Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 18.09.2010 00:47   #441  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Munojoti bedil

Alloh-Alloh istab meni mag'firat et,
Nolai dil azobini, bandang eshit.

Sen Qodiru Sen Rahimu avf etursan,
Siniq-siniq ko'ngillarni sahf etursan.

Menki, oshiqi devona bandamisham,
Ishqing ko'yida tomosha, xandamisham.

Gangi man - dil, bu olamda Ka'ba misli.
Ka'bai man ichra mushku anbar isli.

Qachon zikring tutib hushdin ketar bo'ldim,
Xato qilsa kim, xatosin kechar bo'ldim.

Bir kishi bor bilmam, dili yopiqmidi,
Yoki g'addor, nafs eshigi ochiqmidi.

Bir dam kelib o'ltirduyu qoshima ul,
Nafs ko'yidin g'avg'o solib boshima ul.

Berahmmu, toshlar otdi qalbima ey,
Kelib tegdi ul muqaddas Ka'bama ey.

Ko'nglim yaro, aqlim erdi hayronavor,
Bu ishlardin Ka'bai man vayronavor.

Demakki, bu jon aro dil qolmadi hech,
Bedilu, dilozor gunohidin O'zing kech.

Kavsar, (c) 2010
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 18.09.2010 01:07   #442  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
* * *

Nihon darding ayon bo'lsa, kimsa uni ishq demas,
Majnunliqni bayon etsa kim, u chin oshiq emas.

* * *

Lab ochmang so'rg'ali ishqdin, avvalo oshiq bo'ling,
Qilmang pesha sadoqatni, botinan sodiq qoling.

* * *

Mohki, husnin yoshirub, rido tutmish abr ila,
Menki qaydin ko'royin husnin tilab, sabr ila.

* * *

Mani otim bevafodur, magar sanga vafoliman,
Netay ko'ngilga jafodur, magar sanga jafoliman.

Kavsar, (c) 2010
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 18.09.2010 01:15   #443  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
* * *

Аз нури чашми ман бигир ин дардиро,
Ки назанад би дилам ҳаргиз хори ғам.
Аз чашми нури ман бигир ин пардеро,
Аз ҳаме шиканҳо ҳуру озод шавам.

Аз дили поки ман бигир ин дардиро,
Ки надорад ба ин дил ботили ғам.
Аз дили поки ман бигир ин дардиро,
Ки нахонад кас сирри ман зи чашмам.

Кавсар, (с) 2010
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 18.09.2010 23:16   #444  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Bir kuni... Bir kuni Hudo xohlasa,
Men baxtli bo'laman, ishonavering!

(c) Maryam


Bir kun tunlarimni hijron tark etar,
Orzu-yu havaslar qo'limdan tutar,
Armonlar tutunga aylanib ketar,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun kuzim bahorlarga aylanar,
Saodat taqdirga elchi saylanar,
Barmoqlarga besh juft barmoq boylanar,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun qalbim to'lib ziyoga, nurga,
Imon olib ketar ko'k-Ko'hinurga,
So'ng hamroh bo'laman farishta-hurga,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun halovatni his qilib chindan,
Pichirlab duolar uzoq uzundan,
Yangi oy osmonda jilmaygan tunda,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun yolg’iz o’tmas beuyqu kecham,
So’ngsiz savollarim topadi yechim,
Dilimda buning chun shubham yo’q hecham,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun xursand qilib onaizorim,
Otamga tutganda umrimda borim,
Yaratganga yetsa ohim-u, zorim
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun iqbol kulib kutib turibdi,
Kim ham bu savdoni o’ylab ko’ribdi?
Baxt meni yonimda izlab yuribdi,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun zabt etib men qalb saroyini,
Yurakka to’ldirib bosgan poyini,
Yonimga olgancha falak oyini,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun kulbam sari kelsa do’stlarim,
Mayli bo’lsa hamki kamu ko’stlarim,
Imondan yaraqlab tursa ustlarim,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun g’am-g’ussaga to’lganda olam,
Toshib ketsa hamki sabr piyolam,
Dushmanim rohatin ko’rmoq uchun ham,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Haqqa shukronlar aytib, aylab yod,
Mehrim nolasidan etganda ijod,
Qovurg’am qismini topganimda, shod,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Xush tushni o'ngimda ko'rganim damda,
Qismatim zavq-shavqdan etganda xanda,
Shukr aytib Allohga har bir qadamda,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Hayotdan chinakam topganda ma'no,
G'ulg'ula solmasa ko'ngilga fano,
Yolg'on dunyolarga ishonmang, ammo,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Ko’zimdan g’am sabab yoshlar oqmasa,
Yo’ldoshim ishonchim har on oqlasa,
Baxtli bo’lishimga, xudo xohlasa,
Ishoning, ishoning, ishonavering...

(c)
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 18.09.2010 в 23:36.
Ответить 
"+" от:
Старый 19.09.2010 12:23   #445  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan

Zalvorli tun o’tdi,
Ziyolar yaqin,
Zavq oldim azonni – bongni qarshilab.
Quyoshning ilk nurin kutib, olib tin,
Allohga shukr aytdim, tongni qarshilab...

Subhidam sabosi yuzga uradi,
Tabiat erkalar sochlarim silab.
Ichim jimirlatib nedir yuradi,
Bir ajib his tuydim, tongni qarshilab...

Ko’z tutib, yo’l qarab, jimib, intizor,
Intiqib nigoron kunga intilib
Boshdan kechirganim – alamli, bedor
Tunlarni unutdim, tongni qarshilab...

O’n besh qora bo’lsa, o’n beshi oqdir,
G’amlar esdan chiqdi, jilmayib, kulib.
Endi qalbdan qorong’ulik yiroqdir,
Zulmatni kuzatdim, tongni qarshilab...

Tuman tarqab ketdi - tiniq xayolim,
Shukronadan tinmay pichirlaydi lab.
Endi yo’qlik sari uchar zavolim,
Rutubatdan ketdim, tongni qarshilab...

Oq,
oppoq,
musaffo rangni qarshilab,
Allohga shukr aytdim, tongni qarshilab...

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 21.09.2010 10:08   #446  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Дардкашим - куз мeнинг яккашим,
Армонлар ичимда тўлғонар.
Қалб -дардга тўлмаган баркашим,
Илинжим хазонда улғаяр.

Барглар-ла тўкилар ғамларим,
Қишга мeн ғуборсиз чиқаман.
Ғуссага қўл бeрган дамларим
Мeн кузсиз қолишдан қўрқаман.

(c)2009
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
2 "+" от:
Старый 21.09.2010 19:52   #447  
Аватар для ilm izlagan
Оффлайн
Сообщений: 27
+ 0  15/13
– 0  0/0

Turkmenistan
Yaxshi she'rlar ekan.
Ответить 
Старый 22.09.2010 09:34   #448  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Rangsizdek ko'rinar olam ko'zimga,
Sog'inchim ichimda - ketolmas uchib.
Ming dalda bersam-da, o'zim o'zimga,
Sog'inmay yashashga yetmaydi kuchim...

Qalbim yolg'izlikni olmayapti tan,
Garchi yakkalikda ming tunlar o'tgan.
Intiq bedorlikdan qizarib ketgan
Ko'zimni yoshlashga yetmaydi kuchim...

Ko’ksimda yuragim turolmaydi tek,
Orziqar, hipqirar; najot topmas lek,
Kimnidir kutgancha yo’lga qarashdek
Odatim tashlashga yetmaydi kuchim

Noumid hislarim qalbim dog’lagan,
Boshimga niyatlar to’lib, sig’magan,
Armon oyog’imdan kishan bog’lagan,
Orzuni ushlashga yetmaydi kuchim

Dard murg’ak dilimda topgandir qo’nim,
Baqirsam, ko’krakdan chiqmaydi unim...
Boshqa odam bo’lib,
Ertangi kunim
Qaytyadan boshlashga yetmaydi kuchim...

Sog’inch jigarimni mayda qilsa-da,
Sog'inmay yashashga yetmaydi kuchim...


(c)
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 22.09.2010 в 09:44.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 24.09.2010 17:35   #449  
Аватар для Gayrat Rashidov
Оффлайн
AKA:Garri
Сообщений: 14
+ 0  4/1
– 0  1/1

UzbekistanLiveJournal
Шърларни укиб койил колдим, Сизларни янги шъерларингизни кутиб коламиз.
Ответить 
Старый 26.09.2010 03:38   #450  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Vokzalda yozilgan she'r

Kimdir ma'yus turar termulib,
Yana kimdir shodon jilmayar.
Kim yig'laydi o'pkasi to'lib,
Boshqasi-chi, qo'l siltab qolar.

Alvidolar aytar allakim,
Allakimsa visolga yetgan.
Boshqa birov xo'rsinadi jim,
O'zga kimsa gullarin tutgan...

Intiladi barcha u tomon,
Yo'llar tugash nuqtasi shu yer.
Va safarga otlangan zamon,
Boshlang'ich ham, ajab, ul erur.

Orzu bilan armon yonma-yon,
Ko'z tikishar har yonga mahtal.
Visol-xijron - yelkadosh; giryon,
Uchashajak maskandir vokzal.

Shu makonga o'xshaydi hayot,
Quvonch-g'amni birga yutamiz.
Goh omadni qarshilab, xayhot,
Gohi intiq baxtni kutamiz...

Kimdir ma'yus termulib turar,
Hayot o'tar,
Hayot to'xtamas...

(c) Mas'ud.... London, vokzal
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Ответить

Метки
hero
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх