Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 07.06.2010 23:16   #731  
Known ID Group
Аватар для AbuMuslim
Оффлайн
Сообщений: 1,494
+ 1,248  1,573/654
– 84  166/76

UzbekistanОтправить сообщение для AbuMuslim с помощью YahooАккаунт на TwitterFacebook
Келдим (Чустий ғазали)

Азизлар, бу лаҳадга юз туман армон билан келдим,
Ҳисоби йўқ гуноҳу беадад нуқсон билан келдим.

Қолиб аҳлу аёлим, қасру айвон, молу-мулким ҳам,
Кетиб жоним жасаддан, оҳу минг афғон билан келдим.

Кафандан бошқа ҳеч бир нарса йўқ энди бисотимда,
Кўзимдан кетди нуру, бу тани бежон билан келдим.

Солиб тобутга мурдамни, ўқиб дўстлар жанозамни,
Кўтардингиз лаҳад сорийга, бу имкон билан келдим.

Эшиги, туйниги, айвони йўқ бир уйга қўйдингиз,
Бу уйга на тўшак, на ошу на бир нон билан келдим.

Бу ер навбат-банавбат одам авлодини ер эрди,
Лаҳад комига мен ҳам ушбу дастурхон билан келдим.

Умидим, бу қоронғу қабр ичра нур сочур албат,
Дилимда нақш бўлган ояти Қуръон билан келдим.

Мени раҳматли деб, ким эсга олса, унга минг раҳмат,
Ўлимга бўйсуниб, Ҳақ айлаган фармон билан келдим.

Дуода Чустийни ҳам фотиҳангиздан қуруқ қўйманг!
Биҳамдиллоҳ, мусулмон аҳлиман иймон билан келдим.
Ответить 
Старый 10.06.2010 04:21   #732  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Qarsak nima o`zi?
Ikkita kaftning
orasidan potrab chiqadigan sas,
xohlasam chalaman, xohlamasam yo`q,
qarsak menikidir, sizniki emas.
Qarsaklar hozircha qo`ltiqlarimda
mitti mushuklarday mudraydi taftdan.
Axir, o`zbekning bir o`jar shoiri
qarsak chalarmidi bema'ni gapga.
Vijdonsiz shoirlar ko`paygan juda,
yurakni so`z bilan yondirguvchi kam,
xalqimas,
shuhratni o`ylab so`ylagan
ahmoqqa bermayman qarsagimni ham.

Qarsak nima o`zi?
Arzimagan gap,
kerak bo`lsa topilar qoplab,
Titroqqa to`ldirib osmon gumbazin,
qarsaklar chalishni bilaman boplab.
G`irromlik qilmasa notiq agarda,
yolg`on she'r aytishdan qaytsaydi shoir,
miltiq o`qlariday gumbirgum qilib
havodan qarsaklar yasardim doim.
O`jar shoirlikni tashlab o`shal payt,
epchil bir yugurdak kabi zamonda
qarsak chaladigan xizmatchi bo`lib,
ishga kirar edim O`zbekistonga.


Shavkat Rahmon
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"+" от:
Старый 21.06.2010 17:56   #733  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Зилзила

Зилзила. Худдики бузилган ини
Қушлардай тўрт томон чопар одамлар
Ёвуқлаб келгандай қиёмат куни
Чинқириб бир-бирин топар одамлар.

Бир-бирини излаб
Учар худди ўқ,
Телбаҳол, бир-бирин сўраб югурар.
Ўзи шир яланғоч, ўзи эсда йўқ,
Гўдагин латтага ўраб югурар.

Билмаслар
Қаёнга оғиб борар ер.
Сўнгги кун келгандай Даҳру давворга.
Одам “болам қани?”
“Отам қани?” дер
Қулаб тушаётгандай синчга, деворга!

Одамлар,
Одамлар фақат едингиз,
Кийдингиз, тебратиб бўлмовди сизни,
Зилзила келгунча қайда эдингиз,
Нечун топмовдингиз
Бир-бирингизни?!

Кўрмай оёқнинг остидан нарини,
Излаш фақат ерлар ютар чоғдами?
Кўриб қолгандами бақо жарини,
Зилзила ёқангдан тутар чоғдами?

Бир бор ўгрилмадинг
Сўлу соғингга,
Англамадинг
Кимлар нечун солар дод.
Ҳей, одам,
Бир-биринг қидирмоғингга
Наҳот зилзилалар шарт бўлса,
Наҳот?!

