|
Lekin, hamma viloyatdan kelgan talabalarni yotoqxona bilan ta'minlansin, degan qonun ham yuq.
Shuning uchun, har bir talaba o'zining sharoitiga qarab, harakat qilishi kerak. Uning uchun ijarada turish qiyinmi, unda yotoqxonada turishga harakat qilsin. Ertaroq o'qish boshlanmasdan kelib, yotoqxonaga ma'sul odamlar bilan uchrashsin, iloji bo'lsa, yotoqxonada 1-2 soat ishlab bersa, jon deb joy berishadi . . .
Endi talaba stipendiyasining ijaraga yetish yetishmasligiga keladigan bo'lsak. Buniyam ilojini qilsa bo'ladi. Birinchidan, talaba a'lo bahoga o'qib, a'lo bahoning stipendiyasini olsin. Ikkinchidan, illatlardan saqlansin, ya'nikim, chekish, ichish va boshqa bekorga xarajat talab qiluvchi illatlardan saqlanishi kerak. Uchinchidan, ijarada o'ziga o'xshaganlardan bir qanchasini yig'ib, ijara pulini taqsimlasa yetib qoladi . . . Faqat, eskilarimiz aytganidek, "Qalovini topsang, qor ham yog'adi".
Aytganlarim hammasi shaxsiy hayotimni achchiq tajribalaridan kelib chiqqan . . .
|