Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 06.06.2008 15:07   #11  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Ma'rifatparvar inson johilga qarshi, jaholatga qarshi kurashmog'i shart. Aks holda muvozanatga putur yetadi. Ma'rifat ustun kelgan joyda, bilingki, avvalo tinchlik bo'ladi, qonun-qoidalar ishlaydi, adolat qaror topadi. Odamlar botinida muvozanat yashaydi. Ya'niki, ma'rifat muvozanatning asosiy sharti, tayanch nuqtasidir. Unutmangki, biz ertamizni - dunyo kelajagini faqat va faqat ma'rifatli, ziyoli insonlargagina ishonib topshira olamiz. Demakki, siz bilan bizning zimmamizda juda ulkan vazifa, mas'uliyat turibdi: biz, avvalo, tarbiyachilarmiz. Ertaga siz ham oliy o'quv yurtlarida, litseylarda dars berasiz. Hamisha yodingizda tutingki, o'quvchining ongi va qalbiga murojaat qilayotgan har bir so'zingizda ertamizning taqdiri, muvozanat taqdiri, butun koinot qismati jodir. Inchunun, bugun har biringiz o'zingizga savol berib ko'ring:"Muvozanat haqida, unung zarurati haqida yangi bo'g'inga dars berishga mening ma'naviy haqqim bormi? Ya'ni o'z botinimda mavjudmi o'sha muvozanat?" Agar yo'q esa, to'xtang! Qandoq qilib o'zingizda yo'q narsani o'zgaga bera olasiz? Agar davom etsangiz, sizni tinglayotgan o'nlab, yuzlab yigit-qizlar qo'ynini puch yong'oqqa emas, bir kunmas bir kun portlashi va o'ziga qo'shib boshqa ko'pchilikni ham mahv etishi muqarrar bo'lgan bombalarga to'ldirgan bo'lasiz. Shuning uchun toki o'z botiningizdagi muvozanatga erishguningizcha, mayli ketmon choping, mayli ketmon soting, faqat dars bermang! Chunki biron ishni amalga oshirmoq uchun insonning, avvalo, moddiy-ma'naviy muvozanatga ehtiyoji mavjud. Shunday xotirjamlikda ekan, u kattadir-kichikdir, o'sha ishni qila oladi. Aks holda, yo'q!

Ulugbek Hamdam "Muvozanat"dan
Ответить 
"+" от:
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх