|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#11 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Nahot she'rlar aytdim bo`shliqqa qarab,
Nahotki sovrildi olov so`zlarim, Nahotki rost bo`lsa el-u yurt asli, Quruq so`zlar degan gumroh do`stlarim. Nahot bekor o`tdi gulday umrimning Ming yilga tatgulik oltin choqlari?! Nahot bitta ruhni uyg`otolmadi Shoir yuragimning qaldiroqlari?! Nahotki birorta dilga yetolmay Behuda sarflanib qancha kuch-chidam, Kelib-ketaverar yorug` dunyoga Kelib-ketaverar menday kuychilar. Menga minbar emas, unvonlar emas, Latta chechaklaru ehsonlar emas, Olov bir sahroni yurtim xayoli Nurga gurkiragan sahro bering, bas. Erku muhabbatning muxtor elchisi - Yotmasman tuproqqa do`nib, tinchlanib. Jasadim tirikdir yorug` dunyoda Oyning sinig`iday chaqnar sinchlarim. Agar yetti qavat yerning qa'rida Yotsamda larzaga solib havoni, Elimning yuragin topar baribir Jismimni kuydirib uchgan ovozim. Shavkat Rahmon |
|
Ответить |
"+" от:
|
|
|