Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 11.08.2010 06:58   #1  
Real ID Group uParty Member Ultimate
Аватар для Shokir Dolimov
Оффлайн
Ҳарбий пенсионер
Сообщений: 3,959
+ 6,220  7,278/2,050
– 77  332/176

UzbekistanFacebook
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Bo'ldi...
Tugataman...
Sendan ketaman...
Офарин!
__________________
Тилга эътибор - элга эътибор! http://dolimov.zn.uz/ - ЧҚБТ фани ўқитувчисига
Ответить 
"+" от:
Старый 12.08.2010 03:07   #2  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
("Keraksan" nomli she'rimga qo'shimcha sifatida...)

Keraksan...
Intiq dil boshqani ko'rmaydi,
Holinngni men kabi
sabrsiz so'rmaydi,
soyadek ortingdan ergashib,
orzu-yu havasda tenglashib,
Bekorga izingdan yurmaydi,
Keraksan.

O'zgalar, ne desa desinlar,
baribir,
Pichinglar, g'iybatlar
ko'zimdan naridir.
Menda bor yagona havotir:
Keraksiz bo'lishdan,
Qarovsiz so'lishdan,
Yaratgan umrbod asrasin...
Keraksan.

Keraksan,
Ayni dam
yo'q boshqa kalomim tilimda,
Hamroh bo'l,
kunu tun
oxir yo'q yo'limda.
Garchi men bilmasman
ne bo'lar,
ne kutar o'ngimu so'limda...
Keraksan...

Keraksan,
Ko'zimga tor bo'lib
ketganda dunyolar,
Keraksan,
suvtalab bo'lganda daryolar,
Qirg'oqlar birlashib,
Yulduzlar sirlashib,
Quyoshga qalb muhtoj
bo'lganda.
judayam keraksan...

Keraksiz o'lishdan asrasin,
Yuraksiz bo'lishdan asrasin,
Nur istab chanqasa
qon ko'ngil,
Tuganmas ziyoni beruvchi,
Falaksiz bo'lishdan asrasin...
Keraksan....

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 15.08.2010 12:36   #3  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Yig'lang...

Yig’lamoq – tavbadir,
Yig’lamoq alam,
Ko’z yosh – tazarrudan yaralgan chashma.
Quvonchmi, shodlikmi, qayg’umi yo g’am,
Odam zoti azal yig’iga tashna…

Yig’lang,
Armon hecham rahna solmasin,
Tashqari chiqarib bor g’uborlarni,
Yig’lang,
Kiprig’ingiz qurib qolmasin,
Eslab, nadomatu, afsus, zorlarni.
Yig’lang,
o’ksib-o’ksib,
Tavbalar aylab,
Gunohlar to’kilib ketgunga qadar.
Pushaymonlik hissin ko’ngilga joylab,
Duo ijobatga yetgunga qadar
Yig’lang,
Yig’layvering,
Qadringiz sabab,
Qimmatingiz yerga urilgani chun.
Milyon yo’lga kirib,
Adolat so’rab,
Haqdan panoh topib olganingiz kun
Yiglang,
To’yib-to’yib,
mayli olmay tin,
Yukdan holi bo’lib qolguncha gardan.
Yaratgan umrimiz holi aylasin,
Yig’lashni bilmagan bag’ritoshlardan.
Yig’lang,
Ko’z yoshiga to’lib ketsin qalb,
Ko’ngil dunyosiga yoyilsin behad.
Titrasin avflarni so’raguvchi lab,
Ruhingiz o’shanda olarkan rohat.
Yig’lang,
Boshingizni qo’yib sajdaga,
Niyatni pok etib, ma’zurlar aytib,
Yaxshiga yondoshib, yomondan qaytib,
Ko’z tikib Allohdan kelar mujdaga,
Yig’lang,
Bag’ringizga to’lganida qon,
Dunyo tashvishidan bo’lganda xijil,
Ziyoga intilish to’xtagani on,
G’alat talvasani tuyganida jon,
Chorasiz qolganda begunoh inson,
Razolatga botib qolganda jahon,
Vijdon qiynoqlardan chekkanda fig’on,
Insof yiroqlarda kezganda sarson,
E’tiqod sotilsa suvdan ham arzon,
Adovat mehrga bermasa imkon,
G’uborga oshino bo’lganda imon,
Yig’lang,
Titrab yig’lang,
Ich-ichdan yig’lang…

Ajab, yig’ingizni to’xtatgan zamon,
Ajib bir yengillik tortar ekan dil…

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
2 "+" от:
Старый 17.08.2010 14:53   #4  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Yig’lamoq – tavbadir, Yig’lamoq alam, Ko’z yosh – tazarrudan yaralgan chashma. Quvonchmi, shodlikmi, qayg’umi yo g’am, Odam zoti azal yig’iga tashna…
Har bir she'ringizda yangi-yangi ma'nolar bor ekan. Ularni o'qib chiqib xuddi ulkan dengiz oqimiga tushib qolganday bo'ldim. Bu katta daryo o'ziga g'arq qilgudek falsafiy fikrlarga o'ralgan ekan..

She'rlaringiz kitob bo'lganmi? Nega shu paytgacha hech kim e'tibor qilmagan ekan yoki men bilmaganman? Bu she'rlarning ohangi musiqiy, xuddi kuylanayotgan qo'shiqqa o'xshaydi.

Men filolog bo'lsam-da hali qalam yurgizishni bilmayman. G'azal deb qo'yganlarim mutlaqo aruzda emas. Lekin g'azallaringiz ham aruz ohangida juda chiroyli o'qilar ekan.. Balki kelajakda bu kamchiliklarimni to'grilab men ham she'riyatning ulkan ostonasiga bora olsam o'zimni behad mamnun sezardim.

Darhaqiqat she'rlaringiz faqat majozdan iborat emas, ularda tasavvufiy qarashlarni ham ilg'adim. Balki anchasiga tishim o'tmagandir, ammo shuni bilamanki, boshqalar ham bu she'rlardan bahramand bo'lib kitoblaringizni o'qishsa savoblarning yaxshilaridan bo'lardi..

Ijod yo'lingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilab, samimiyat bilan...
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
"+" от:
Старый 17.08.2010 22:58   #5  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение

Har bir she'ringizda yangi-yangi ma'nolar bor ekan. Ularni o'qib chiqib xuddi ulkan dengiz oqimiga tushib qolganday bo'ldim. Bu katta daryo o'ziga g'arq qilgudek falsafiy fikrlarga o'ralgan ekan..

She'rlaringiz kitob bo'lganmi? Nega shu paytgacha hech kim e'tibor qilmagan ekan yoki men bilmaganman? Bu she'rlarning ohangi musiqiy, xuddi kuylanayotgan qo'shiqqa o'xshaydi.

Men filolog bo'lsam-da hali qalam yurgizishni bilmayman. G'azal deb qo'yganlarim mutlaqo aruzda emas. Lekin g'azallaringiz ham aruz ohangida juda chiroyli o'qilar ekan.. Balki kelajakda bu kamchiliklarimni to'grilab men ham she'riyatning ulkan ostonasiga bora olsam o'zimni behad mamnun sezardim.

Darhaqiqat she'rlaringiz faqat majozdan iborat emas, ularda tasavvufiy qarashlarni ham ilg'adim. Balki anchasiga tishim o'tmagandir, ammo shuni bilamanki, boshqalar ham bu she'rlardan bahramand bo'lib kitoblaringizni o'qishsa savoblarning yaxshilaridan bo'lardi..

Ijod yo'lingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilab, samimiyat bilan...

Assalomu alaykum.

Samimiy fikrlaringiz uchun tashakkur. Sizning she'rlaringiz ham juda ajoyib, rang-barang, so'z tanlashlaringiz maqtovga sazovor. G'azallaringizga kelsak, haqiqatan ham, aytganingizdek, mukammallashtirish kerak. Aruzni chuqurroq o'rgansangiz, mumtoz adiblarimiz asarlarini yanada ko'proq o'qisangiz, yaxshigina yoza olasiz, so'z boyligingiz katta ekan. Forsiyda yozganlaringiz, ayniqsa, taxsinga sazovor. Mening forscham ancha sayoz bo'lgani sabab, she'r yozib ko'rmaganman, ustida ancha ishlashim kerak - she'r yoza oladigan darajaga ancha bor hali

She'rlarimga kelsak, nasib qilsa, shu kunlarda nashrga tayyorlayapman. Yaqinda chiqib qolishiga umid qilaman va barcha do'stlarimizdan duo qilib turishlarini iltimos qilaman. Yaratganning o'zi shu ulug' kunlarda qilgan ezgu ishimizning barakasini bersin.

