19.02.2013 06:51
|
#11
|
YTT
Сообщений: 141
+ 62
125/57
– 2
1/1
|
Mujodalaning kengayishi
1945 yil 8 aprelda Milliy Qo`shin tashkil etildi. Safarbarlik e’lon qilinib, yuz ming murojaat kelib tushganligiga qaramay, o`ttiz ming qurol-aslaha mavjud bo`lgani uchun o`ttiz ming inson qurol bilan ta`minlandi. Iyul, Avgust, Sentyabr oylarida 85 ming kishilik Xitoy Armiyasiga qarshi urushda g`olibiyat qo`lga kiritildi. Ili, Tarbag`atoy va Oltoy viloyatlari ozod etildi. Manas daryosigacha borildi. Sharqiy Turkiston Xitoy Armiyasi bilan urushdi, keyinchalik, Millatchi Xitoydan kelgan qo`shinlarga qarshi urushib, g’olib bo’ldi (1945). 1944-1945 yillar Xitoy askarlariga qarshi urush bilan o`tdi. Xitoy askarlarining qo`li ostidagi kazarma, aeroport tortib olindi. G`ulja atrofidagi dushman yo`q etilguncha 3 mingdan ortiq mujohid shahid bo`ldi, 6 ming jangchi yaralandi. Janglarda hayotini yo`qotganlarning oilalariga yordan berish maqsadida “Shahid Majruhlar Jamiyati” tuzilib, oilalarga yordam berildi.
Qo`shin ichida G`ani Botir (Uyg`ur), Fotih Botir (Tatar), Usmon Botir (Qozoq), Akbar Botir (Qozoq), General Palinov (Rus) kabi jasur qo`mondonlar yetishib chiqdi. Sharqiy Turkiston Hukumati Alixon To`raga olib borgan faoliyati va bu urushda ko`rsatgan muvoffaqiyati uchun Marshal unvonini berdi. Sharqiy Turkiston xalqi Alixon To`rani Marshal Ota deb chaqira boshladi.
Sharqiy Turkiston Qo`shini Urumchi shahriga yaqinlashib qoldi. Agar Alixon To`ra yana 2-3 kun Ruslar tarafidan olib qochilmaganda edi Urumchi ham ozod etilardi.
|
|
Ответить
|