Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov
Узримни "худбинлик, кибрлилик" дея кабул килмасдан фикрларимга мухтасар фикр билдирганингизда максадга мувафикрок булармиди...
|
Assalomu alaykum, To'lqin aka.
Bu iqtibos qilib olgan gapingizga to'g'ridan-to'g'ri bildirgan fikrim emas edi. Umuman hamma gaplaringizni o'qib, Behzod Saidovga bergan javoblaringizni o'qib, mulohaza qilib, o'shalarga muxtasar qilib, fikrimni qupol qilib yetkazgan edim. Albatta, buning uchun uzr so'rayman, lekin siz jamoa oldidasiz, jamoaga yetkazayotgan fikrlaringiz, o'zingiz uchun qulay emas, balki ko'pchilik uchun qulay, to'g'rirog'i, o'rnatilgan qonun-qoidalarga, savodxonlikka to'g'ri bo'lishi kerak. Chunki siz kattalardan o'rganadi yoshlar savodxonlikni, biz kichiklardan emas . . .
Hamki, sizning jamiyatda tutgan o'rningiz savodxonlikka judayam e'tibor qilishingizni talab qiladi. O'zMUning Matbuot Kotibi xato yozmasligi kerak, aslida.
Nega savodsizlashib ketyapmiz? Chunki, e'tiborsizlikdan, yalqovlikdan va kattalarimizning savodsizligidan . . .