Ҳалима Худойбердиева, 12 декабрь, 2004 йил.
Ответить 
"+" от:
Старый 22.06.2010 14:30   #734  
Known ID Group
Аватар для Bekmirzo
Оффлайн
Сообщений: 1,253
+ 1,042  1,526/636
– 63  80/43

Uzbekistan
Xasta bulbulim


Ayt, ey, xasta bulbulim,
O'shga qachon yetamiz?
Yashil bog'lar sarg'aydi,
Mag'iz bo'ldi g'ujumlar.
Oh, voy, muncha yo'l og'ir,
Bulbulim...
Ulkan soat o'rtasida
Madorim yo'q yurmoqqa,
Qashqirlar davrasida
Sudralaman turmoqqa.
Shunda qolib ketsam gar
netamiz?
Abadiyat oralab
O'shga qachon yetamiz?
Qorli tog'lar bag'rida
Begim — O'shim ko'rindi,
Sulton — O'shim ko'rindi...

Shavkat Rahmondan
Ответить 
3 "+" от:
Старый 22.06.2010 15:28   #735  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Unutganning kuysin ikki dunyosi...
"O'sh-O'zgan faryodi" turkumidan

Andijon shahar shifoxonasida yotgan 16 yashar Akbarali bunday deydi: "Oilamiz, "Qurshob" sovxoziga qarashli dalalarda piyoz ekardi. O'sha 5 iyun kuni biz to'qayga bekindik. Yarim kechada yashiringan joyimizdan chiqib yo'lga tushdik. Soy bo'yiga chiqqanimizda bizni bosqinchilar ushlab olishdi. Onamning qo'lida ikki yarim yashar ukam bor edi. Osha ukamni onamning bag'ridan uzishib soyga otib yuborishdi. Onamni ham suvga oqizishdi. Ularning orqasidan otam, akam, o'zlarini soyga otishdi. oyoqlarimga o'q tegib yiqildim... Onam bilan ukamni haligacha daragi yo'q..."

Balo tog'u-qir oshganini unuting,
Balo bizga yondoshganin unuting,
Qorachiqlar o'yib olingani-yu
Qaroqlardan qon toshganin unuting,
Unutganning kuysin ikki dunyosi!

Tozalanib, qizg'ish gilam yozilib,
Qonli izlar ketaversin bosilib,
Lablarining chetlaridan qon sizgan
Bolachalar turaversin osilib...
Balo tog'u-qir oshganini unuting,
Balo bizga yondoshganin unuting,
Qorachiqlar o'yib olingani-yu
Qaroqlardan qon toshganin unuting,
Unutganning kuysin ikki dunyosi!

Oyog'i uzilgan murda, ot sudrar,
Bir qo'l ham yo'q, burda-burda, ot sudrar,
Fita otgan pahlavonni yo Rabbiy-
Bobolar ot surgan yerda, ot sudrar...
Balo tog'u-qir oshganini unuting,
Balo bizga yondoshganin unuting,
Qorachiqlar o'yib olingani-yu
Qaroqlardan qon toshganin unuting,
Unutganning kuysin ikki dunyosi!

Onang oqib bo'liq bo'ldi, Akbarjon!
Ukang oqib baliq bo'ldi, Akbarjon!
Endi qaydan bo'lsin ular daragi,
Bu ters hukmi xoliq bo'ldi, Akbarjon!
Balo tog'u-qir oshganini unuting,
Balo bizga yondoshganin unuting,
Qorachiqlar o'yib olingani-yu
Qaroqlardan qon toshganin unuting,
Unutganning kuysin ikki dunyosi!

Ketay desang ular ruhin shod aylab,
Soyga borma, bora ko'rma yod aylab,
Jon bolam-ov? jonbiz bo'lay joningga,
Chiqaversa qo'sh balig'ing dod aylab!
Balo tog'u-qir oshganini unuting,
Balo bizga yondoshganin unuting,
Qorachiqlar o'yib olingani-yu
Qaroqlardan qon toshganin unuting,
Unutganning kuysin ikki dunyosi!

Turon, jim-jit, soyi, tog'i chinqirar,
O'sh, O'zganning behisht bog'i chinqirar,
Onasining qursog'iga sanchilgan,
Tig'dan o'lgan chaqalog'i chinqirar,
Balo tog'u-qir oshganini unuting,
Balo bizga yondoshganin unuting,
Qorachiqlar o'yib olingani-yu
Qaroqlardan qon toshganin unuting,
Unutganning kuysin ikki dunyosi!

