|
|
|
|||||||
| Çíàåòå ëè Âû, ÷òî ... | |
| ...äëÿ êàæäîé òåìû ñóùåñòâóåò ñâîé ðàçäåë. Èçó÷èòå ñòðóêòóðó ôîðóìà. Åñëè ñîîòâåòñòâóþùåãî ðàçäåëà íåò, òî âñåãäà åñòü ðàçäåë "Ðàçíîå" :) | |
| << Ïðåäûäóùèé ñîâåò - Ñëó÷àéíûé ñîâåò - Ñëåäóþùèé ñîâåò >> | |
| Êîëëåäæè è ëèöåè Ñðåäíå-ñïåöèàëüíîå îáðàçîâàíèå |
|
|
Îïöèè òåìû | Îïöèè ïðîñìîòðà |
|
|
#2 |
|
Test topshirig’i anatomiyasi
Quyida taqdim etilayotgan maqola test topshirig’ining tarkibiy tuzilishi va uning turlari to’g’risida ma’lumotlar beradi. Îôôòîï: Standart test topshirig’i ikki asosiy qismdan iborat bo’ladi : muammo (o’zak) va taklif etilgan javoblar (muqobil javoblar). Test topshirig’i o’zagi savol yoki tugallanmagan gap shaklida bo’lishi mumkin, muqobil javoblar esa bitta to’g’ri javob va bir nechta noto’g’ri (chalg’ituvchi) javoblardan tashkil topadi. 1.O’zbekistonning poytaxti qaysi shahar? - o’zak chalg’ituvchi - a) Samarqand to’g’ri javob - b) Toshkent - muqobil chalg’ituvchi – c) Buxoro javoblar chalg’ituvchi – d) Farg’ona Chalg’ituvchi javoblarning maqsadi test o’tkazilayotgan fan bo’yicha yetarli bilimga ega bo’lmagan abiturientlar uchun o’ziga xos “qopqon” vazifasini o’tashdir, ya’ni bu javoblar bilimsiz abiturientlar uchun to’g’ri javobdek tuyulishi kerak. Aksincha, mazkur fan bo’yicha yetarli bilimga ega bo’lgan abiturientlar uchun esa noto’g’ri javob sifatida yaqqol ko’zga tashlanishi lozim. Muqobil javoblarning nechta bo’lishi ko’plab munozaraga sabab bo’lishi mumkin. Aslida bu testning maqsadiga bog’liq bo’ladi. Masalan, ba’zi psixologik testlar faqatgina 3 ta muqobil javobni talab qiladi va ba’zilari esa savolning xususiyatidan kelib chiqqan holda 6 ta va undan ko’p javoblarni ham talab qilishi mumkin. Xorijiy davlatlar tajribalariga nazar soladigan bo’lsak, ta’lim sohasida ishlatiladigan testlarda muqobil javoblarning odatda 4 ta yoki 5 ta bo’lishini kuzatishimiz mumkin. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, muqobil javoblar soni qancha ko’p bo’lsa, sifatli test topshiriqlarini ishlab chiqish shuncha qiyinlashadi. Shuning uchun bo’lsa kerak, biz uchratayotgan ko’plab testlarda muqobil javoblarni topish qiyin bo’lgan holatlarda test tuzuvchilar “yuqoridagilarning barchasi to’g’ri” yoki “yuqoridagilarning barchasi noto’g’ri” kabi javoblarni kiritishga uringanlar. Bunday muqobil javoblar test topshirig’ining sifatiga o’ta salbiy ta’sir o’tkazadi Test topshiriqlarining turlari 1. Yagona to’g’ri javobli test topshirig’i: Ushbu turdagi test topshirig’ida faqatginabitta to’g’ri javob mavjud bo’ladi. Qolgan muqobil javoblarning hammasi noto’g’ri bo’lib, chalg’ituvchi vasifasini o’taydi. 1-misol: Quyidagi asboblardan qaysi biri uzoqdagi jismni kattalashdirib ko’rsatish uchun ishlatiladi? A) Spidometr B) Barometr C) Teleskop D) Ampermetr 2. Eng maqbul to’g’ri javobli test topshirig’i Ushbu turdagi test topshirig’ida muqobil javoblar o’zlarining to’g’rilik darajalariga qarab bir-birlaridan farq qiladi. Biri to’laligicha to’g’ri bo’lmasligi, boshqasi esa to’g’riroq bo’lishi mumkin. Lekin ularning orasidan faqatgina bittasi eng to’liq va eng to’g’ri javob bo’ladi. 2-misol: BMTning asosiy maqsadi nima? A) Dunyo xalqlari orasida tinchlik va hamjihatlikni ta’minlash B) Xalqaro qoidalarning amal qilinishini qat’iy nazorat qilish C) Mamlakatlar qurolli kuchlarining faoliyatini nazorat qilish D) Mustaqillikka erishgan yangi davlatlarga yaqindan yordamlashish Yuqoridagi misoldagi barcha muqobil javoblar to’g’ri keltirilgan, lekin ular orasida faqatgina A javob eng to’liq va eng to’g’ri javob hisoblanadi. Chunki B, C va D muqobil javoblar qisman to’g’ri va ular masalaning faqatgina bir tomoninigina yoritgan. A muqobil javob esa umumlashtirilgan to’g’ri javobni o’zida mujassamlashtirgan. Ushbu turdagi test topshiriqlarini tuzishda test tuzuvshilar juda ehtiyot bo’lishlari lozim. Chunki bu turdagi topshiriqqa muqobil javoblarni topish juda mushkul vaziyat hisoblanadi. Shu sababli agar test tuzuvchilar aniq va ishonchli muqobil javoblarni topa olmasalar, bunday topshiriqlarni tuzishga intilmaganlari ma’qul. 3. Negativ test topshiriqlari Negativ turdagi test topshiriqlarida abiturientdan muqobil javoblar orasidan noto’g’risini topish talab qilinadi. 3-misol. Gripp epidemiyasi tarqalgan sharoitda kishi o’zini bu kasallikdan asrashi uchun quyidagilardan qaysi birini qilmasligi lozim? A) Ovqatlanishdan oldin qo’lni har doim sovunlab yuvish B) Jamoat joylarida xona havosini almashtirib turish C) Grippga uchragan bemor bilan bir idishdan ovqatlanish D) Jamoat joylarida og’izda maxsus niqob bilan yurish Negativ turdagi test topshiriqlarini tuzishda quyidagi ikki qoidaga qat’iy amal qilinishi shart. Birinchisi, testga negativ ma’no beruvchi so’z muqobil javoblar orasida emas, balki aynan test topshirig’i o’zagida kelishi lozim. Ikkinchisi, testga negativ ma’no beruvchi so’z tagiga chiziqcha chizish yoki boshqa usul orqali ajralib ko’rsatilishi lozim. Aks holda abiturient uni ilg’ab ololmay qolishi mumkin. Bu o’rinda shuni aytib kerakki, negativ turdagi test topshiriqlaridan keng foydalanib kelinishiga qaramay, bu uslub ko’p tanqidga uchramoqda. Tanqidchilarning fikriga qaraganda o’quvchining bilimi uning noto’g’ri javobni topa olish qobiliyati orqali emas, balki uning to’g’ri javobni topa olish qobiliyati orqali baholansa yaxshiroq bo’ladi. Shu sababli hozirgi paytda negativ test topshiriqlariga talab ancha pasaygan. 4. Bir nechta to’g’ri javobli test topshirig’i Ushbu turdagi test topshiriqlarida bir yoki undan ortiq muqobil javoblar to’g’ri javob hisoblanadi. Qolgan muqobillar esa chalg’ituvchi vazifasini o’taydi. O’quvchidan to’g’ri muqobil javoblar keltirilgan qatorni aniqlash talab qilinadi. 4-misol Quyidagi asarlardan qaysilari A.Navoiy qalamiga mansub? 1. Nasoyim-ul muhabbat 2. Hazoin-ul maoniy 3. Muhokamatul lug’attayn 4. Mahbub-ul qulub 5. Mantiq ut-tayr A) 1,3,4,5 B) 1,2,4,5 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4,5 Abdurashid Solijonov Davlat test markazi yetakchi mutaxasisi |
|
|
|
Îòâåòèòü |
|
5 "+" îò:
|
|
|
|