Цитата:
Сообщение от Shokirbek
Барака топинг, ўзбек китобхонларга у кишининг муҳим ҳаётий йўллари ҳақида, ёзиб қолдирган фойдали асарлари ҳақида кенгқамровли маълумот бериш керак эди, жуда яхши қилибсиз таржима қилиб. Бу борада ҳали кўплаб таҳлилий мақолаларга эҳтиёжимиз бор.
|
Izlanishdamiz. Hali Alihonto'raning "ochilmagan qirra"larini halqqa aytadigan vaqt yetadi. Shu kishi va 44-46 yillarda tuzilgan Sharqiy Turkiston Jumhuriyati haqida oz muncha materiallar to'plab qo'yganman. G'ulja shaxriga borib shu urushda bevosita qatnashgan ishtirokchilardan intervyular olganmanu, lekin hitoy siyosati uyg'ur halqining milliy tiklanish yo'lidagi harakatlarini har turiga qattiq qarshilik ko'rsatishgani uchun u yerda insonlar bu voqiyalar haqida gapirishdan cho'chishadi. Lekin hozirdan bu haqda bilganlarni yozib qoldirmasa ertaga kech bo'ladi.
Bemalol savollar bo'lsa beraveringlar, hamfikrlashamiz.