|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#11 |
|
«Tengri taoloning inoyati bilan va hazrati on Sarvari koinotning shafoati bilan va chahoryori bosafolarning himmati bilan seshanba kuni ramazon oyining beshida tarix sakkiz yuz to‘qson to‘qqizda Farg‘ona viloyatida 12 yoshda podsho bo‘ldi» u. Atigi 12 yosh. Darvoqe, bu yoshda Navoiy mavlono Lutfiy lutfiga sazovor bo‘lgan o‘sha «Orazin yopqoch, ko‘zimdin sochilur har lahza yosh...» matla'li g‘azalining qofiyalarini she'rda tizayotgan edi. Bugungi kun muchal ko‘rgan bola-chi? Imkon tug‘ilganda unda ham Navoiydagi ta'bi nazm yoki Bobur shiddati, shijoati paydo bo‘larmikin?.. davomi... |
|
|
|
Ответить |
|
|
#12 |
|
Inson ko‘zining boshqa sezgi a'zolari kabi imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, belgilangan to‘lqin uzunliklari oralig‘idagi nurlarnigina ko‘ra oladi. Bu chegarani kengaytirishning iloji bormi? Nega hamma nurlarni ko‘rolmaymiz? Infraqizil nurlarni ko‘rsatuvchi texnik vositalar qanday ishlaydi? Ularning vazifasi nimalardan iborat? O'ylaymizki, bu kabi qator savollarga ushbu maqoladan javob topasiz. davomi... |
|
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|
|
#13 |
|
«Rivoyat qilinishicha, Pyotr I o‘lim to‘shagida ikkita narsadan: Turkiyadagi chiviq omadsizligi hamda Bekovichning Xivada qatl qilinishi qasosini ololmaganiga armon bilan ketgan ekan», deb yozadi rus shoiri Pushkin. Nima bo‘lgan ediki, ulkan saltanatning shohanshohi Pyotr, hattoki, o‘lim to‘shagida ham qanchadan-qancha zarur narsalarni eslash o‘rniga, Xivadan qasd olishni vasiyat sifatida eslab o‘tadi? Buyuk shoir qalami orqali esa, ushbu vasiyat asrlar osha keyingi avlodlarga yetib keladi. davomi... |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#14 |
|
Oxirgi yillar ichida Pokiston, Indoneziya, Turkiya, Peru, Chili va Gaitida sodir bo‘lgan yer qimirlashlari natijasida minglab kishilar hayotdan ko‘z yumdi. Kamida shuncha kishi boshpanasiz qoldi. Geologik nuqtai nazardan notinch Himolay tog‘ tizmasi kelajakda yana ham kuchliroq zilzilalarni keltirib chiqarish ehtimoli katta. Bu holat zilzilaning oldindan bilish zaruratining globalligini ko‘rsatmoqda. davomi... |
|
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
| Реклама и уведомления | |
|
|
#15 |
|
Mangu dunyo bo'sag'asida Bu dunyoga kelganlarning, albatta, ketmog'i bor. Kimdir bir kun oldin, kimdir bir kun keyin... Ketadi-yu, qaytmaydi. Mangu dunyo abadiy uni o'z quchog'iga oladi. Ketmog'i yaqin qolganini kishi sezganda cho'chimaydi, ammo turli o'ylar qurshoviga tushadi, kechgan, kechirganlarini eslaydi, olis, yaqin odamlar ko'z oldidan o'tadi. davomi... |
|
|
|
Ответить |
|
|
#16 |
|
Odamzod aql yordamida har doim o‘z ishini yengillatib kelgan. Og‘ir mehnatni boshqa vositalar yordamida osonlashtirish insonga xos. Uning jismoniy «dastyorlari» sifatida ot, eshak, tuya va yana bir qancha jonli vositalarni keltirish mumkin. Jonsiz «yordamchilari»ga richag, arava, mashina, traktor kabi vositalarni misol qila olamiz. Shu bilan bir qatorda, aqliy yumushlarni bajaruvchi qurilmalar ham insoniyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. davomi...
|
|
|
|
Ответить |
|
|
#17 |
|
Quchog‘iga dunyoni sig‘dirgan shoir Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tinchlik Kengashi imorati peshtoqiga bitilgan ushbu so‘zlar Sa'diy Sheroziyning «Guliston» asaridan olingan. YUNESKO tomonidan esa har yilning 21 aprel sanasi Shayx Sa'diyni xotirlash kuni sifatida belgilangan.![]() «Odam bolalari ibtidoda bir gavhardan bino bo‘lganlari tufayli yaxlit bir vujud kabidirlar. Binobarin, zamon uning bir a'zosiga jarohat yetkazsa, boshqa a'zolari ham o‘z tinchini yo‘qotadi». davomi... |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#19 |
|
Talabalik yillari tarix fani o‘qituvchimiz bo‘lib o‘tgan g‘alati voqeani gapirib bergan edi. Sobiq ittifoq janubidagi ko‘shni mamlakatlardan birining aholisi yashash sharoitlarining qiyinlashishi oqibatida chegarani buzib, yoppasiga sobiq ittifoq yerlariga ko‘chib kela boshlagan ekanlar. Ko‘chish shu darajada sur'at olgan ekanki, unga qarshi harbiy chora ko‘rishdan boshqa iloj qolmagan. Biroq buni qanday amalga oshirish masalasi munozarani keltirib chiqargan. davomi... |
|
|
|
Ответить |
|
|
#20 |
|
2000 yilgi statistik ma'lumotga ko‘ra, dunyo miqyosidagi ma'lumot hajmi oxirgi 10 yil ichida 2 baravarga ko‘paygan. Ya'ni, mavjud axborot va ma'lumotlar bazasi inson yaralganidan to 2000 yilgacha qancha hajmga yetgan bo‘lsa, shuning teng yarmi oxirgi 10 yil ichida paydo bo‘lgan ekan. Yozuv, tasvir, tovush va video tasvirlarni ma'lumot sifatida sanash mumkin. Ma'lumot ko‘paygani sayin, uni saqlash, uzatish va foydalanish borasidagi muammolarni hal qilish masalasi oldimizda ko‘ndalang turadi. davomi... |
|
|
|
Ответить |
|