|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#321 | |
![]() |
Цитата:
Hozircha bor ma'lumotlarni forumga joylashtirib turaylik, nasib qilsa blogga ham joylaymiz. |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#322 |
|
Bu yomg'ir
Bu yomg'ir, bu yomg'ir bu qilday nozik, Nafasdan nafisroq yoqqan bu yomg'ir. Tinib qolmasin deb olarman hadik- Oynalar yuzimni tanimay qolur. Bu yomg'ir tanamni qiygan bir arqon, Bog'zimga og'riqsiz qadalgan pichoq... Suyagim tosh botar, etim chalajon, Shig'alab, sanchilib, mayin yog'ajak... Bu yomg'ir telbalik vaxmidan ustun, Qorong'u, quvilmas tushunchalardan. Jinlarning miyamga solgani tugun Suvlardan, saslardan va kechalardan... Najib Fozil
__________________
http://futbol-klub.uz |
|
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
| Реклама и уведомления | |
|
|
#323 |
|
Men olamdan o'tganda
Ishq-vafodan so'zlaganlarim Yetur senga ohu-fig'onim. Yodga tushar bo'zlaganlarim Men olamdan o'tganda, jonim. Qaltirarsan ajib sezgidan, Har bir so'zim - oshkor jahonim. Judo bo'lding buyuk sevgidan- Men olamdan o'tganda, jonim. Sen qoshimdan keta olmassan, Ko'zlaringda turarman yonib. Sevgimni rad eta olmassan Men olamdan o'tganda, jonim. Rauf Parfi
__________________
http://futbol-klub.uz |
|
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|
|
#324 |
![]()
Сообщений: 589
+ 1,042
486/242
– 0
0/0
![]() |
AGAR SENI ALDASA HAYOT
Agar seni aldasa hayot Sen noumid bo'lma hech qachon. G'amli kunga qilgin itoat, Hushnud kunlar keladi ishon. Qalb kelajak ishqi-la yashar, Bu kunimiz qayg'u va dog'li. Bari oniy o'tishga shoshar, O'tgan esa hamisha totli! A.S.Pushkin Последний раз редактировалось Gulnora Voisova; 08.08.2009 в 12:24. |
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|
|
#325 |
|
Onajon
Topmoq - yo'qotmoqdir, Yo'qotmoq – topmoq, Sen so'lib, Men yashab, To'lishimga boq. Sensiz topganimdan Ko'proq yo'qotdim – Sen meni yupatding, Seni yig'latdim, Sen meni yaratding, Seni tugatdim. Uyalmay ONA deb, Kelishimga boq!.. Sog'inch haqda she’rlar Yozdim o'zimcha, Mendan peshonangda Dog'lar tizimcha. O'g'il bo'lmay o'lay, Attang ming attang. Qiz tug'sang netardi, Ko'proq qiz tug'sang!.. Tirgak bo'lolmadim Bitta qizingga Uyalmay shoirman Deyishimga boq. Joningdan aylanay, Turgil jonajon, Yo'l qarab bo'ldimi Jigarginang qon? Boqma, ko'zlarimga Bemajol, xasta, Mening topganlarim Gulmi bir dasta, Yo'qotganim senmi Endi ONAJON?.. O'z etimni o'zim Yeyishimga boq. Bilsang yuragimni Bir alam elar. Buyursang qo'limdan Kelmaydi nelar, Ayt, Pichan yig'aymi, O'tin yoraymi, Yerni haydayinmi, Ko'k ag'daraymi?.. Itdek oyog'ingga Suykalgim kelar – Uchib-uchib, mana Qo'nishimga boq. Hech narsa kerakmas, Bolam, hech deysan. Endi kech deysan-da, Endi kech deysan. Yuzimni bosaman Muzday yuzingga, ONAJON, Zor qilib ketma izingga! O'lim oldida ham G'amimni yeysan, Men-chi, jim, taqdirga Ko'nishimga boq. She'rim bitdi, Xayir, Do'stlar xush qoling. Bedil yashamakka O'rganmang menday Boring, Volidangiz Ko'nglini oling, Ertaga Kech qolib O'rtanmang menday. Muhammad Yusuf
__________________
http://futbol-klub.uz |
|
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|
|
#327 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 243
+ 1,712
447/160
– 4
1/1
![]() |
Onaizor
Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham, Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham… Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham - Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u… Sig`may qolsam shunday keng bu jahona, Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona, Jonsiz tanim ustida ham parvona - Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u… Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo, Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo. Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo - Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u… Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb, Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb, Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u… Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham, Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham… Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham - Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u… Muhammad Yusuf |
|
|
Ответить |
|
5 "+" от:
|
|
|
#328 |
![]() |
Бир отанинг, бир онанинг боласи,
Бири каззоб, бири дунё ноласи. У, битмас-ей, бу дунёнинг чаласи, Кузи борлар тугри йулдан юрмаса. Халол колар бир чеккада мунгайиб, Харом уйнар кулочларин бахт ёйиб, Харом усар ягринлари кенгайиб, Кузи борлар тугри йулдан юрмаса. Ини аввал суянчигинг буларкан, Сунг-огригинг, дил санчигинг буларкан, Хатто Сендай курга чиким буларкан, Кузи борлар тугри йулдан юрмаса. Кизни асли осмондаги ой денглар, Кайгу юки босса кадди ёй денглар, Кайгу балчигида ой хам лой денглар, Кузи борлар тугри йулдан юрмаса. Кур кузимдан ситилиб гам йиглайди, Толеимда ёнмаган шам йиглайди, Аёл, гудак, бани одам йиглайди, Кузи борлар тугри йулдан юрмаса. Халима Худойбердиева |
|
|
Ответить |
|
4 "+" от:
|
|
|
#330 |
![]()
Сообщений: 229
+ 357
309/121
– 1
0/0
![]() |
ONA DUOSI
Biring ikki bo‘lsin nima ushlasang, Yo‘llaring oq bo‘lsin tog‘lar qoricha. Sen yorug‘ dunyoda tinch yurar bo‘lsang, Men duo qilarman umrim boricha. Ko‘zingda ko‘rmasam alam ranjini, Boshingda ko‘rmasam tumonot savdo. Olib bermasang ham olam ganjini, Sendan onaginang rizodur, rizo! Hayoting bema’no tuyulsa, bolam, Qorong‘u ko‘rinsa bu ko‘hna dunyo. Ketsin deb qalbingdan yer yutkur alam, Yorishsin dunyo deb aylarman duo. Yuraging qisilsa takroru takror, Kenglikka chiqqin-da, aytgin sho‘x o‘lan, Bu ham hasratingta kelmasa bakor, Ko‘nglingni bo‘shatgin she’r yozmoq bilan. Qadim ertaklarni tinglash sozdir xo‘p, Oltin umrlarni unda ko‘rarsan. Sehrli hayotga mahliyo bo‘lib, Bevosh o‘ylaringni aldab yurarsan. Yetishsang, to‘y bersang yurtga mabodo, Jamshid havas qilsin sening bazmingta. Noming doston bo‘lib yursang el aro, Murod-maqsadingta yetsang, bas, menga. Yomonlar yo‘lini tutmagil minba’d, Fisqu fasodlardan yiroq bo‘l, to‘xlim. Olginu oldirma, unib-o‘s, faqat Yuzimni yerlarga qaratma, o‘g‘lim! Muhammad Ali |
|
|
Ответить |
|
3 "+" от:
|
|