Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 18.07.2008 13:20   #11  
Offline ID
Аватар для Pirimqul Qodirov
Оффлайн
народный писатель Узбекистана
Сообщений: 25
+ 10  74/24
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Turkiy ajdodlarimiz yetti pushtini yaxshi bilmagan insonni uyat qilishgan. Tarixiy asarlar ijodkori sifatida o’z ajdodlaringiz haqida uforumdagi muxlislaringizga gapirib bersangiz , iltimos.
O’ylab qarasangiz, har bir kishining taqdiri tug’ilmasdan oldingi asrlarda ham ildiz otgan bo’ladi. To’qson ikki qabilali o’zbeklar o’z ajdodlari qaysi urug’dan ekanini yoddan chiqarmaganlar. Albatta, urug’ surishtirish urug’-aymoqchilikka olib bormasligi, biz doim xalq va millat manfaatini birinchi o’ringa qo’yib yashashimiz kerak.
Shu bilan birga ko’pchiligimizning tarjimai holimiz ota-bobolarimiz mansub bo’lgan qabila va urug’lar orqali xalqimiz boshidan kechirgan katta tarixiy voqealarga uzviy bog’langanini yodda tutishimiz lozim. Deylik, Amir Temur mansub bo’lgan barlos abilasi Shayboniyxon va uning avlodlari davrida qattiq quvg’inga uchraydi. Barloslarning ulkan bir qismi Bobur bilan birga Afg’oniston va Hindistonga ketadi. Bizning yurtda qolganlari esa tog’ oraliqlariga, xon navkarlari kam boradigan pana qishloqlarga joylashadi.
Otamizning bobokalonlari orasida Hasan Jibbachi degan kishi o’tgan ekan. Jiba – jang paytida kiyiladigan zirhli kiyim. Jibbachi – hukmfarmo bekning – “oftobachi” deganga o’xshash bir mulozimi. Hasan Jibachi o’sha davrdagi hukmron doiralarga yaqin turgan qirq urug’ining Quyonquloq shoxasidan bo’ladi. Shuning uchun tog’ ortiga quvilgan barloslardan tap tortmaydi. Soy bo’yida soch yuvayotgan zangori ko’zlik go’zal barlos qizni otiga o’ngarib olib qochadi, bizning Kengqo’l qishlog’iga keltirib, unga uylanadi.
Otamizning ham ko’zlari ko’kish edi, buning sababini izohlash kerak bo’lganda “barlos momomga tortgan ekanman” derdilar. Barlos qavmida qorachadan kelgan odamlar ham ko’p, lekin oq yuz, zangori ko’zlar uchrab turadi. Keyinchalik otamiz ham Oqsuv tomonlarda yashaydigan va o’zlarini “turk” deb ataydigan barloslarga kuyov bo’ladilar. Irsiyatning o’lmasligini qarangki, tillorang sochli, ko’zi ko’kish bolalar gohida bizning aka-ukalarimiz va farzandlarimiz oilasida ham tug’ilib qoladi. Bunga daf’atan hayron bo’lamiz-u, keyin o’sha barlos momolarni eslaymiz.
Katta bobolarimiz orasida Boboyor so’fi degan fozil kishi o’tgan ekan. Lekin bizning otamiz Qodir Yo’ldosh o’g’li maktab ko’rmay o’sgan umumiy odam edilar. Tog’da old cho’ponlardan biri bo’lib tanilgan, mashhur Yagnob tog’larida qo’y boqib, o’nta qo’yni yuztaga, keyin ularni mingtaga yetkazib boy bo’lgan ekan. Bugungi ibora bilan aytganda badavlat fermer bo’lgan.
Onamiz – O’g’iloy Husan qiziga uylangandan keyin, biz ketma-ket besh o’g’il tug’ilgan ekanmiz.
Ota-onalar bizni oyoqqa turg’izguncha nechog’lik mashaqqat chekkanlarini o’zingiz farzand o’sstirganda bilar ekansiz. Otamiz boy bo’lib badarg’a qilinganligi uchun hukmron mafkura yoshlikda bizni ruhan ezib, undan bezdirgudek bo’lardi. Holbuki, otam mehnat qilib charchamaydigan, besh vaqt namozini kanda qilmaydigan, umrida aroq ichmagan, muloyim tabiat, mo’min-qobil odam edi. Hayotda juda ko’p og’ir, asabbuzar hodisalarni boshdan kechirgan bo’lsa ham, rahmatli biror marta biz, bolalarni urib-so’kkani yodimda yo’q.
Lekin onamiz bizni zir yugurtirib ishlatar, gunoh o’tsa ayamay jazo berar, intizomni juda qattiq tutar edilar. Otamiz “Bizning xotin amaldor momosiga tortgan” deb qo’yar edi. Keyin bilsak, onamizning momolari O’g’iljon dodho Farg’ona vodiysining O’sh tomonlarida shuhrat qozongan Qurbonjon dodhoning izdoshlaridan bo’lgan ekan. Inqilobdan oldingi davrda Juzgon va Oqsuv tomonlarda shu zabardast O’g’iljon dodho elboshi bo’lib tanilgan ekan. U kishi olamdan o’tgan kezlari tug’ilgan bizning onamizga o’sha momosining nomini berib, O’g’iljon deb ot qo’ygan ekanlar.
Bola ekanimizda onamizning siyosatidan hayiqar edik, bizning attiqqo’l hokimday tergashlaridan ranjib, yosh aka-ukalar bir-birimizga hasrat ham qilar edik. Endi balsam, bolani qattiq intizom bilan tarbiya qilganliklari bizning foydamizga bo’lgan ekan.[/FONT]
[FONT=Times New Roman]Onamizning qishlog’i So’farkat va Oqsuvni bolalik paytlarimdan beri bilaman. “Boburnoma”da Dahkat bilan birga qalamga olingan Oqsuv – ana shu qishloq ekanini keyinchalik surishtirib aniqlaganman. Mashhur Osmon Yaylov bulog’idan hozir ham musaffo suv qaynab turadi.
Onamiz rahmatlini yana bir jihatdan ko’p eslayman: bolaga talabchan bo’lish bilan birga uni yaxshi parvarishlab, “iligi to’la” qilib o’stirishni bilar edilar. Ukalarimni qanday boqqanlari esimda bor. Har kuni bug’doy uni, qo’y yog’I va novvotni sutga qorib nihoyatda shirin taom qilib berar edilar. Onamiz bolaning ovqatidan tejashni pastkashlik deb bilar edilar. Bola iligi to’la bo’lib o’sishi uchun nimaiki sarf-xarajat kerak bo’lsa, hech ayamas edilar. Tug’ilgan yurtimizning archazor tabiati bilan ota-onamiz bizga in’om etgan sog’liq va “iligi to’lalik” og’ir hayotiy sinovlarda qanchalik asqotganini yillar o’tgandan so’ng fahmladik.

Последний раз редактировалось Ibragim Yermatov; 18.07.2008 в 14:35.
Ответить 
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх