Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 08.01.2009 19:32   #1  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от xshom Посмотреть сообщение
Qani edi, o`zbek mumtoz adabiyoti to`g`risida ham huddi shunday kitoblar bo`lsa edi.
O'zbek mumtoz adabiyoti haqida professor Alibek Rustamiyning "Adiblar odobidan adablar", "So'z xususida so'z"; Nustarxo'ja jumaxo'jayevning navoiy she'rlari haqidagi talqinlar; Ibrohim Haqqulning "Abadiyat farzandlari", "Zanjirband she'r qoshida", shoir Erkin Vohidovning "Iztirob" kitoblarida sodda, jo'n adabiyotga qiziquvchan kitobxonlarga xos va mos tarzda berilgan.
Kursdoshim Alibek Rustamiyning nabiralari bo'lganliklari bois "Adiblar odobidan adablar" kitobini olib kelib bergan edilar. Kursdoshlarimiz bilan navbatma-navbat o'qib chiqdik. Yaxshi, mazmunli kitob.
Ответить 
Старый 14.01.2009 08:30   #2  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от xshom Посмотреть сообщение
Hurmatli O`tkir Hoshimov! Hazrat Navoiy satrlarining izohini keltirganiningiz uchun katta rahmat! Ikki satrni tushunish uchun shuncha ma'lumotga ega bo`lmoq kerak, bu albatta Hazrat qalamining mukamalligi va buyukligini ko`rsatadi. Bir savolim bor edi, Alisher Navoiy she'rlarining huddi siz kabi ochib berilgan mazmunlari bor biror-bir adabiyot yoki maqola bormi? Agar internetda bo`lsa nur ustiga a'lo nur bo`lar edi. Umuman, hozirgi kunda fililog bo`lmagan odamlar ichida Hazrat Navoiyga bo`lgan qiziqish so`ngan chamamda, bunga balki yuqorida ta'kidlaganlaridek Hazrat asarlarining tushunish qiyinligidir. ..
Цитата:
O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa...

O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa,
Oltin boshning kalla bo'lgani shudir.
Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,
Qora sochning malla bo'lgani shudir.

O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa,
Dod demoqqa palla bo'lgani shudir.
Ma'rifatdan ayri o'ynasa, kulsa,
Aza chog'i yalla bo'lgani shudir.

O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa,
Aldangani, alla bo'lgani shudir.
Yulg'ich aziz bo'lib, bilgich xor bo'lsa,
Paytavaning salla bo'lgani shudir.

El komil bo'lmasa, yurt emas ulug',
Beqadr mahalla bo'lgani shudir.
Qalb to'la nur xalqning rizqi ham to'lig',
Ombor to'la g'alla bo'lgani shudir.

O'zbek o'zligini anglasa bekam,
Uning "Barakalla" bo'lgani shudir.
Olamga Navoiy nasliman degan
Ovozi baralla bo'lgani shudir.

1971-2000-yillar
Erkin Vohidov
Ответить 
Старый 05.10.2008 16:01   #3  
Real ID Group uParty Member Ultimate
Аватар для Shomurodov Shohruh
Оффлайн
AKA:xshom
Сообщений: 1,872
+ 1,707  983/610
– 218  30/25

UzbekistanОтправить сообщение для Shomurodov Shohruh с помощью Skype™
Nigora opa, shu kitoblarning elektron versiyalarini topsa bo`ladimi, sotuvda qaysi kitob do`konida bor, yana bir bor rahmat!
Ответить 
Старый 05.10.2008 16:16   #4  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от xshom Посмотреть сообщение
Nigora opa, shu kitoblarning elektron versiyalarini topsa bo`ladimi, sotuvda qaysi kitob do`konida bor, yana bir bor rahmat!
Yuqorida keltirib o'tgan kitoblarning elektron ko'rinishini hali uchratganim yo'q. "Oloy" bozori bekatidagi "Matbuot" do'konida Alibek Rustamiyning "Adiblar odobidan adablar" kitobini yaqinda ko'rgandim.
Bundan tashqari ardoqli yozuvchi O'tkir Hoshimovning adabiy tanqidchi olim Umarali Normatov bilan bo'lgan suhbatlarini quyidagi veb sahifadan o'qishingiz mumkin.

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 05.10.2008 в 16:34.
Ответить 
"+" от:
Старый 24.10.2008 18:21   #5  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Muhtaram forumdoshlar!

Sizlarning savollaringiz asosidagi suhbatni tez kunlarda forumga qo'yaman. Savollaringizni muhtaram yozuvchimizga berdim va javoblarni olishga musharraf bo'ldim.
O'tkir Hoshimovning bu durdona fikrlarini ummondan tomchi deb bilursiz.
Цитата:

Kamina:
- Sho'rolar zamonida din vakillari qattiq zulm ko'rgan. Bu mavzu "Tushda kechgan umrlar" asarida ham aks ettirilgan...

Yozuvchi:
Menimcha sho'ro siyosatining eng katta xatolaridan biri uning dahriyligida edi. Chunki Xudoga ishonmagan odamda iymon bo'lmaydi. Iymonsiz odamda ishonch bo'lmaydi. Ishonchsiz odamdan har qanday qabohatni kutsa bo'ladi. Ya'ni, hech nimaga ishonmaydigan odam har qanday razillikka qodir bo'ladi. Aynan shu narsa sho'rolar siyosatini o'ziga-o'zi go'r qazishiga olib keldi. Haqiqatan ham sovet zamonida din vakillari qaysi dinga mansub bo'lishidan qat'iy nazar, qattiq qatag'on ostiga olingan. Masjidlar buzilgan, muqaddas kitoblar yoqilgan, eshonlar surgun qilingan. Mening amakilarim ham bundan "benasib qolishmagan". Shuning uchun ham ajdodlarim haqida otam ham, onam ham menga biror so'z aytmaganlar.
Asarlardagi bu mavzuning aks etish masalasiga kelsak, men bu mavzuda alohida kitob yozgan emasman. Lekin, "Tushda kechgan umrlar" romanida juda qiziq, bir-biriga qat'iyan qarama-qarshi ikki qutb, ikkita chiziq bor. Bittasi Qurbonoy xola chizig'i, yana bittasi Komissar chizig'i. Kitobni diqqat bilan o'qigan zukko kitobxon iymoni pok farrosh Qurbonoyning ma'naviy dunyosi iymonsiz, e'tiqodsiz ilmli manqurt - Komissarga nisbatan ming marta ustunligini payqab oladi.
Hurmatli Abu Muslim!
Bu sizning savolingizga berilgan javobning debochasi deb qabul qilasiz.
Ответить 
"+" от:
Старый 24.10.2008 22:31   #6  
Known ID Group
Аватар для AbuMuslim
Оффлайн
Сообщений: 1,494
+ 1,248  1,573/654
– 84  166/76

UzbekistanОтправить сообщение для AbuMuslim с помощью YahooАккаунт на TwitterFacebook
нигора хоним, биз интизормиз .... : ))
Ответить 
Старый 04.11.2008 16:03   #7  
Offline ID
Аватар для Utkir Hoshimov
Оффлайн
журнал "Театр"
главный редактор
Сообщений: 65
+ 42  316/64
– 0  0/0

Uzbekistan
"Хордик" газетаси масаласига тухталадиган булсак, гап бундай булган эди: Бундан икки ярим йиллар олдин газета бош мухаррири Нуриддин Исмоилов илтимос килиб, "Икки карра икки-беш" киссангизни газетада боссак майлим?"- деб суради. Мен,"Бу асар "Шарк юлдузи" журналида 150-200 минг тиражда эълон килинган. Ундан кейин алохида китоб холида чиккан, рус тилига бир кисми таржима килинган, бир катор сайланмаларга киритилган. Маъкул булса, майли газетада босиб чикаришингиз мумкин"- дедим. Асарни газетада босиб чикаришди. Бунинг учун газета ходимларига рахмат. Баъзи бир тафтологик жойларини куриб беришга тугри келди.
Лекин олдин хам, бундан кейин хам "Хордик" газетасига асарларимни олиб борган эмасман, олиб бориш ниятим хам йук. Агар узлари илтимос килишса, мен бажонидил тавсия этишим мумкин.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 04.11.2008 16:28   #8  
Offline ID
Аватар для Utkir Hoshimov
Оффлайн
журнал "Театр"
главный редактор
Сообщений: 65
+ 42  316/64
– 0  0/0

