Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 13.08.2008 11:56   #11  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Kamina:
Tohir aka, mashhur yozuvchisiz, muxlislaringiz ko’p. ular nazari bilan qaraganda, dunyodagi eng baxtli odamsiz. Sizni qiynashi mumkin bo’lgan bironta muammo yo’qday tuyuladi. Aslida-chi? Aslida ham shundaymi?
Цитата:
Tohir Malik:
Men muammosi yo’q odamni tasavvur qila olmayman. Har bir kishining muammosi o’ziga xos bo’ladi. Meni qiynayotgan muammo sizga bachkana yoki kulgili tuyulishi mumkin. Aksincha, men e’tibor bermayotgan narsa sizni hayratlantirish ehtimoli bor. Kamina Yaratganning barcha ne’matlari uchun shukr qilaman. Biron massalada kamchilik uchrasa, qanoat qilishga urinaman. Sabr-qanoatni odam uchun eng oily liboslardan deb bilaman. Ojiz bandamiz, ba’zan bu liboslarni yechib qo’yishga to’g’ri kelsa, avvalo, odamlardan uyalaman, so’ng tavba qila boshlayman. saqich… kiradi? Shaxsiy muammolarim kunda, haftada, oyda yoki yilda o’zgarib turishi mumkin, ularni o’zimcha hal qilishga tirishaman. Hal bo’lmay qolayotgan muammolar ham uchraydi, na iloj! Meni jamiyatdagi yechilmay qolayotgan muammolar ko’proq tashvishga soladi. Kamina ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga faol aralashuvchanlardan emasman. Siyosat bobida uquvsizman. Muammolarni aqlim yetgan darajada yozgan asarlarim orqali hal qilishga harakat qilaman. Masalan, ko’p gapiradiganimiz kitobxonlik muammosi. Ko’pchilik gapni aylantirib kelib kitobning narxi qimmat, degan xulosaga bog’laydi. Bitta xonadonga yilda o’nta yangi kitob kirsa, taxminan 20-30 ming sarflanadi. Endi ayting: shu xonadonga oyida necha ming so’mlik araq kiradi, sigaret kiradi, boringki, qurut-pista, necha o’n, hatto yuz ming so’mlab pullarni keraksiz ziyofatlarga sarflaymiz.
To’ylardagi raqqosalarga qistiriladigan pullarchi! Xo’p kitob qimmat, degan fikrga qo’shildik, deylik. Ammo kutubxonadagi tekin kitoblar ham o’qilmaydi-ku? Talabalar eng faol kitobxon bo’lishlari kerak, biroq ular ham kitob sotib olmaydilar-ku? Holbuki, mutlaqo zarurati bo’lmagan yon telefonlariga qirq-ellik ming so’mdan to’lashga pul topishadi-ku!
Televizorda yozuvchi birodarimiz g’alati bir gap aytdi: ya’nikim, ilm-fan - bosh, aql uchun, adabiyot esa yurak uchun ekan. Bu gapda mantiq ko’rmadim. Nazarimda birodarimiz fikrlarini to’g’ri bayon qilib berolmadilar shekilli. Balki u kishi bunday demoqchi bo’lgandirlar: “ilm-fanga doir ishlar, kashfiyotlar asosan aql mahsuli. Aniq fan bilan shug’ullanish uchun yurakdagi tuyg’ular, his-hayajonlar shart emas. Aytaylik, quyosh fizikasi bilan shug’ullanuvchi olimdan oftobning ertalabki latofatiga mast bo’lish talab etilmaydi. Uning uchun quyosh nurlarining ufqda tovlanishi muhim emas, balki ulug’ yoritgichning xususiyatlarini o’rganish zarurroq. Badiiy asar esa, avval yurakda tug’ilib, so’ng aql vositasida boyitilib, qog’ozga tushiriladi”. Aniq fanlar bilan badiiy adabiyotni ayri-ayri ko’rish qalam sohiblari uchun yangilik emas. Bu xato fikrni tez-tez eshitib turamiz. Bunday birodarlarimiz faqatgina o’z tumshuqlari ostidagi narsalarni ko’radilar. Orqaga qaramaydilar, ro’parada nimalar borligi bilan qiziqmaydilar. Moziyga qarasalar edi, allomalarimizning badiiy adabiyot bilan shug’ullanganlarini bilar edilar. Yana sir emaski, fandagi ko’p kashfiyotlarga badiiy adabiyotda aks ettirilgan ilmiy taxminlar asos bo’lgan. Lazer nuri bunga misol.
Shu ko’rsatuvda birodarimiz kitoblarni kompyuterlashtirish, ya’ni kitob sahifasini kompyuter ekraniga chiqarish masalasiga salbiy munosabat bildirdilar. “Kitobni mazza qilib o’qish kerak”, dedilar. Ular bir narsaga tushunmadilar shekilli: kompyuterda tamosha qilinmaydi, unda ham o’qiladi. Biz istaymizmi-yo’qmi, qog’oz masalasi jahon miqiyosida jiddiy muammo sifatida kun tartibiga qo’yilgach, matbuot ham, kitob nashri ham asta-sekin kompyuterlashadi. Hozirning o’zida ayrim ilmiy adabiyotlar, lug’atlar, qomusiy lug’atlar kompyuterlashtirildi. Bu jarayon rivojlanib boraveradi. Lekin shunda boshqa bir muhimroq muammo ko’ndalang bo’lishi mumkin: kompyuterdan taraluvchi nur oqimining inson salomatligiga zarari odamlarni o’qishdan cheklab qo’yish ehtimoli tug’iladi…
Kitobxonlik masalasi faqat yozuvchilarning tashvishi emas, jamiyat tashvishi bo’lishi kerak. Chunki ma’naviy olam faqat va faqat kitob bilan boyiydi. Ma’naviy qashshoq jamiyat olam aro yuksala olmaydi.
Savolingizda “baxt” ham tilga olindi. Chindan ham baxtliman. Olloh menga, avval aytganimday, ulug’ ne’matlar berdi. Suhbatimiz so’ngida o’quvchilarga, ularning oila a’zolariga Ollohdan ikki dunyo saodatini tilayman.
Ответить 
"+" от:
Старый 13.08.2008 12:35   #12  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Оффтоп:
Yuqorida keltirib o'tilgan suhbat 2007-yil fevral oyida bo'lib o'tgan edi.
Ответить 
Старый 15.08.2008 15:29   #13  
Known ID Group
Аватар для AbuMuslim
Оффлайн
Сообщений: 1,494
+ 1,248  1,573/654
– 84  166/76

