|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#272 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Siz qarg'aysiz taqdiringizni,
Ham aytasiz unga tashakkur: -Biz yo'q qildik bir-birimizni... Biz yo'q qildik... Xudoga shukur!... Siz yurakni qilmaysiz tejam, Olgin!-borni tortiq qilasiz. So'ngra xafa bo'lasiz mendan- "Qaytmayman", deb yig'lab ketasiz. Izlab yana kelasiz bir kech, Jilmayasiz:- Baxtlimanmi, boq!... Kulgingizga yarashmagay hech, Xitobingiz o'rtagan titroq. Hijrondan so'ng savollar teran, Hijrondan so'ng javob-daf'atan... Men hammadan pinhon saqlagan She'rlarimni sizga aytaman. Ayblamaymiz bir-birimizni, Dilda so'zlar tug'iladi-hur. ... Qarg'amaysiz taqdiringizni Va aytmaysiz unga tashakkur. Usmon Azim |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#273 |
Vatanim
Men dunyoni nima qildim, O`zing yorug` jahonim, O`zim xoqon, O`zim sulton, Sen taxti Sulaymonim, Yolg`izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O`zing mening ulug`lardan Ulug`imsan, Vatanim… Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onam deymi, Hamdardu hamxonam deymi, Oftobdan ham o`zing mehri - Ilig`imsan, Vatanim. Sen Mashrabsan, Xalqda tumor, Balxda dorga osilgan, Navoiysan, shoh yonida Faqirini duo qilgan. Yassaviysan, meniki deb, Ko`ringan da'vo qilgan, Ming bir yog`i ochilmagan Qo`rig`imsan, Vatanim. Sen Ho`jandsan, Chingizlarga Darvozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan, Muqannasan qorachig`i Olovlarga sachragan, Shiroqlarni ko`rgan cho`pon Cho`lig`imsan, Vatanim. Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda, Jaloliddin - Qurdistonda, Boburing - Hindistonda, Bu qanday yuz qarolig` deb Yotarlar zimistonda, Tarqab ketgan to`qson olti Urug`imsan, Vatanim… O`g`lim desang osmonlarga G`irot bo`lib uchgayman, Chambil yurtda Alpomishga Navkar bo`lib tushgayman, Padarkushdan pana qilib Ulug`beging quchgayman, G`ichir-g`ichir tishimdagi So`lig`imsan, Vatanim… O`tgan kuning - o`tgan kundir, O`z boshingga yetgan kun, Qodiriyni bergan zamin, Qodiriyni sotgan kun. Qo`lin bog`lab, Dilin dog`lab, Yetaklashib ketgan kun, Voh bolam! deb aytolmagan Dudug`imsan, Vatanim. Yoningda qon yig`lagan bir Shoiringga qarab qo`y, Gar Qo`qonga yo`ling tushsa, Detdomlarni so`rab qo`y. Hech bo`lmasa Usmon hokin Keltirmoqqa yarab qo`y, Olislarda qurib qolgan Qudug`imsan, Vatanim… Sen - shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, Ota desam, O`glim deb, Bosh egib turgan chinorim, Qo`ynimdagi iftixorim, Bo`ynimdagi tumorim, O`zing mening ulug`lardan Ulug`imsan, VATANIM ! Muhammad Yusuf
__________________
http://futbol-klub.uz |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#274 |
![]() ![]() |
Qalbimni tirnagan hijrondan bo`lak,
Yuragimni ezgan armondan bo`lak. Azoblardan qolgan bir jondan bo`lak Sendan nima qoldi menga azizim. Endi sening uchun xayotim uvol, Qo`rqdim qalbinga bermoqqa ozor. Ayt o`ylab ko`rdingmi sen shuni bir bor Sendan nima qoldi menga azizim Tugab bormoqdadir sabru bardoshim So`nib bormoqdadir umr quyoshim Yuzlarimni ko`zdagi yoshim Sendan nima qoldi menga azizim. Mayli kulib boqsin senga baxt omad Mayli o`zga yorla topgin saodat. Lekin bir savolimga javob ber faqat, Sendan nima qoldi menga azizim. Do'stim Do'stim ko'rdim ko'zlaringda qatra-qatra yosh, Taning behol, turadirsan ma'yus egib bosh. Nechun bu xol? Bilolmasman, aytaqol sirdosh, Aytgin do'stim, chidolmasman, ko'rsam ko'zda yosh. Aytding: "Do'stim, do'stlar sendek holim so'rmaslar, Men qoqilsam ochiq ko'zlar buni ko'rmaslar, Dushmanlarim bu holimga kulib to'ymaslar, Do'stdan g'arib do'stman, shundan ko'zlarimda yosh. Yordan so'rsam yor vaslini, bo'lsa bevafo, Xasta ko'nglim dardiga yor bo'lmasa davo, Ilxom bo'lib navo emas, keltirsa jafo, Yordan g'arib yorman, shundan ko'zlarimda yosh. Qayga bormay qadrim topmay boshim yoraman, Taxtim uchun baxtimni ham loyga qoraman, Xalqman deyman, lekin yo'lda tanho boraman, Eldan g'arib elman, shundan ko'zlarimda yosh" Do'stim, bildim, nechun sening ko'zlaringda yosh, Nechun behol turadirsan ma'yus egib bosh, Sirdosh emas, endi men ham senga bir darddosh, Sendek mening ko'zlarimda qatra-qatra yosh.