Uzbekistan
Гап шундаки, Узбекистон Олий мажлисида ун йилча фаолият олиб борган булсам, шу йиллар мобайнида "Оммавий Ахборот Воситалари хакида"ги конун бир неча марта кайта курилди., бир ктор унга якин конунлар кабул килинди. Конунларда таъкидланган битта тушунча бор: "Хар кандай юридик ва жисмоний шахс ахборот муассасасини таъсис этишга хакли". Конунда хам шундай модда мавжуд. Бу бирор бир жисмоний шахс газета, телеканал, радиоканални конундан чикмаган холда очиши мумкин деганидир. Бизнинг мамлакатда мингдан ортик оммавий ахборот воситаси мавжуд булиб, уларнинг купчилиги хусусий фаолият олиб боради.
Ответить 
Старый 04.11.2008 16:37   #9  
Offline ID
Аватар для Utkir Hoshimov
Оффлайн
журнал "Театр"
главный редактор
Сообщений: 65
+ 42  316/64
– 0  0/0

Uzbekistan
Шу маънода устоз Абдулла Каххорнинг бир гапини яхши эслайман: "Лойка булса хам дарё тулиб оксин, лекин хаммаёк бутана булиб кетса бу хам яхши эмас". Албатта, биз сарик матбуот деган матбуотда яхши нарсалар хам чикяпти, жонкуярлик билан ёзилган маколалар хам эълон килиняпти, буларнинг хаммасини "бачкана, уч пулга киммат" десак инсофдан булмайди. Буни эътироф этиш керак. Бирок шу билан бирга бачкана, енгил-елпи асарлар хам эълон килиняпти. Бундан куркиш керак.
Ответить 
Старый 05.11.2008 14:39   #10  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Assalomu alaykum!

Hurmatli ustoz, ommaviy axborot vositalarida, jamoat joylarda uchrashi odatiy hol bo'lib qolgan imloviy xatoliklarga kurashish uchun qanday choralar ko'rish kerak?


Цитата:
Сообщение от Utkir Hoshimov Посмотреть сообщение
Шу маънода устоз Абдулла Каххорнинг бир гапини яхши эслайман: "Лойка булса хам дарё тулиб оксин, лекин хаммаёк бутана булиб кетса бу хам яхши эмас". Албатта, биз сарик матбуот деган матбуотда яхши нарсалар хам чикяпти, жонкуярлик билан ёзилган маколалар хам эълон килиняпти, буларнинг хаммасини "бачкана, уч пулга киммат" десак инсофдан булмайди. Буни эътироф этиш керак. Бирок шу билан бирга бачкана, енгил-елпи асарлар хам эълон килиняпти. Бундан куркиш керак.


Оффтоп:
Assalomu alaykum.
Avvaldan, bildirayotgan izohim uchun uzr so'rayman...

Fikrimcha, o'shanday "bachkana, uch pulga qimmat" asarlarning chop qilinishi kerakdir, ma'lum ma'noda.. Chunki yaxshi asarlarni bilishimiz uchun, o'shandaylarni ham ko'rishimiz kerak-ku... Boshqa tomondan olib qaraganda ham, o'quvchilar shunday asarlarga qiziqib, o'sha sariq matbuotni sotib olayabdiki, ular chop qilishmoqda. Ya'ni, o'quvchi saviyasi pasayib ketayapti... Talab bo'lmasa, taklif rivojlanmaydi...
Eng achinarli narsa shuki, yosh avlod sara asarlarni o'qimay, o'shanday yengil asarlarni o'qishga o'tib ketishgan (Huddi seriallar kabi). Bu esa, tabiiyki, jamiyat dunyoqarashiga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmay qo'ymaydi...

__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"+" от:
Ответить
Опции темы
Опции просмотра
Комбинированный вид Комбинированный вид




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх