|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#151 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
![]() Bu nazm bog'iga kirolmas xazon, Bizni mahv etolmas zavol lashkari. Men ketsam mung'aymas o'rnim hech qachon, Bu bog'lar bir bog'lar bo'ladi, deb yozgan edi Zulfiya. Ko'rinib turibdiki, o'zbek adabiyotining she'riyat bo'stoni kelajakda yanada gullab-yashnaydi |
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#152 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Men jonimni jabborga berdim. Bu dunyoning odamlariga- Kelar juda yaxshi ko’ringim. O’zni olib qochar ko’zlarim, Tilim! Mening tilim so’yilgan. Bu dunyoning bari so’zlari Menga qarshi qayrab qo’yilgan. Xosiyat Rustamova |
|
|
Ответить |
![]() |
#153 |
![]() "Tex samara servis"
Директор
Сообщений: 59
+ 18
23/14
– 0
0/0
![]() |
Termuldim ko’nglimning ziyolariga,
Hayratda to’xtadim, dardda lol qotdim. Azizim sevgimning duyolaridan, Cheksizlik oralab men seni topdim. Taqdirda besarhad huvilladi tan, Men unda kashf etdim bir gard yurakni. Va uni yop-yorug’ etdim sen bilan, Va yana joyladim nurli falakni. |
|
Ответить |
![]() |
#154 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Ишқим пинҳон тутгум, асло ошкор этмам ёрима,
Изтироб-азоб ўтини бермагум дилдорима. Кузги япроқ сингари дил сарғайиб сўлди тамом, Келди кўклам, лек яшилдан қатра йўқ гулзорима. Айни фасли ёшлигимда келди-ю, кетди шитоб, Энди қилмам қанча афсус, эшитмайди зорима. Қўлим ишда, ёр ёнима, кўнгул бунда шод эди Йўқотиб лол ўлтирибман, ҳеч унум йўқ корима. Қай ерни ул этди макон осмонними, ё замин? Менки тайёр кетишликка, қўлни силтаб борима Оразини кўрмоғим чун интиҳодан қайтмагум Майли қўйсин икки устун ва сиртмоқни дорима. Оҳларимга қулоқ тутмас дўсту ёрон минг тараф, Баён этдим дардларимни шу мўъжаз ашъорима. Firdavs...2007
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#156 |
159 maktab
o`quvchi
Сообщений: 79
+ 22
30/23
– 0
0/0
![]() |
Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu kichik hovuz tomon otdilar Tashlandiq xazon eb o`tadi umri Xoru-xas xazonlar ustin yopdilar Dunyoda ko`rgani shu tor hovuzcha Va keksa tollarning achchiq xazoni Menga alam qilar tilla baliqcha Shu kichik ko`lmak deb bilar dunyoni (Yoddan yozdim, xato bo`lsa, uzr) |
|
Ответить |
![]() |
#157 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Issiq kul ustida qog'oz o'rami,
Tutab-tutab yonib ketadi. Ko'z ilg'amas olovning dami, So'z va misralarni yutadi. Shunday g'amgin o'tadi umr, Tutunga aylanib kunma-kun. Mana shunday so'nmoqdaman, jim, Chidab bo'lmas azobda beun. Falak! Agar bir martagina, Taratsa u yorqin alanga, Ikkilanmay, qiynalmay sira, Bir marta charaqlab, so'nardim yana. Fedor Tutchev |
|
Ответить |
![]() |
#159 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Ayo soqiy, sunib joming qil ehson, yashnasin dillar,
Ko'rundi avval ishq osonu so'ngra tushdi mushkullar. Sabo yechmoqchi bo'lgan sochining xush bo'yiga ont kim, Muanbar halqa-halqa sochidin qon bo'ldi ko'ngullar. Botir sajjodani mayga agar piri mug'on aytsa, Yo'lovchiga erur ma'lum yo'l ahvoli va manzillar. Menga yor o'yida ishrat qurish imkoni yo'q har dam, Qilurkan qo'ng'iroq faryod, bog'lang yukni, g'ofillar. Qorong'udir kecha, qo'rqinchli mavj, dahshatlidir girdob, Na bilgay holimizni chetda turgan yuki yengillar. Yomon ot birla fosh o'ldi ishim oxir o'jarlikdan, Nechun pinhon qolur sir so'zlasa majlisda oqillar. Agar vasl istasang undan yiroqqa ketma, ey Hofiz, Tilakni izla, qo'y dunyoni, ber orzuga tabdillar. Hofiz Sheroziy |
|
Ответить |
![]() |
#160 |
![]() TDShI, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti fakulteti
talaba
Сообщений: 37
+ 31
36/23
– 0
0/0
![]() |
Yo’llar
Yo’llar armonlarga boshlasalar ham, Armonlar ko’zlarni yoshlasalar ham Yo’llar baxtsizlikka chorlasalar ham Baxtsizliklar qalblarni tirnasalar ham Insonlar bu yo’lni do’sti deb bilar Aslida bu yo’llar dushmanlik qilar Insonlar bu yo’lga intilib yashar Go’yoki bu yo’llar baxtni keltirar Qaniydi yo’llarimiz farovon bo’lsa Yo’llardagi orzular amalga oshsa Последний раз редактировалось Sulhiya Gaziyeva; 23.04.2008 в 21:15. |
|
Ответить |
"+" от:
|
|