Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 29.06.2008 03:46   #18  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Dаrvoqe, bugun kompyuter kirib bormagan soha yo'q, hisobi. Shunday ekan "Sen hali balog'atga yetmagansan" deb ularni kompyuterdan foydalanishlariga yo'l qo'ymaslik mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Undan ko'ra ta'limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan o'yinlar sonini ko'paytirish kerak. Kuni kecha "Сinema market" do'konida "Rang va shakllarni o'rganamiz" degan diskni ko'rib qoldim. Bog'chada tarbiyalanuvchilar uchun ajoyib sovg'a bo'libdi.



Цитата:
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 1-multimedia dasturi
O'zbekistonda birinchi marta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun multimedia dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur "Rang va shakllarni o'rganamiz" deb nomlanib, "O'zbegim dasturlari" tahririyati BIARR jamoasi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, bolalarning ranglar va shakllarni ajrata olish ko‘nikmalarini oshirish hamda qiziqarli o‘yinlar va misollar orqali mantiqiy tafakkurga o‘rgatishga qaratilgan.

Bolalar dastur yordamida qizil, sariq, oq, jigarrang, ko‘k, yashil kabi ranglarni oson ajrata boshlaydilar, doira, uchburchak, to‘rtburchak kabi sodda shakllarni, shuningdek, narsa-buyumlarni ma'lum bir belgilariga qarab tasniflashni o‘rganadilar. Kiritilgan turli rasmlar va qisqa multfilmlar orqali bolalarning o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan yanada yaqindan tanishuvlari ta'minlanadi. O'quv jarayonidagi rag‘batlantirish yordamida esa bolalarni bilim olishga qiziqtirib boriladi.

Dastur maktabgacha yoshdagi bolalarning kompyuterda ishlash normalariga asoslangan bo‘lib, bolalar dastur bilan mustaqil ishlay oladilar.

"Rang va shakllarni o‘rganamiz" nomli ushbu multimedia dasturi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan dasturlar tizimining dastlabki namunasidir. Hozirgi kunda "O‘zbegim Dasturlari" elektron nashrlar tahririyati tomonidan shu turkumdagi yana yangi dasturlar tayyorlanmoqda. Ular bolalarda mantiqiy tafakkurni shakllantirish, sanoq va matematik amallarni tez va oson bajarish ko‘nikmalarini hosil qilish ingliz, rus alifbolarini o‘rgatish va boshqa shu kabilar yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan.
Ответить 
"+" от:
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх