Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 30.04.2011 12:47   #1  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
YOMG'IR
Tunlari kuladigan
Gullar ekan yulduzlar.
Ko'zga ko'rinmas ekan
Shu boisdan kunduzlar.
Oftob bilan Oymoma
Ota~yu ona ekan.
Bolalarin boshida
Doina parvona ekan.
Bolalari kim dersiz
Kun va Oyni sizlar ham.
Menga ishonavering,
Ular Bulutlar desam.
Bulutlar ham bizlardck
O'ynar, uxlar, tush ko'rar.
Dengiz-u ummonlarda
Cho'milmoqni xush ko'rar.
Bas, suvdan chiqing,
deya Koyimasa ham hech kim,
Yuvar yuz-qo'llarini
Ular goh chala-yarim.
Bundan ranjib Oftobjon
Egniga peshband tutar.
Farzandlarin bir joyga
To'planishlarin kutar.
Bulutvoylar g'o'ldirab,
Yo'talishsa ham ,,quv-quv",
Ularning ust-boshidan
Quyosh quyar tinmay suv.
Ko'ngli to'lsa-ku xo'p-xo'p,
Yo'qsa quyar tunda Oy.
Natijada tevarak Bo'lib ketar ho'I va loy...
Uydan chiqmay shu kezlar
Derazadan bo'ylaymiz.
Eng qizig'i, bu suvni
Biz yomg'ir deb o'ylaymiz.

Abdurahmon Akbar
Ответить 
Старый 30.04.2011 12:52   #2  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
TURNALAR
Dovul turib dengizda
Havo tamom buzildi,
Kechga borib turnalar
Safi bexos uzildi.
Qolib ketdi bir turna
Dosh berolmay jalaga.
Qirrovlari yetmadi
Be e'tibor dalaga.
Xavotirda onasi
Safdan chiqar qayrilib.
Qayoqqa ham borardi
Dilbandidan ayrilib.
Qushlar charchab-horigan,
Tugab borar kuch-sabot.
Tortmoqchiday domiga
To'lqinlar sapchir bot-bot.
Azoblardan qushchaning
Ko'zlarida yosh qotdi.
—Chidolmayman, onajon,
Qanotlarim tosh qotdi
Netardi onayiezor
Yuragin o'rtar bu pas:
—Yana biroz sabr qil,
Sabr qil, bolam, birpas.
Ko'p o'tmay ufq bo'zarib
Jala ham tindi asta,
Alg'ov-dalg'ovli borliq
Tinchib qoldi birpasda.

Hamza Imomberdiyev
Ответить 
Старый 30.04.2011 12:58   #3  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
BAHOR
Avval bahor bo'lsa, kulur chamanlar,
Bargak yozur gullar, g'uncha dahanlar.
Barcha qushlar uchar, o'qur chamanda,
Bog'-u bo'ston, tog'-u sahro, o'rmonda.
Yaylovlarda qo'zichoqlar mag'rashur.
Ovozlari yuraklarni dog’lashur.

Har tarafdan suvlar shildirab oqar,
Shildiragan tov (u)shi odamga yoqar.
G'ir-g'ir shamol yelpillatur gullarni,
Gul tebranub sayratur bulbullarni.
Har narsada shodlig' asar ko'rilur,
Ko'kmak bo'lub beda-pichan o'rilur,
Ekinchilar har xil oshliq ekarlar,
Tuxumlarin yerni haydab tikarlar.
Dangasalar bo'lar-ketar, deb yotur,
Qish kunida ot-u to'nini sotur.
Ko'b ishlagan ko'b olur, oz ishlagan — oz,
Qish kuni rohatdadur, kim ishlasa yoz.
Har kim nima eksa, albatta, shuni o'radur,
Ekmaganlar o'zgalarg'a muhtoj bo'ladur.
Keling, biz ham ekinimiz boshlab ekamiz,
Imtihonda ekg'animiz o'rib-yig'amiz.
Har kim avval bahorini o'tkarsa bekor,
Yoz kelganda Hijron bo'lur, ul—tangri bezor.

Abdullo Avloniy
Ответить 
Старый 30.04.2011 13:04   #4  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
INSON

Oldiga kelganni qaytarmay yemoq,
Aslida, akli yo‘q hayvonning ishi.
Og‘ziga kelganni qaytarmay demoq,
Notisu befahm, nodonning ishi.


Tavajjuh ayladi tangri taolo,
Muqaddas sanaldi inson degan nom.
Insonni e’tirof etmagan asno
Iblis ham quvildi Arshdan batamom.


Ko‘zingning o‘ngida o‘sgandek ekin
Rabbim ham ogohdir har zum har ishdan.
Ro‘zayu parhezda muddat bor, lekin
Hamisha hazar harom-harishdan.


A.Oripov
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 30.04.2011 13:07   #5  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
XATO QILISHINGNI KUTARLAR

Shundaylar bor, senga lutf aylab,
Do'stman, deya qo'lin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni kutarlar.


Xato qilsang, ularga bayram,
Yo'qsa, zahru zaqqum yutarlar.
Mayli, jindek, zarra bo'lsa ham,
Xato qilishingni kutarlar.


Xatolaring kerak ularga,
Shox-novdangni darhol butarlar.
Tag'in kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingni kutarlar.


Axtarurlar hamisha illat,
Etti pushting go'rin titarlar.
Faqat unma, ulg'ayma faqat,
Xato qilishingni kutarlar.


Ular senga bir umr yo'ldosh,
Sodiq hamroh kabi o'tarlar.
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Xato qilishingni kutarlar.


A.Oripov.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 30.04.2011 13:14   #6  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
LOLA
Lola bog'chaga chiqib
Kechga qadar gul terdi.
Etak-etak to'pladi,
Har kungidan mo'l terdi.
Sochiga gul bog'ladi,
Chekkasiga taqdi gul.
Yelkalaridan tashlab,
Gulga ko'mildi butkul.
So'ngra uyga keldi-yu,
Birpas yotib dam oldi.
Kiprigi yumildi-da,
Gul kabi uxlab qoldi.


Hamid Olimjon
Ответить 
Старый 30.04.2011 13:17   #7  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
OQQUSH
Ko'rganmisiz oqqushning
Suv yuzida oqishin?

Asta oqib yuradi,
Ba'zida jim turadi.

Oqar, suzar, xotirjam,
Cho'chimasdan sira ham,

Chunki yo'qdir dushmani,
Vatanimiz — vatani.

Aziz Abdurazzoq
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 30.04.2011 13:24   #8  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
MUHABBAT
Muhabbat oilaning
Kenja qizi — shirin.
Nega bunday ekanin
Aytib beray sirini.
Akasi~yu opasi
Ketishgach o'qishlga,
Yordamlashar yo'q demay
Buvijonin ishiga.
Chelakchada suv sepib,
Hovlini supuradi.
Tuproqning nondek isi
Dimoqqa uftiradi...
Dastro'molini yuvib
Quritadi so'rida.
Buvisi esa maqtar
O'tirib uy to'rida.
Zeriktirmasdan hatto
Qo'shiq aytib beradi.
Buvijoniga yoshlik
Paytin qaytib beradi.
Ulgurar qo'g'irchog'in
Allalab uxlatishga.
Hatto gazga choy qo'yar
Oyijoni qaytishga!
Hammani qarshi olar
Bir-bir ,,salom", ,,salom"
Erka qiz bo'lib qolar
Dadasini achomlab..-


Umida Abduazimova
Ответить 
Старый 30.04.2011 14:12   #9  
Known ID Group
Аватар для JUS
Оффлайн
Сообщений: 1,829
+ 814  1,598/765
– 60  19/16

Saudi Arabia
Оффтоп:
Душанба куни 10 та шоирнинг барча китобларини олиб келиб, эрталабдан кечгача (керак бўлса ҳафталаб) шу ерда кўчириб ўтираман. Натижада бир мавзуни бир ўзим эгаллайман.
Ответить 
Старый 30.04.2011 14:26   #10  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Thumbs up

Цитата:
Сообщение от JasurBek Urinboev Посмотреть сообщение
Оффтоп:
Душанба куни 10 та шоирнинг барча китобларини олиб келиб, эрталабдан кечгача (керак бўлса ҳафталаб) шу ерда кўчириб ўтираман. Натижада бир мавзуни бир ўзим эгаллайман.
Farqi yoq aka birlashamiz
dushanba kuni esisdan chiqmasin
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх