|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
|
|
#1 |
|
UCHRASHUV
Ana sevgim, Ko‘rib turib qaragim yo‘q. Uning menga, Mening unga keragim yo‘q... Bir yilda bir ko‘rishamiz, U gapirmas. Menda ham yo‘q zaboi, Bir so‘z so‘ragim yo‘q. Baxtliman deb U ham, mag‘rur, O‘tib ketar, Men ham xursand, Shodman — boshqa tilagim yo‘q. Bu yo‘l boshi paymon edi, Hijron endi. Armon endi, Armonga mo‘ltiragim yo‘q... Ketaversin, Bu dunyoda bir qizni deb, Har kuni bir Yig‘laydigan yuragim yo‘q.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) Последний раз редактировалось albatros; 14.10.2011 в 01:52. |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#2 |
|
SODDA TILAK
Har kimning ham sochlariga oq tushsin, Ajin tushsin yuzlariga, dog‘ tushsin. Har kimning ham quvvat ketib belidan, Qo‘llariga aso — bir tayoq tushsin. Imoni sof yuzga kirib yorug‘ yuz, To‘ylar ko‘rib yelkasidan tog‘ tushsin. Va jismiga so‘nggi safar paytida O‘z bolasin qo‘lidan tuproq tushsin..
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
|
Ответить |
|
|
#3 |
|
Ko‘ngil shodligiga yo‘qdir nihoya,
Jonimni allalar tug‘ilgan yerim. Salom, ota makon va bedapoya — Olifta qizlarga yoqmagan she’rim!.. Sen o‘sha — o‘shasan, dilkashu mo‘min Dunyoni o‘ylaysan shudgorni kecha. Yuzingdan suv oqib tinmaydi bir kun, Ko‘zingdan arimas tashvish bir kecha. Men esa yashadim olisda bebosh, Tilla sirg‘alarning jarangi aro. O‘sdi, o‘saverdi yurak — xarsangtosh, Bolangga o‘xshamay turibman, qara. Kelaman bittalab terib loy yo‘ldan Oltin yoshligimning suratlarini... O‘rdaklar uchadi og‘rinib ko‘ldan, Oftobga tutgali ho‘l patlarini. Ko‘ngil shodligiga yo‘qdir nihoya, Endi qadring bildim tug‘ilgan yerim, Salom, yaydoq dala va g‘o‘zapoya — Olifta qizlarga yoqmagan she’rim!..
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#4 |
|
YUVOSH O‘G‘IL
Oxir borar joyim shu qora tuproq, Yotarman maysalar yopinib bir kun. Men seni o‘ylarman o‘zimdan ko‘proq, Mening yuvosh o‘g‘lim, salomat yurgin... Dunyoi dun nayranglarga to‘ladir, Tili boldan shirin do‘stlar bo‘ladir, Yurakdan chiqmagan so‘zlar bo‘ladir, Mening yuvosh o‘g‘lim salomat yurgin. Falakning qo‘ynida muzlari bordir, Uchqur yigitlari, qizlari bordir. Kaftingda ketmonning izlari bordir, Mening yuvosh o‘g‘lim, salomat yurgin. Tepangda charx urib qilib parvoz men, Bo‘lolmasman qalqon bahoru yoz men, Boshing toshdan bo‘lsin, deyman xolos men, Mening yuvosh o‘g‘lim, salomat yurgin. Suvlarning yuzida suzadi xaslar, Odamzod kimlarga qilmas havaslar... Og‘ir kunda yurtin sendaylar asrar — Mening yuvosh o‘g‘lim, salomat yurgin.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#5 |
|
Oy yuzidan nur yog‘di sim-sim,
Yur Muhammad, ketdik bu yerdan. Shirin tushlar ko‘rsin sevgilim, Yur Muhammad, ketdik bu yerdan. Biz ketsak yer kengayib qolar, Osmon ham sal enkayib qolar. Bir qora ko‘z jilmayib qolar... Yur Muhammad, ketdik bu yerdan. Na qildim ey, yuzlari zebo, Aybim ne, deb so‘rama aslo. Bu dunyo shundayin bevafo, Yur Muhammad, ketdik bu yerdan. Sevgi dilda yashnagan chechak, U biz bilan qayda yashasak. Ne qipti bir qizga yoqmasak?.. Yur Muhammad, ketdik bu yerdan.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#6 |
|
Hur o'lkam.
Sizga qanday, Bilmadim-u man Beshikdagi chaqaloqdayman. Do'stlar, Og'iz to'ldirib - Vatan Deya olmoq o'zi baxt ekan. Endi tilim chiqqanday go'yo, Endi yura boshlagandayman. Qo'lingni ber, Ey qadim dunyo - Ko'zga surgim kelar nonday, man. Vatan! Qanday sehrli kuysan, Poyingga jon tiksam arziydi. Sening uchun o'tlarda kuysam, Daryolarda cho'ksam arziydi! Yo'ling oqqa yo'yganimyo'ygan, Baxtiyorman qutlug' oningda. Qiyqirib man - Ko'krakka to'ygan Toychog'ingdek tursam yoningda... Sen engashib O'psang yuzimdan, Men ham senga tursam erkalab... Qora qoshim, qora ko'zimdan Sochimgacha o'zingga o'xshab! O'zbekoyim - mehribon onam, Beshiklaring farzandga to'lsin. Jannatlardan go'zal ey o'lkam, Istiqloling muborak bo'lsin. Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:46. Причина: offtop |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#7 |
|
O'zbek.
O'zbekka o'xshatish topmoq muammo, O'xshasa o'ziga o'xshaydi o'zbek. Qiyosi yo'q uning, mehri bir daryo, Dunyoda bolam deb yashaydi o'zbek. Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Qur'on, Bir yelkada ketmon, birida iymon. Barchaga barobar bir oftopsimon, Yashnasin olam deb yashaydi o'zbek. O'nta bo'lsa o'rni boshqa uning-chun - O'glim otashimdan yaralgan uchqun. Qizim parilardan chehrasi gulgun, Yuzlari lolam deb yashaydi o'zbek. Momolari tetik yuzga kirsa ham, Bobolari qaysi yigitlardan kam. Zuryodlari bo'lsa bir hovliga jam, To'shak yetmay to'nin to'shaydi o'zbek. Ehtirom etganga ehromlari bor, Kekkayganga bo'yin egmagay zinhor. Beshigida jajji Islomlari bor - Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi o'zbek. Kindik qoni tomgan tuproq unga shon, Kerak bo'lsa, beso'z baxsh etar u jon - Ko'krakka urmaydi: Vatan deb, Vatan! Alpomish o'glonga o'xshaydi o'zbek. Muhammad, kim bo'lding qiyosin topib, O'xshasa - o'ziga o'xshaydi o'zbek. Yomon she'r yozsang ham betingdan o'pib, Kam bo'lma, bolam deb yashaydi o'zbek. Muhammad Yusuf.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:46. |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
| Реклама и уведомления | |
|
|
#8 |
|
Akademiya madhiyasi.
Alp o'g'lonlar o'lkasi bu ko'hna Turon, Qalqonlari, qanotlari, ilm istang. Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron, Alisherning avlodlari, ilm istang Taxtdan tushganda ham otdan tushmay yurgan, Ajdodingiz uy qurmagan - Davlat qurgan. Yurti uchun yelkasida tog'lar surgan - Rustamlari, Farhodlari, ilm istang. Ko'z ochgandan kezib yetti bahri ummon, Yetti tilda so'zlashgan biz tili biyron. Vatanida Tojmahallar tiklar sulton - Boburlari, Behzodlari, ilm istang. Haq yo'lida siz ilmning ummatlari, Xalq yo'lida hidoyati, himmatlari. Madad bo'lsin, YAssaviylar hikmatlari, Bobo MAshrab bayotlari, ilm istang. Ilm istang, izingizdan ibrat yog'sin, Ixlosingiz, shaxdingizdan shiddat yog'sin. Ortingizdan mag'rur-mag'rur millat yog'sin, Mulki Turon najotlari, ilm istang!... Alp o'g'lonlar o'lkasidir O'zbekiston, Erkli elning qanotlari, ilm istang. Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron, Alisherning avlodlari, ilm istang. Muhammad Yusuf.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:47. |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#9 |
|
Yoshlar madhiyasi.
Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni, Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni. Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib, Kunimizga yaragansan o`zing bizni. Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!.. Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga, Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga. Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib, Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga. Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston. Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi, Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi. Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar Bir kun bir kaft qumlog`ingga zor bo`ladi. Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!.. Gul ko`ringan dashtingdagi giyoh-xasdir, Soddadilu ulug`vorlik senga xosdir. Sevamizki, cho`llaring ham bizga jannat, Tuprog`ing ham Makka misol muqaddasdir. Onadek ko`rgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston! Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:47. Причина: offtop |
|
|
|
Ответить |
|
|
#10 |
|
Men dardimni kimga aytaman.
Samarqandga borsam men agar, Ulug'bekni ko'rib qaytaman. Ul qon yig'lab turar har safar: - Men dardimni kimga aytaman?... Bag'rimga bo'y yetgan o'z bolam, Mergan bolam, lochin ko'z bolam. Bog'zimga tig' urgan o'z bolam, Men dardimni kimga aytaman? Sezmay qoldim...O'shanda chog'im, Yulduzlarda ekan nigohim. Bilmadim ne edi gunohim, Men dardimni kimga aytaman? Qancha g'amga botmagan edim, Qancha og'u yutmagan edim. O'z bolamdan kutmagan edim! Men dardimni kimga aytaman? Tanim muzlab, goh tosh qotaman, Men shoh emas, axir, otaman. Go'rimda ham o'ylab yotaman, Men dardimni kimga aytaman?... Samarqandga borsam men agar, Ulug'bekni ko'rmay qaytmayman. Ul qon yig'lab turar har safar, Men kimga aytishimni bilmayman. Muhammad Yusuf.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:47. Причина: offtop |
|
|
|
Ответить |
|