Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 21.10.2009 15:55   #11  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Kahramon Jalilov
Оффлайн
Аналитик
админ ДСИ
AKA:designer
Сообщений: 1,104
+ 781  680/330
– 24  11/7

UzbekistanОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью YahooОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мир
Цитата:
Taniqli qiziqchimiz Obit Asomov TV da bo'layotgan voqealarni juda kelishtirib hazilnovuz tarzda ifodalab berganlar:
Rossiyadan 2ta telefon kompaniya Uzbekistonga ko’chib keldi, bittasi anu sariq-qora ko’zzi jinni qiladigan, keyin hammayoqni tuhum bo’sib ketdi, MTS degan kompaniya Moskvada o’ligi ketgan ekan tuhuming Toshkenga yoyilsin deb, ko’nglim ayniydi tuhumga ko’zim tushsa, ,bilayn ham jonga tegdi og’lim maktabda kelsa og’lim nechchi olding desam ikki-ikki, hammayoq ikki, sog’mas, aytdim o’sha o’rislarga Rossiyada pul kammi, “Obit mi zeds tak horosho zarabativaem, vashi jenshini nam tak pomogayut”,”Prichom tut nashi jenshini”, bizani ayollar ulaga pul yig’ib berayotgam emish, ishonmuvdim televizordan qo’yib berdi, qotib qoldim, rus ayollarichi Rossiyada juda tez gaplashadi telefonda, pulli ayaydida :”Alo Vasya privet” bo’ldi, telefon aparat pul yozishga ulgurmaydi, bizani o’zbek ayoli er olib bergan sotoviyda gaplashalla, erga ertalab ishga ketayotib aytalla “Ozgina schyotimga pul tashlab qo’ying pul qomabdi”, agar tashamasaz o’zizzi tashlab yuboradi 7-qavatdan, o’shaning uchun majbur pul tushirib qo’yasiz, u kishim telefonda gaplashalla bel og’rimaganda pulli er to’lavottila, gaplashishni qarang :”Alo Assalomu Aleykum, yahshimisiz, sog’liqlariz yahshimi, yahshi yuribsizmi, (ahamiyat beringlar u yog’ tarafdan hali bir og’iz so’z kelgani yo’q, faqat mashu yog’dan gapirilvotti) charchamasdan, sog’-salomat qishladan eson-omon chiqib oldinami, ja qattiq keldiya o’lib ketsin 30gradus ham sovuq bo’ladimi O’zbekiston, gazlani pasayib ketganini qarang bizani uyda ikki marta o’chdi-ya, suvlarimiz yahlab qolyapti bir hafta suvsiz o’tirdik, qayniotaz, qaynionaz, qaynibo’yniz, qaynisiniz… yahshimisiz, eriz tinchmi, kichkina og’lizzi 3- qizini tortinchi bolasini nevarasi kasal bo’lib qoluvdi tuzalib qoldimi, o’zina yahshimisila, kechirasiz Nazirahonni mumkinmi ? Boshqa joyga tushdim, uzr”. Bilasilami hozir nech pul yozdi telefon, dahshat, lekin man baribir bizani ayollani maqtayman, sila zo’rsila birovni ko’rib fikr qil, birovni ko’rib zikr qil, televizorni qo’ysam, aytmoqchi silani uyila ham shunaqmi, bizani televizor faqat karislani ko’rsatvatti, 4 ta kanal ertalabdan kechgacha, bismilloni ertalab 8 da Tangem chiqadi, sochini patirga o’hshatib, peshingda anu Jangbogo chiqadi, bu yog’da ohirgi qirolicha, so’nggi imperator, uysiz eshik, uysiz deraza…Aliya, tom ketib qovatti, qaysi biri nima qivotti Aliya tug’ibdi, uni bolasi chalaroq tug’ilibdi, Jangbogo imperator qiziga tegibdi, adashib ketdim, eng qizig’i koreysga qaraversa yuqarkan, bizani uyda ko’zimiz qisilib ketdi, yuqarkan hammaga, faqat koreyscha gaplashvommiz, nonushtada kelinga “ey choy quy” deyman, u menga “o’ zing quy, ich” deydi, cho’pda ovqatlanvommiz, alyumin qoshig’lani sindirib tashlayna, alyumga topshirsanglar pul beradi, cho’pda ovqat yeng, bir qozon sho’rvani bir oy ichdik, endi bildim koreyslani nimaga boyib ketganini, shunaqa ekonomika faqat bollani qorni och qolarkan, cho’ppi shihimirib yotibdi, qo’yliq to’la karis shulani ko’rsat, bizani karisla yahshi, odobli, o’zi munday, muomilali, otlari ham chiroyli “Kim, Pak, Tsoy, Li…”
Dahshat, anu Oshinmidi, har tugul tugadiya, 6 oy qo’ydiya, yo yurgani yoqmaydi, shuqayam maydaqadam bo’ladim-a, shu Oshinni kelin qilsaz choy ichmay o’tib ketasiz, tasavvur qiling keliniz oshin “Oshin choy ob kel” ,choynakni olib chiqib ketdi, Toshkendaku 6 so’tx hovli, Yangiyerda 11 sotx, Jizzahda 1 gektar oshhona o’sha yog’da, fevrallada chiqib ketsa choynak bilan, choy mustaqillik bayramlariga keladi, yo’lda choynak yahlab qolmasa, dahshat, anu Tangem g’irt o’zbek, ko’zi qisiq bo’lsa ham o’zbek, qiliqlari balki qo’shnisi o’zbekdir, sasigan o’rdakni go’shini podshoga yedirvotti, o’lib ket dedi otravleniya bo’lib o’lasan dedi, yahshi ko’rgan yigitimga bermayapsan dedimi, ni tebe ni sebe o’lib ket dedi, podsho o’zimizdan tosh ytsa ham hazm qilaveradi jin ham urgani yo’q, eng qizig’i o’zi zaharlab o’zi davolavatti, bir qarasam dori tayyorlayman deb o’tiruvdi, bir uhlab tursam dori tayyor uni Ra’no Yarasheva sotib o’tiribdi, “kargrip, kargrip” Shunaqayam sovuq dori bo’ladimi “Kar, Grip”. Bu degani oldin ichsang oldin kar bo’lasan, keyin grip bo’lib o’lasan, rostanchi bu televizor odammi jinni qib qo’yadi, Lekin baribir bizani ayollani maqtaymiz…
Ответить 
"+" от:
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх