Toshkent metropoliteni yo'nalishlar orasida o'tish(peresatka)da eskalatordan o'tayotgan yo'lovchi quyidagi ogohlantiruvchi ovozni eshitadi:
"Hurmatli yo'lovchilar! Eskalatordan harakatlanayotganda o'ng tomondagi tutqichlarni ushlab turishingizni iltimos qilamiz .... "
Nega endi, o'ng tomondagi tutqichlarni? Axir eskalator zinasida yonma-yon turgan yo'lovchilardan chap tomonda turgan yo'lovchi qanday qilib o'ng tomonda joylashgan tutqichni ushlab ketishi mumkin? Axir bu yonida(o'ng tomonida)gi yo'lovchiga noqulaylik tug'dirmaydimi? Yuqoridagi gapni quyidagicha o'zgartirib qo'ysa bo'lmaydimi :
"Hurmatli yo'lovchilar! Eskalatordan harakatlanayotganda yon tomondagi tutqichlarni ushlab turishingizni iltimos qilamiz .... " ?
Metropoliten ishga tushganiga shuncha yil bo'libdiyu, nahotki oddiy nutqimizdagi xatoliklar bee'tibor qolsa? Ehtimol, bu tilimizga bo'lgan hurmatsizlik emasmikin?
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
|