Цитата:
Сообщение от Bakhtiyor Tadjidinov
Zdes v USA naoborot bolshe starayutsya provodit zanyatiya v neformalnoy obstanovke i poverte, deti gorazdo bolshe usvaivayut.
|
Ну, вот, как вы сами сказали, в таком случае дети гораздо больше усваивают
в США !!!
А у нас в основном случае
наабарот !
Оффтоп:
7-sinfda o'qiydigan singlim maktabida bo'lgan bir voqeani aytib berib qoldi. Adabiyot fanidan dars beruvchi o'qituvchisi doim shim kiyib yurar ekan. Shim bo'lganda ham 7-sinf o'quvchilari, ayniqsa, yigitlariga g'alati ko'rinadigan toifalaridan. Xullas, kecha ham shunday tor shim-u, tarang ko'ftada kelgan va dars o'tayotgan o'qituvchiga bitta sho'xroq bola "Ustoz, shimingizni orqasi sal torroqmi?" deb , o'qituvchini butun sinf oldida kulguga qo'yipti. Bolalar yosh, sho'x, uning ustiga ayni o'tish davrida... Butun sinf ustozning ustidan kulgan. O'qituvchi esa yig'lab, bolalarning hammasiga ikki baho qo'yib, darsdan chiqarib yuboribdi.
Shu voqeani eshitib, o'ylab qoldim. O'qituvchilar bolalarning kulgusiga bahona bo'lib, shuncha o'quvchilarga o'zini mazax qildirib shunday kiyimlarni kiyib yurgani yaxshimikin? Undan ko'ra "ustoz" deganda barcha bolalar hurmat bilan tasavvur qiladigan kiyimda yurganlari yaxshi emasmikin?