23.12.2009 19:27
|
#11
|
Сообщений: 62
+ 124
146/45
– 1
0/0
|
Mening Sherkon Qodiriyga savollarim quyidagilardan iborat:
1. Ulkan adibning kitobxonlarga yetib kelmagan xabarlaridan "37-xonadon"da siz tilga olib o'tganlarini qisqacha aytib o'tsangiz.
2. Adibning barcha asarlari yi'g'ilgan ko'pjildli kitob chiqarilganmi, bo'lmasa, shunday qilish niyati bormi?
3. "Obid ketmon" asarini hozir ko'pchilik topa olishmayapti. Alohida chop etilganmi?
4. Adibning asarlarini o'qir ekanmiz, unda o'tkir shoirlarga xos baytlarni uchratamiz. Asarlari ichida yozganlaridan tashqari adibning alohida yozgan she'rlari ham bormi? Bor bo'lsa, ularni bir she'riy to'plam qilib chiqarish haqidagi fikringiz.
5. Hozirgi avlod ichida Abdulla Qodiriydek adiblar yetishib chiqishi uchun nimalar qilinishi kerak, deb o'ylaysiz.
Oldindan minnatdorlik izhor etgan holda kamoli ehtirom ila Shokirbek.
__________________
Tilar bo'lsang jahon ichra imorat # Faqirlar ko'nglini qilg'il imorat.
|
|
|
Ответить
|