O'tgan o'tdi. Bo'lmas ortga qaytarib,
faqat yurak zirq-zirq sanchgan paytlari-
Bu yashinvor chinqiriqli Turonda,
Ota Turkdan tarqalganga aytarim:
Balo tog'u-qir oshganini unuting,
Balo bizga yondoshganin unuting,
Qorachiqlar o'yib olingani-yu
Qaroqlardan qon toshganin unuting,
Unutganning kuysin ikki dunyosi!

Halima Xudoyberdiyeva, 1990- yil, 20- avgust
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 22.06.2010 15:40   #736  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Sado

Men oh tortsam, ohimga
Kimlar sado qaytarar&
tarqalib ketgan toshlar,
Qumlar sado qaytarar.

"Ovoz bering bormisiz?!"
Vahshat qichqirig'imga
Bir tomiri qilt etmay
Jimlar sado qaytarar.

O'sh, O'zganda hovlilar
Har sharpadan seskanar.
Egasiz qolgan otu,
Kiyimlar sado qaytarar.

Bosqinchi tunda bosdi,
Otdi. Chavaqlab osdi.
Ho'ngrab yig'lagan shamol,
Quyunlar sado qaytarar.

"Siz tirikmi edingiz,
Yovga nima dedingiz?"
Qabrlar, qabrchalar,
Uyumlar sado qaytarar...

Halima Xudoyberdiyeva, 1990- yil, 4- sentabr
Ответить 
Старый 22.06.2010 16:33   #737  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Karomat

Ko'nglimda ko'nglimning ming sinig'i bor,
Ko'nglimda g'amlarning o'tkir tig'i bor,
Yig'i bor, oldinda katta YIG'I bor,
Elning bolalari o'lmas bekorga!

Obdon yuvgan bilan yuvilarmi qon,
…Qotilidan qochib yo'lga chiqqan jon,
Tobutlarda sarson... armon-a, armon...
Bu bolalar qoni yozilmas qorga!..

Bu kun tinch dengizday tursang-da tek, jim
Qa'ringdan o'kiriq kelmoqda, xalqim,
Ertaga bu jonsiz bolalar qalqib,
Jonli vijdonlarni tortajak dorga.

Halima Xudoyberdiyeva
Ответить 
Старый 22.06.2010 23:30   #738  
Known ID Group
Аватар для Bekmirzo
Оффлайн
Сообщений: 1,253
+ 1,042  1,526/636
– 63  80/43

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Unutganning kuysin ikki dunyosi...
"O'sh-O'zgan faryodi" turkumidan

Andijon shahar shifoxonasida yotgan 16 yashar Akbarali bunday deydi: "Oilamiz, "Qurshob" sovxoziga qarashli dalalarda piyoz ekardi. O'sha 5 iyun kuni biz to'qayga bekindik. Yarim kechada yashiringan joyimizdan chiqib yo'lga tushdik. Soy bo'yiga chiqqanimizda bizni bosqinchilar ushlab olishdi. Onamning qo'lida ikki yarim yashar ukam bor edi. Osha ukamni onamning bag'ridan uzishib soyga otib yuborishdi. Onamni ham suvga oqizishdi. Ularning orqasidan otam, akam, o'zlarini soyga otishdi. oyoqlarimga o'q tegib yiqildim... Onam bilan ukamni haligacha daragi yo'q..."

Balo tog'u-qir oshganini unuting,
Balo bizga yondoshganin unuting,
Qorachiqlar o'yib olingani-yu
Qaroqlardan qon toshganin unuting,
Unutganning kuysin ikki dunyosi!

.....
Оффтоп:
Hozirgina 1:11 minutlik bitta video ko'rdim. O'sh shahrida 100 nafarga yaqin qirg'iz "Sartterge o'lum!" degan hayqiriqlar, shodlik aralash qiyqiruvlar ostida bir o'zbek yigitining tiriklayin yonib, kul bo'layotganiga INDAMASDAN, doira shaklida tizilib, qarab turishibdi... Aftidan, ustidan benzin quyishgan shekilli, gurillab yonyapti... VAHSHIYLIKdan o'zga narsa emas... Video bir haftacha oldin qirg'izlarni o'zi tomonidan telefon kamerasida olinib, tarqatib yuborilgan sanoqsiz videolardan bittaginasi ekan, xolos...

