|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#11 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Agar dardga to'lsang, do'stni izlama,
Endi so'zlar ketdi-so'zni izlama, Shafqat keltirguvchi ro'zni izlama- dardingni telbavor shamolga yashir. Maqomsan-dilni sho'x bayot tushunmas, Sen-saydsan, "oh"ingni sayyod tushunmas, hasratni gullagan hayot tushunmas- Ko'z yoshing ta'birin savolga yashir. Dunyo, chayqalmoqda-og'ib turibdi, Dunyoga shaytonlr yoqib turibdi, Qara, haq falakdan boqib turibdi- Rostni ildizdagi kamolga yashir. Hamdard bo'lmoqlikka bemorlar topgin, Vatanning kuyida zor-zorlar topgin, Yiqmoqqa daraxtmas, devorlar topgin- Erk so'zin qafasda beholga yashir. Bu go'zal bog' ichra bahor dengizi, Mavjlari- yam-yashil, ufqi-qirmizi, Bahor-payg'ambardir, sen ham-termiziy- Bir hadis topsang gar niholga yashir. Bahor yuragingga bir shirin sasdir, O'zligin sezmaydi-bu dunyo mastdir, Mastlik ham beshafqat hayotdan bahsdir- Hayotning ma'nosin zavolga yashir. Usmon Azim |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
|
|