Цитата:
Сообщение от Maestro
... ўзбек тилидаги муқобилини тополмаган казо-казо филологлар-у тилшунослардан нима наф?
|
1996-97 yillar edi agar adashmasam. Endi maktabga ishga kelganman, bolalarga majhul nisbat (yoki majhullik nisbati)ni o`rgataman deb avval o`zbek tilida so`rasam menga "Harakatni kim tomondan bajarilgani noma`lum bo`lsa, shunga majhul nizbat deyiladi" deb javob berishdi. Buni qayerdan oldinglar desam ona tili kitobini ko`rsatishdi. Rostdan ham shunday yozilgan. Keyin Jahon Tillari Universitetiga bordim-da katta domlalarga uchrab shunday-shunday deb tushuntirib maslahat so`radim, ular men haqligim va o`zbek tilida noto`g`ri tushuntirilganligini tan olishdi va o`zbek filologlariga aytib keyingi nashrlarda bu xato to`g`rilanishini aytishdi va men shu bilan o`zim bilan o`zim ovora bo`lib hammasi qolib ketdi, yangi chiqqan ona tili kitoblarini olib qarasam hech narsa o`zgarmagan. Ilgari o`quvchilarga ona tilimizda noto`g`ri berilgan derdim, hozir esa bizning tilda va ingliz tilida majhul nisbat tushunchasi har xil deb tushuntiraman.