Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova
Форумдошларимизга анкета саволлари:
Цитата:
1. Алишер Навоий хакида илк маротаба качон ва ким томонидан маълумотга эга булгансиз?
2. Алишер Навоийнинг кайси асарини севиб мутолаа киласиз?
3. Шеърият мулкининг дахосини кайси хикматини хаётий шиорингизга айлантирган булардингиз?
4. Сизнингча Навоийнинг ишки кимга каратилган эди?
5. Ёшларимиз Навоий асарларини севиб мутолаа килишлари учун асосий эътиборни нимага каратмогимиз лозим?
6. Хазрат бугунги кундаги тилимизнинг ахволини курганларида сизнингча нима деган булардилар?
|
|
1. Maktabda darsliklardan, birinchi marotabasi esimda yo`q. Aruzni tushunganimdan keyin umuman mumtoz adabiyot o`z chiroyini ochgan edi, aynan shundan keyin nafaqat Navoiy, balki boshqa shoirlarning ham asarlarini o`zgacha bir maroq bilan o`qir edim.
2."Hayrat-ul abror". "Lison-ut tayr" o`qish niyatim bor, lekin ba'zi bir sabablarga ko`ra hozir imkoniyatim yo`q
3."Kuchuk birlan ho`tikka qancha qilma tarbiyat,
It bo`lur dog`i eshshak bo`lmas ani hech odami."
4. Bolaligidan "Mantiq-ut tayr'ni sevib o`qigan kishida yoshlikdan Haqqa bo`lgan muhabbat paydo bo`lsa kerak...mening nazarimda kishiga qarata
Orazin yopqich ko`zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo`ylakim paydo bo`lur yulduz nihon bo`lg`ach quyosh
deb aytib bo`lmasa kerak, yana bilmasam.
5. Umuman yoshlarda kitobga bo`lgan qiziqishni uyg`otish kerak, yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, va hamda darsliklarda faqatgina g`azallarni bermay, ularning ma'nosini tushuntirish, navoiyshunoslar bilan uchrashuvlar o`tqazish kerak. Hamda maktab o`qituvchilarining saviyasini oshirish kerak.
6.Adabiy tilningmi yoki so`zlashuvmi??? Menimcha hozirdagi holat Navoiy paytidagiga o`xshashroq, ko`p kishi o`zbek tilini qadrini bilmaydi, yoki mensimaydi, ularga "Muhokamat-ul lug`otayn" kerak, faqatgina hozirgi holatga moslashtirilgan holda