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео Последний раз редактировалось Behzod Sulaymonov; 16.06.2009 в 13:32. |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#275 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
O'lgin deding-yerga ko'mding-
Ildiz bo'ldim. Ko'kka otding-yo'q bo'l deding- Yulduz bo'ldim. Tilim kesding-dilim aytdi Rost kalima... Qiyin bo'ldi senga sho'rlik Dushmanim-a! Dushmanim-a, toshlar otib To'ymaydirsan- Tuproq bo'lay desam, nega Qo'ymaydirsan?.. Usmon Azim |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#277 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Ketmonchi qizlarga
O’ylasam o’ylarim ko’ksimda kuygan, So’ylasam so’zlarim bo’g’zimda kuygan. Barglarday so’lg’in-u, shamlarday ozg’in, Qovjirab dala-yu tuzimda kuygan. Oylar gulbog’idan tushgan yaproqlar, Yulduzlar bag’ridan ko’chgan yaproqlar, Nursiz paykallarda shu’la yozmayin, Tuproqqa qorishib o’chgan yaproqlar. Husnin chechaklarin chanoqlar yulgan, Sochlarin gardida nasimlar o’lgan, Sizning tarovat-u gul yuzingizni Quyoshlar tushlikka tanovul qilgan. O’ylasam o’ylarim ko’ksimda kuygan, So’ylasam so’zlarim bo’g’zimda kuygan, Barglarday so’lg’in-u shamlarday ozg’in, Qovjirab dala-yu tuzimda kuygan. Balog’at chog’ida balog’at ko’rmay, O’n beshdan u yog’I halovat ko’rmay, Za’faron rayhonday zabun o’tdingiz, Davr-u davronlardan sadoqat ko’rmay. Sabohdan sahroga aylanganlarim, Sarg’aygan sarvlarim, gul, savsanlarim, Sertashvish turmushning quchoqlaridan Dalalar qo’yniga taylanganlarim. O’ylasam o’ylarim ko’ksimda kuygan, So’ylasam so’zlarim bo’g’zimda kuygan. Barglarday so’lg’in-u shamlarday ozg’in, Qovjirab dala-yu tuzimda kuygan. Tun-kun ko’ksim ichra yong’in- u yong’in, Yillardan so’raydir yillar so’rog’in. Shomlarga shimilgan tuproq yo’llardan Tollarim kelgaylar tolg’in va tolg’in. Diydam diydiratgan diydorlaringiz. So’ndi malohat-u dildorligingiz. Tunlar paykallarda horg’in yuzgan oy Sizning zor-u mahzun yodgorligingiz. O’ylasam o’ylarim ko’ksimda kuygan, So’ylasam so’zlarim bo’g’zimda kuygan. Barglarday so’lg’in-u shamlarday ozg’in, Qovjirab dala-yu tuzimda kuygan, Sonsiz egatlarga tizilganlarim, Qismati ketmon-la yozilganlarim. Sirojiddin Sayyid, 1990 |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#278 |
Otam bordir
Yigitsan deb dalda bergan, O’glim deya ko'ksin kergan. Kurash olib davra tergan, Mening fahrim otam bordur. Qirq yigitga o’zi basdir, Toshni kesar so'zi basdir. Mehri daryo ko'zi basdur, Mening fahrim otam bordur. Botinolmas kelolmaydi yov, Chunki unga bo'lolmagay g’ov. Qaytaradi kelsa ham olov, Mening fahrim otam bordur. Ko'zlarimda kulguim otam, Yig’laganda yoshim ham otam. Otam yo’qda to'ylarim motam, Mening fahrim otam bordur. Abduvohid Hofizov O’z.M.U Iqtisodiyot fakulteti 2 kurs talabasi Последний раз редактировалось olim; 19.06.2009 в 13:06. |
|
|
Ответить |
![]() |
#279 |
Hazil
Mening haqimdagi g`iybatlar yolg`on, Ixtiyor o`zimda bo`lsa qaniydi. Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan, Ichmasam ul zotning ko`ngli ranjiydi. O`zim boshladimmi, o`zim qilgum bas, Do`stlarim behuda zavolim izlar, Agar qirqqa kirmay o`lsam, may emas, Meni xarob etgan bevafo qizlar!.. Muhammad Yusuf
__________________
http://futbol-klub.uz |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#280 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Tinmay ichadilar gulgun sharobni. Mayni ichib, oxirida-chi, Nima bo'lar, ko'ring: holi xarobni. "Xayyom mayi" ramziy ma'noda, Bilsangiz aslida - bilim, "aql"dir. Umar bobomizning mayparastligi, Bizga kimlardandir qolgan naqldir. N.U. |
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
|