She'rlardagi botiniy ma'noni to'gri anglabsiz, ularning aksariyatida chuqurroq mulohaza qilishga, kishini o'ylantirishga majbur qiladigan mavzuni yoritishga harakat qilaman.

hurmat bilan,

Mas'ud
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 19.08.2010 07:08   #6  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Сенсизликка, мана ўрганиб қолдим,
Ойнинг тили бўлса, айтади, сўра.
Қоғозу қаламдан аламим олдим,
Тушкунлик нафасин олишдан кўра.

Қадрдон кўчани ёлғиз кезаман,
Қара, ўзгармабди мағрур чинорлар.
Таниш шабаданинг сасин сезаман
Сен ҳақда сўрайди сўнгсиз саволлар…

Кунлар ўтиб кетди биринма- кетин,
Ҳар куннинг ташвиши яккама дукка.
Энди висолингни ҳавас қилмайин,
Кўникиб ҳам қолдим эсламасликка.

Ҳафталар, ой, фасл, ўтсалар йиллар,
Битиб кетар экан ишқнинг яраси.
Енгиллик тортгандай бўлади диллар,
Вужудни забт этар ёшлик нафаси…

Умидларим тилаклардан зиёда,
Бу кун омад кулиб боқар йўлимдан.
Бахтлиман сен каби мен ҳам дунёда,
Сенсиз яшаш келар экан қўлимдан!

(c) 2006
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 19.08.2010 08:06   #7  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Ketayapman kelajak sari,
Bedorlikda o'tar yangi tun.
Tug'ilishga yuzim teskari,
O'lim taraf yaqinman bir kun...


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 17.08.2010 15:02   #8  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Yorning quliman

Dunyo meni
Anglamoq uchun,
O'ttiz yil kerakdir,
Balki ellik yil.
O'shal kun inson deb
Tan olmoq uchun,
Sarflamoq kerakdir
Umrni balki...
Sen kimsan demading:
Yorning quliman,
Gunohkor bandaman
Devonasifat...
Xaroba edimu,
Yerga to'kildim,
Kezaman dunyoni
Xarobasifat...
Ko'zlardan oqqani
Tomchi yosh emas,
Dengiz qa'ridagi
Durdan nishona.
Olgan malomatim
Asli tosh emas,
Bog'ida ko'ringan
Hurdan nishona.
Ayting bu dunyoni
Qurgan kim edi?
Kim edi, kim uchun
Bunyod ayladi?
Jim edi, koinot
Asli jim edi.
Jimlikda insonni
U yod ayladi...

K.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy

Последний раз редактировалось Kavsar; 17.08.2010 в 15:05.
Ответить 
"+" от:
Старый 17.08.2010 02:37   #9  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Yurak indamadi, turaverdi jim...
(Bir she'rdan...)


Garchi men firoqda olovsiz yondim,
Havoga uchsa ham so'ngsiz nolalar.
Yolg'iz Haqdan umid qilib inondim,
Garchand ichimda ol gullar lolalar,
Yurak indamadi, turaverdi jim...

Endi savollarim o'rtaydi jonim,
Bir chetda chorasiz turar imkonim,
Zulmatga aylandi yorug' jahonim...
Yurak-chi, indamay turaverdi jim...

Xayol daryosida oqaman yolg'iz,
Xijron sahrosiga boqaman yolg'iz,
Eski maktublarni yoqaman yolg'iz,
Yurak turaverar... Indamaydi... Jim...

Azoblar qalbimni tirnar mahalda,
Mungga burkansa ham alamli diydam,
Garchi dunyo unga bo'lsa ham dalda,
Yurak indamasdan yig'layverar jim...

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
2 "+" от:
Старый 09.08.2010 11:26   #10  
Аватар для Remix
Оффлайн
Ipoteka-bank
mutahassis
Сообщений: 34
+ 15  13/10
– 2  2/2

UzbekistanОтправить сообщение для Remix с помощью ICQОтправить сообщение для Remix с помощью Skype™Мой мирFacebook
Men seni qizg'andim bahordan-kuzdan,
Rashk qilardim hatto yuzing ko'rmayin bir bor.
Men seni qizg'andim kecha-kunduzdan,
Bittagina suratingga termulib takror.
Ответить 
"+" от:
Ответить

Метки
hero
Опции темы
Опции просмотра
Комбинированный вид Комбинированный вид




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх