Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 05.07.2008 05:16   #41  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Firdavs
Fikrimcha, hozirgi kunda yoshlar o'rtasida "Sevgi", "sevilish", "sevish" so'zlari o'z rangini yo'qotib borayotgandek, go'yo...

20 yil avvalgi jamiyat va hozirgi jamiyat ichidagi "sevgi" ning farqi nimada?...
Бугунги кунда севги манфаат асосида курилмаяптими? Sevgining ham rangi bo’ladimi?


Цитата:
Usmon Azim
Sevgi so’zi avvallari qanday bo’lsa hozir ham shunday: o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Manfaatlar asosida sevish 20 yil oldin ham bo’lgan. Sevgining rangi rang-barang bo’ladi. Bu insonning dunyoqarashidan kelib chiqsa kerak hozir ham bor. Beg’ubor insonga sevgi pok, musaffo, dunyoni rang-barang ko’radigan insonga rang-barang bo’lib ko’rinadi.

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 05.07.2008 в 05:28.
Ответить 
Старый 05.07.2008 05:37   #42  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Maestro
Савол: Хаётда нимадан қўрқасиз?
Цитата:
Usmon Azim
Qo’rqadigan narsamni yuqorida ta’kidlab o’tdim: faqatgina Xudodan qop’rqaman. Chunki Haqdan qo’rqan inson yaxshilikka intiladi va yomonlikdan qochadi.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 05.07.2008 05:45   #43  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Sparc

Олдинги авлод вакилларидан Абдулла Қаҳҳор, Шуҳрат, Озод Шарафиддинов талантли ёш шоир ва ёзувчиларга далда бериш, уларнинг биринчи қадамларида қўллаб-қувватлашга ҳаракат қилишарди. Сиз ҳам етук ижодкор сифатида янги авлод вакилларига ўз муносабатингизни билдирасизми?

Шогирдларингиз борми?
Цитата:
Usmon Azim
Yana ta’kidlayman. Inson ko’p narsani kitobdan o’rganadi. Qolgan narsalarnin esa hayot davomida sinab xulosa chiqaradi. Yosh shoir va yozuvcilarga qo’limdan kelgancha yordamimni ayamaganman va bundan keyin ham ayamayman. Hamma odamga qanday bo’lsam yoshlarga ham shunday. Yaxshilarga yaxshi, yomonlariga yomon. Iste’dodlarini ko’rsam quvonaman, iste’dodsizlarini ko’rsam uzoqroq aylanib o’taman. Faqat bir hol meni qattiq tashvishga solmoqda. Adabiyotda iste’dodli yoshlar o’zlarini bir-bir ko’rsatib, keyin g’oyib bo’lmoqdalar. Buning sabablari juda chuqur va keng. Bu dolzarb masalani yuksak doiralarda o’rganib, chora-tadbirlar ko’rilsa arziydi
Ответить 
Старый 05.07.2008 06:33   #44  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Sparc

Сиз шеъриятга кириб келган даврда Чўлпон, Усмон Носир каби қатағон қилинган шоирлар ижоди билан танишишга имкон топганмисиз ?

Цитата:
Usmon Azim
Ha, albatta. U paytlarda Cho’lponni yashirincha, Usmon Nosirni oshkora o’qiganman.
Ответить 
Старый 05.07.2008 06:36   #45  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Sparc
Сизнинг шеърий ижодингизда қайси ўзбек ва жаҳон шоирларининг таъсири катта бўлган ?
Цитата:
Usmon Azim

Hammasini. Har bir shoir ijodidan nimanidir o'rganganman. Iste'dod tug'ma bo'ladi. Biroq uni sayqallashtirishda xalq og'zaki ijodining, o'zbek mumtoz adabiyoti, jahon adabiyotining ta'siri kuchli bo'lgan.
Ответить 
Старый 05.07.2008 06:38   #46  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
«Ёлгон суздан ёнган суз маъкул» («Кундузсиз кечалар» драмасидан).

Ёлгон ва хакикатни кайси рангларда курасиз?

Цитата:
Usmon Azim
Yolg’on so’z shaytoniy, Haq so’z rahmoniy bo’ladi.. Yolg’on turli rangda tovlanib ko’rinishi mumkin. Haq so’z esa yagona bo’lgani uchun beg’ubor bir rangda bo’ladi. Bu rangni tavsiflab berolmayman.
Ответить 
Старый 05.07.2008 06:43   #47  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
«Хар бир миллатнинг миллат эканлигини курсатгувчи ойнаи жахони унинг тили ва адабиётидир, Адабиёт яшаса миллат яшар»,- деган эди Абдулхамид Чулпон. Иккинчи марта укишга ярамайдиган асар биринчи марта хам укишга ярамайди. Заиф асарларда бадиий махорат етишмайди. Сизнинг асарларингизда эса у хох драматургия, хох назм, хох насрий асар булсин бевосита шу асрдаги вокеаларнинг иштирокчисига айланади китобхон. Чунки ундаги вокеалар халкона охангда яратилган. Бадиий савияни юксалтирмок учун нима килмок керак? Узбек тилини мавкейини кутариш учун-чи?

Цитата:
Usmon Azim
Birinchi o’rinda kitob savdosini to’g’ri yo’lga qo’yish kerak Negadir bu tizim ishdan chiqib ketgan Sababi, viloyatlarga borganimda bir viloyatda bittagina kitob do’koniga duch keldim. Shunga ko’ra kitob narxi ham yuqori. Ijodkor xalqning icidagi gapni yozsagina, г asar xalqona bo’ladi. Asar millatning ruhini tasvirlab bera olishi lozim. Ijodkor avvalambor Yolg’on yozmoqdan qochishi kerak. Chunki xalq unga ishongan bo’ladi va U xalqning ishonchini oqlamog’i darkor. Bu eng katta ishonchdir.
O’zbek tilini mavqeyini ko’tarish uchun Millat o’z qadrini, o’zligini anglamog’i kerak. Xalqi haqida past qarashga ega bo’lmasdan, milliy g’ururni yuksaltirmog’i lozim.
Ответить 
Старый 05.07.2008 06:44   #48  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Usmon aka sizningcha, inson hayotida end muhim , eng qadrli narsa nima?

Цитата:
Usmon Azim
Umr. Parvardigor bizga in’om etgan umr. Uni ma’no va ezgulik bilan to’ldirmoq insonning o’ziga, boshqalarga dunyoga va (hatto) Parvardigorga qiladigan eng buyuk xizmatdir. Umrni ma’no bilan to’ldirish esa juda oddiy – o’z ishini halol, sidqidildan va zavqu shavq bilan bajarmoq. Yozuvchilikka muqoyasa qilsak, iste’dodni shamolga sovurmaslik, yonib yozmoq, manfaatga sotilmaslik, so’zdan lazzatlanmoq, mudom haqiqat tarafida bo’lmoq, zo’ravonlikdan jirkanish… Men har biro damning bu dunyoga tasodifan kelmaganiga, kattami, kichikmi ilohiy bir vazifasi borligiga ishonaman. Bu vazifa- o’sha xudo buyurgan yo’l… Ko’ngil deysizmi, iste’dodmi? O’sha ko’ngil buyurgan korni qilgan odam baxtiyor yashaydi. Hasaddan yiroq bo’ladi. Muhimi, parvardigor undan rahmatini ayamaydi.
Ответить 
Старый 05.07.2008 06:45   #49  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Har bir insonning hayotida o’zi sevib xotirlaydigan, faqat o’zi uchun unutilmas damlar bo’ladi…

Цитата:
Usmon Azim
Bo’ladi. Men yozgan paytlarimda ko’nglim to’lgan paytlarda o’zimni juda baxtiyor his qilganman. Xudoga shukur, shunday onlar ham menga nasib qilgan. Ha, bunday damlarning aksariyati kasbim bilan bog’liq bo’lgani uchun suhbatlarda ko’p eslayman. Birov nokamtarlikka yo’ysa, noqulay-da… Ammo bir kunmas bir kun yozib eslashga to’g’ri keladi. Maqtanish uchun emas, paymonam to’lsa, bu xotiralar tuproqqa qorishib ketmasligi uchun… Shuningdek, yurakdosh insonlarni uchratganda hamo’zimni behad baxtiyor his etaman. Umuman, men ozgina to’liqib, hapriqib yashayman va yashashning o’zi ham mashaqqatli, azobli baxt ekanligiga ishonaman. Bu dunyoning turishi mo’jiza ekanligini bilaman va har qadamda hayratga tushaman. Bu daraxtni qarang!... deyamn… Vo, osmon!... deyman… Albatta, bu hayajon, baxtlarni birovga hadeb aytaverish noqulayroq. Shuning uchun yozib aytishga harakat qilaman…
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 05.07.2008 06:46   #50  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Siz hayotingizning eng go’zal pallasi deb qaysi davrni baholaysiz? Ba’zilar faqat ana shuning uchun yashaydilar.

Цитата:
Usmon Azim
Men hayotni qandaydir uzluksiz bir tarzda ko’raman. Kechaning mazmuni bugunning qay tarzda bo’lishi bilan chambarchas bog’liq ekanligini his qilaman. Bugungi hayotim, oxir-oqibat, shu paytgacha kechgan umrimning: yutuqlarim, xatolarim, intilishlarimning natijasi ekanligini anglayman… Nazarimda hayotimning har bir lahzasi muhim va xuddi shunday bo’lishi kerakday ko’rinadi. Xullas, ayni damlarim menga hamisha qiziq (“go’zal” so’zini ishlatishga iymandim) bo’lib tuyulgan. Kasbim nuqtai nazaridan aytadigan bo’lsam, ijodkor har bir asar ustida ishlash jarayonida va undan ko’ngli to’lib, so’nggi nuqtani qo’ygan onlarida juda baxtiyor bo’ladi. Minglab she’r va o’nlab boshqa asarlar yozganimni hisobga olsangiz, nechog’lik kayfiyatda umr kechirganligimning guvohi bo’lasiz. Men hozir ham yozayapman. Demak, xudoga shukur, hayotimning “go’zal pallasi” davom etayapti.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх