|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#461 | |
![]() ![]() |
Оффтоп: Цитата:
![]() |
|
|
Ответить |
![]() |
#462 | |
![]() ![]() |
Shaharda qizillar!!!
![]() Цитата:
Последний раз редактировалось Kahramon Jalilov; 15.10.2009 в 20:53. |
|
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#464 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Zaynabning nolasi
(Tohir Malikning "Shaytanat" asarini o'qib) Alamlarga berdim uzun tunlarimni, Savollarga tutdim kuyuk kunlarimni. Kimsa bormi eshitmoqqa unlarimni, Netay, o'shal Kumush bo'lolmadim. Emasmidim axir gullar malikasi, Orzusi oq, oy ko'ngilning bir bekasi. Yo Rab, dilim ezar azob ko'lankasi, Netay o'shal Kumush bo'lolmadim. Sitamlardan sitilib ketdim, bilmadingiz, Ota, nechun yuragimni tilmadingiz. Kumush bo'lmoq istar edim, ko'nmadingiz, Netay, o'shal Kumushbibi bo'lolmadim. Yig'lab o'tmoq gunohsizning bitigimi, Topganlarim kam dunyoning kemtigimi, Suyanganim bir armonning eshigimi, Netay, o'shal Kumushbibi bo'lolmadim. Ne deb so'zlay, ne deb bo'zlay oh-zorlarga, Yo boshimni topshiraymi huv dorlarga, Dunyo, nechun og'ushing keng beorlarga, Netay , o'shal Kumushbibi bo'lolmadim. Tiriklikka aytar bo'lsam bir kun vido, Yuragimda yig'lab ketar bir mung, nido. Suyanganim, sig'inganim qodir Xudo, Aytgil, nega Kumushbibi bo'lolmadim, Aytgil, nechun Kumush bo'lib o'lolmadim. Guljamol Asqarova |
|
Ответить |
6 "+" от:
|
![]() |
#465 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Yoshligim ketmay qo’yaqol…
Yoshligim eshiging yopmay qo’yaqol, Beg’ubor tuyg’ular ketmay qo’yaqol. Sen-la xayrlashmoq istamas bi dil, Ko’ngilga buyrug’ing bermay qo’yaqol. Nechun ketayapsan yo, ranjitdimmi Qalbing g’unchasini uzib qo’ydimmi? Yoki sening pok tuyg’ularing, Qadriga men yetmay qo’ydimmi? Sen endi aytaqol, ne qilmoq darkor, Axir, ko’z –yosh to’kish bo’ladi bekor. Ho’p mayli, shartingga rozi bo’layin, Seni sog’insam-chi, menga nima kor. Orzularim, mendan ketmang yiroqqa, Yetar tashlagani yoshlik firoqqa Armonga alishmam sizni men aslo, Endi, bir zumga ham qo’ymang qiynoqqa. Ana, ketmoqdasan-ku hayr ham demay, Go’yo bahor ila yana qaytarday. Faqat, qalbimdagi bahorni olma, Toki hotirang ila bir umr yashay. Arjumandbonu. (Umida.Sh) |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#466 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Daraxtga
hamon mag'rur o'sar bu daraxt, Yerdan ancha olislab ketgan. Boqolmaysiz hatto botinib, Qulochlari samoga yetgan. Ko'zyoshlarni suymaydi jini, Yerda qolgan oqibat, mehr. Omadlarga to'la umrini, Bog'lab qo'ygan osmoniy sehr. Tuyg'ulari tosh qotgan chandon, Egilmaydi, bag'rin tilmaydi. Tanasiga kun kelib kimdir, Bolta urishini bilmaydi. Guljamol Asqarova |
|
Ответить |
![]() |
#467 |
![]() ![]() |
Dos'timning "Eng sara qo'shiqlarning she'rlari" daftaridan:
"Ko'rgim kelar"(Sevara Nazarhon) Umr oqmas bir tekkisdadek, Kimlarnidir hasrat yengadi. Men toparman iroda va lek, Ko'rgim kelar sizni negadir. Hayot ko'hna dono muallim Sadoqatli do'st bo'lar o'lim Garchi sizdan yiroqdir yo'lim Ko'rgim kelar sizni negadir Tun, kutaman oydin, yulduzli Kun, kutaman nirafshon isli Dilimni ezdi, yolg'zilik Ko'rgim kelar sizni negadir Gog sevgidan toshgan daryosiz Goh mehrga tashna sahrosiz, Men bilaman siz ham tanhosiz Ko'rgim kelar sizni negadir Muhabbatdan mazmun erur erk Bir armonga har kim egadir Sizsiz menga barcha yo'llar berk Ko'rgim kelar sizni negadir... |
|
Ответить |
![]() |
#469 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Hayot hikmatlari
Ayol, farzand, og’a, do’st vafo qilsa baxt shuldir, Tongga do’ngay tunlaring, zavqqa to’lgan –ko’ngildir. Dushmandan ham yomondir o’zingdan chiqqan yovuz, Sir bilguncha ag’yoring, “sirdosh” boshlar tajovuz. Ozdan chiqqan baloga borolmaysan da’voga , Keng dunyo ham tor bo’lur, sig’massan hech ma’voga. Uydan chiqqan o’t yomon, kulni ko’kka sovurgay, O’zingdan chiqqan nomard yurak-bag’ring qovurgay. Tole kularmi erga zid bo’lsa ayolu farzand, Sharpasi yo’q shavqatning, mehrsiz o’sar dilband. Tug’ishganlar me’ros deb unutsa gar vijdonni, Biling, ular avvalo boy berishgay iymonni . Nazari past nodonlar oqibatni bilmagay, Qadringni urib yerga hech nazarga ilmagay. Abdug’ani Sulaymon |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#470 |
![]() ![]() |
Yana dardkash dos'timning "Eng sara qo'shiqlarning she'rlari" daftaridan:
Sensiz (Ayriliq) Ishq o’ti tunlari jonimni o’lar, Sen ketsang vujidim hayotsiz qolar. Seni kuta-kuta ko’zlarim tonar Sensiz men dunyoga begonaman. Sensiz men dunyoga begonadirman. Har lahza nomoyon ko’zlaring sening Menga aytgan har-bir so’zlaring sening Yo’qoldi ko’chamdan izlaring sening Sensiz men dunyoga begonaman. Sensiz men dunyoga begonadirman. Sen ketding qo’l berib hatolar bilan Men qoldim yurakda yarolar bilan Bu dunyoda so’nmas nidolar bilan Sensiz men dunyoga begonaman Bu dunyoda so’nmas nidolar bilan Sensiz men dunyoga begonadirman Последний раз редактировалось Kahramon Jalilov; 19.10.2009 в 11:53. |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
|