UzbekistanОтправить сообщение для AbuMuslim с помощью YahooАккаунт на TwitterFacebook
Бир вактлар тохир аканинг шахсий сайтини килиб берган эдик... сайт билан бирга ўзбек адабиётига оид кучли форум хам бор эди... аммо бу иш колиб кетди... : (
Ответить 
Старый 15.08.2008 15:36   #14  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от AbuMuslim Посмотреть сообщение
Бир вактлар тохир аканинг шахсий сайтини килиб берган эдик... сайт билан бирга ўзбек адабиётига оид кучли форум хам бор эди... аммо бу иш колиб кетди... : (
Сайтга хам, форумга хам кириб кургандим. Тохир ака билан гаплашганимда хам бу хакида маълумот бергандилар. Сайт ишини яна давом эттиришнинг(янги маълумотларни куйишнинг) иложи борми?
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 15.08.2008 16:17   #15  
Known ID Group
Аватар для AbuMuslim
Оффлайн
Сообщений: 1,494
+ 1,248  1,573/654
– 84  166/76

UzbekistanОтправить сообщение для AbuMuslim с помощью YahooАккаунт на TwitterFacebook
иложи бор, факат сайтига ва форумига админ йук эди... Агар сиз админ бўламан десангиз мен сайтини килиб бераман... Тохир аканинг деярли барча китобларининг э-версияси менда бор... Кейин ўзбек адабиётига аталган алохида форум бўлса ёмон бўлмасди...

P.S

Тохир ака ажойиб инсонде... роса сухбатларида бўлганмиз... у билан сухбатдаги одам роса мазза килади... анча маънавий озука хам олади...
Ответить 
"+" от:
Старый 15.08.2008 16:24   #16  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от AbuMuslim Посмотреть сообщение
P.S

Тохир ака ажойиб инсонде... роса сухбатларида бўлганмиз... у билан сухбатдаги одам роса мазза килади... анча маънавий озука хам олади...
Шунинг учун хам бу мулокотни ташкил этдик-да!..
Бирок хурматли ёзувчимизга саволлар хамда асарлари хакида китобхонларнинг киммматли фикрлари (фикр колдирганлар бундан мустасно) куринмаяпти мавзуда.
Ответить 
Старый 15.08.2008 16:34   #17  
Known ID Group
Аватар для AbuMuslim
Оффлайн
Сообщений: 1,494
+ 1,248  1,573/654
– 84  166/76

UzbekistanОтправить сообщение для AbuMuslim с помощью YahooАккаунт на TwitterFacebook
Сабаби бу мавзуни яхшилаб "раскрутка" килиш керак... : )

Менинг юкоридаги постимнинг биринчи кисмига жавоб бермабсиз... : )
Ответить 
Старый 15.08.2008 16:59   #18  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от AbuMuslim Посмотреть сообщение
Сабаби бу мавзуни яхшилаб "раскрутка" килиш керак... : )

Менинг юкоридаги постимнинг биринчи кисмига жавоб бермабсиз... : )
Тохир Малик ёки адабиётда утиладиган барча адибларнинг ижодини деярли барчасини мукаммал хам илмий, хам бадиий тарафдан урганишга харакат килганман.
Укитиш учун уч баробар куп билимга эга булиш керак дейишади-ку...
"Раскрутка" килишга савиям етади.

