan - Qalbimning nolasi - She’rlarim senga… O’ylagan o’ylarim, kuylagan kuylarim, So’zlagan so’zlarim, quvnagan ko’zlarim, Uyqusiz tunlarim, umidvor kunlarim, Iztirob onim ham, shu kichik jonim ham, Ilinj-la oquvchi tomirda qonim ham, Zulmatda chirog’im, yaqin-u yirog’im, Duoyim, dunyoim, kulbayu-saroyim, Tuganmas bayotim va ko’rkam hayotim… Hammasi, hammasi, hammasi senga… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
6 "+" от:
|
|