|
Gapirsa gap ko'p. Men jurnalistlar mahoratiga ishonaman. Chunki bir paytlar bizning gazetalar millionlab nusxada chop etilgan, ularni odamlar navbat turib sotib olib, qiziqish bilan o'qishgan. Demak, bu yerda boshqa gap bor. Hozirgi gazetalarda qariyb birorta jurnalistning o'z uslubi, pozitsiyasi yo'q. Faqat redaktor, zamredaktorning tili, uslubi bor. Bir xil sho'va kimga kerak?! Bunaqa yurish bilan matbuotga yuklatilgan vazifalarni bajarish imkonsiz.
Har yili matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida Prezidentimiz tabrik emas, tanqid va takliflardan iborat murojaatnoma yo'llaydi. Demak, bu sohaga e'tibor ham, munosabat ham o'zgarishi kerak!
|