Постингизнинг биринчи кисмига "шахсий хабар"ингизга жавоб ёзиб юбораман.
Ответить 
"+" от:
Старый 16.08.2008 13:37   #19  
Open ID Group
Аватар для Nozima Tashpulatova
Оффлайн
Аспирант НУУз
Сообщений: 288
+ 90  134/82
– 0  2/2

UzbekistanОтправить сообщение для Nozima Tashpulatova с помощью YahooОтправить сообщение для Nozima Tashpulatova с помощью Skype™
NIgora avvalo sizga Minnatdorchilik bildirmoqchiman! Anchadan bery ish safarlari va ayrim tadbirlar tashkiloti bilan band bo'lib forumga kira olmagandim. "Ijod haqida so'z" bo'limiga kirib ko'rdimu, ko'p narsadan bebaxra qolib ketganimni xis qildim. Juda hayrli ishni tashkil qilibsiz. Zamondoshlarimiz orasida qanchadan qancha qahramonlar boru biz ularning shaxsini tuzukroq bilmaymiz ham. Tohir Malikni nafaqat asarlari uchun balki inson sifatidagi xususiyatlari uchun ham qahramon deya olishimiz mumkin. Meni bir narsa doim qiziqtirgan. Yaqin-yaqingacha adibimizni Toshkentning jamoat transportlarida uchratardim. Ushanda "Shaytanat" kitobi juda mashhur bo'lgan paytlari edi. Tinchlik mahallasida domla tushib qolar ekanlar doim suhbatlashgim kelardi. Shunchalik mashhur bo'lishlariga qaramay oddiiylik, samimiylik, va umuman insoniylikning ulardan ketmaganiga doim hayratlanardim. Ba'zida shunday odamlarni uchratamizki, biron narsaga erishmay turib havoilanib, "oyoqlari yerdan uzilib" qoladi. Umuman o'zimiz bilmay ham kibr qurboniga aylanib qolamiz. Tohir akaga savolim inson o'zining ana shu oddiyligi va samimiyligini qanday qilib saqlab qolishi mumkin? Adabiyot orqali inson shaxsini tarbiya qilinishini bilamiz, adibimiznng o'zlari ijodni boshlagunlaricha kimlarning asarlari orqali tafakkur darajalarini kengaytirganlar?
__________________
Siempre tengo razon:smile:

Последний раз редактировалось Nozima Tashpulatova; 16.08.2008 в 13:40.
Ответить 
Старый 17.08.2008 00:50   #20  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Nozima Tashpulatova Посмотреть сообщение
NIgora avvalo sizga Minnatdorchilik bildirmoqchiman! Anchadan bery ish safarlari va ayrim tadbirlar tashkiloti bilan band bo'lib forumga kira olmagandim. "Ijod haqida so'z" bo'limiga kirib ko'rdimu, ko'p narsadan bebaxra qolib ketganimni xis qildim. Juda hayrli ishni tashkil qilibsiz.
Tashakkur Nozimaxon!
Bundan keyin bo'limimizga va undagi mavzularga tashrif buyurib, unda o'zingizning qimmatli fikr-mulohazalaringizni qoldirasiz degan umiddaman.

Цитата:
Сообщение от Nozima Tashpulatova Посмотреть сообщение
Zamondoshlarimiz orasida qanchadan qancha qahramonlar boru biz ularning shaxsini tuzukroq bilmaymiz ham. Tohir Malikni nafaqat asarlari uchun balki inson sifatidagi xususiyatlari uchun ham qahramon deya olishimiz mumkin. Meni bir narsa doim qiziqtirgan. Yaqin-yaqingacha adibimizni Toshkentning jamoat transportlarida uchratardim. Ushanda "Shaytanat" kitobi juda mashhur bo'lgan paytlari edi. Tinchlik mahallasida domla tushib qolar ekanlar doim suhbatlashgim kelardi. Shunchalik mashhur bo'lishlariga qaramay oddiiylik, samimiylik, va umuman insoniylikning ulardan ketmaganiga doim hayratlanardim. Ba'zida shunday odamlarni uchratamizki, biron narsaga erishmay turib havoilanib, "oyoqlari yerdan uzilib" qoladi. Umuman o'zimiz bilmay ham kibr qurboniga aylanib qolamiz.
Yozuvchi Tohir Malikning bunday yuksak insoniy fazilatlarga erishishlarida oilaviy muhit hamda tog'alarining pand-nasihatlari sabab bo'lgan bo'lsa kerak. "Boshi ko'kda-yu, oyog'i yewrdan uzilmagan inson"larni komil inson deb bilaman. Haqiqiy buyuklar mana shunday bo'lishadi. Bekorga o'zbek adabiy muhitida ardoqli yozuvchimizga "o'zbeklarning graf Lev Tolstoyi" deb ta'rif berishmagan.

Цитата:
Сообщение от Nozima Tashpulatova Посмотреть сообщение
Inson o'zining oddiyligi va samimiyligini qanday qilib saqlab qolishi mumkin? Adabiyot orqali inson shaxsini tarbiya qilinishini bilamiz, adibimiznng o'zlari ijodni boshlagunlaricha kimlarning asarlari orqali tafakkur darajalarini kengaytirganlar?
Mazmunli savolingizni albatta, yetkazurman.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх