05.07.2008 06:45
|
#11
|
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360
10,318/4,529
– 37
58/50
|
Har bir insonning hayotida o’zi sevib xotirlaydigan, faqat o’zi uchun unutilmas damlar bo’ladi…
Цитата:
Usmon Azim
Bo’ladi. Men yozgan paytlarimda ko’nglim to’lgan paytlarda o’zimni juda baxtiyor his qilganman. Xudoga shukur, shunday onlar ham menga nasib qilgan. Ha, bunday damlarning aksariyati kasbim bilan bog’liq bo’lgani uchun suhbatlarda ko’p eslayman. Birov nokamtarlikka yo’ysa, noqulay-da… Ammo bir kunmas bir kun yozib eslashga to’g’ri keladi. Maqtanish uchun emas, paymonam to’lsa, bu xotiralar tuproqqa qorishib ketmasligi uchun… Shuningdek, yurakdosh insonlarni uchratganda hamo’zimni behad baxtiyor his etaman. Umuman, men ozgina to’liqib, hapriqib yashayman va yashashning o’zi ham mashaqqatli, azobli baxt ekanligiga ishonaman. Bu dunyoning turishi mo’jiza ekanligini bilaman va har qadamda hayratga tushaman. Bu daraxtni qarang!... deyamn… Vo, osmon!... deyman… Albatta, bu hayajon, baxtlarni birovga hadeb aytaverish noqulayroq. Shuning uchun yozib aytishga harakat qilaman…
|
|
|
Ответить
|