Yuqoridagi she'rni 6-7 soat oldin o'qigandim, yodimga tushib ketdi...
Ответить 
2 "+" от:
Старый 23.06.2010 15:43   #739  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
Ўзбегимсан, қирғизимсан...

Ярим ойки юрак тинмай пуркайди зардоб,
Томирларим қақшаётир захил, қонталаш,
Йигрима йил қайтиб кўзин очмишдир гирдоб,
Надоматким, бутун элда бугун жон талаш!..

Эй, сен, шайтон илкидаги қўғирчоқ гуруҳ,
Қумурсқадай ёпирилган алвон этакка,
Мен “сарт” бўлай, мени ўлдир, ўтда ёнсин руҳ!
Тегинма лек титраётган маъсум гўдакка!

Шон талашиб ким дунёга бўлибди устун?
Ҳар кас ёвуз ё зўр бўлсин, етар ажали...
“Қурол беринг!” деб инграган онанинг бир кун
Кўз ёшига хор-зор чўкиб кетгайсан ҳали...

Унут бўлди ул суюкли пайғамбар сўзи:
“Аллоҳ асрар балолардан мўмин бандани,
Қачонки у ўз қавмин еб, ўймаса кўзин,
Гар кетмаса малъун иблис сари алданиб!”

Олов ичра қовжираган биродаримдир,
Синглим эди ваҳшийларча зўрлаганинг зот.
Минг-минг ёшу кексаларнинг кўнгли яримдир,
Авлодларга етмасайди машъум хотирот...

Йўқ, мен уруш очинг дея қилмасман даъват,
Етар ахир кўпчиб ётган замин дардлари!
Ҳар кимса ҳам бу жаҳонда яшасин пурбахт!
Қуриб битсин ғаламиснинг сиёсатлари!

Ўзбегимсан, қирғизимсан, жон томиримсан,
Шунча замон бир-бирининг тотган тузини!
Сен бошимсан, ўртамдирсан ва охиримсан!
Ёдингда тут пайғамбарнинг буюк сўзини!

Аъзам Обид
23 июнь, 2010 йил
Тошкент
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Старый 24.06.2010 09:22   #740  
Known ID Group uParty Member
Аватар для Husen
Оффлайн
Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559  2,642/911
– 20  13/12

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Bekmirzo Посмотреть сообщение
Hozirgina 1:11 minutlik bitta video ko'rdim. O'sh shahrida 100 nafarga yaqin qirg'iz "Sartterge o'lum!" degan hayqiriqlar, shodlik aralash qiyqiruvlar ostida bir o'zbek yigitining tiriklayin yonib, kul bo'layotganiga INDAMASDAN, doira shaklida tizilib, qarab turishibdi... Aftidan, ustidan benzin quyishgan shekilli, gurillab yonyapti... VAHSHIYLIKdan o'zga narsa emas... Video bir haftacha oldin qirg'izlarni o'zi tomonidan telefon kamerasida olinib, tarqatib yuborilgan sanoqsiz videolardan bittaginasi ekan, xolos...
Афсуски, ўша видеони мен ҳам кўрдим! Қайдан ҳам кўрдим? Кўргандан кўра бу кўзларим оқиб тушса бўлмасмиди?!! Фикри ҳаёлим остин-устун бўлиб кетяпти, биродарлар! Бунчалар ваҳшийлик нечун, ахир? Азобли ўлим топган миллатдошимдан кўра бу манзарани бир туки ҳам сесканмасдан томоша қилиб ўтирган қўшниларимизга ачиндим! Чин дилдан ачиндим! Уларнинг бу қадар тубанликка тушиб кетишига сабаб нима ўзи! Тушунинглар, ўзбекларга нисбатан бу қадар нафрат, бу қадар адоват бўлиши учун муаммонинг томири ҳам кескин илдизлаб кетган бўлиши керак эди. Яъни ўзаро нифоқ портлаши учун аввало у йиллар бўйи йиринглаб, мада бойлаши керак эди.
Эътироф этилаётган учинчи кучлар ана шу нифоқдан боплаб фойдаланишди, холос! Демак, Қирғизистон жанубидаги ўзбек-қирғиз дўстлиги деган тушунчалар шу пайтга қадар шунчаки баландпарвоз гаплар бўлиб келган ва унга арзимаган "туртки" боис даҳшатли тарзда дарз тушди!

Последний раз редактировалось Husen; 24.06.2010 в 09:29.
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх