Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Библиотеки
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Библиотеки ... в том числе электронные


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 14.03.2012 09:00   #1  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Post

USBнинг имкониятлари


Шредер - mini USB

Шредерлар тобора ихчамлашиб бормоқда. Янги мини шредер иш столингиздаги тартибсизликка барҳам беради. Ҳажми кичик бўлишига қарамай, у бир неча функцияларни бажаришга қодир ва кераксиз хужжатлар, ташриф қоғозлари ва қайдномаларни бир зумда “қийма-қийма” қилиб “ютиб” юборади.

Doggy веб-камераси

Кучукча шаклидаги янги веб камера компютер столига алоҳида файз бағишлаши шубҳасиз. “Кучукча” оёқларини ўзингизга мослаб олишингиз мумкин. Камерага микрофон ҳам ўрнатилган. Бу албатта, Skypeдан фойдаланганда жуда қўл келади.

Эгилувчан мини клавиатура

Эгилувчан клавиатура ҳатто транспортда ҳам компютерини қўлдан қўймадиганлар учун ажойиб совға десак муболаға бўлмайди. Янги ускуна анча мустахкам ва чидамли қилиб яратилган. -40дан +80 даражагача “миқ” этмай ишлайди. Кўп жой эгалламаслиги ва фойдаланишда қулайлиги компютерчилар учун айни муддао.


Ноутбук учун стол

Диванда ўтириб ноутбукда ишлаш ноқулайлик туғдираётган бўлса ушбу столчани сотиб олишингиз мумкин. Ўзингиз учун қулайдик яратинг.

Скрытый текст:
manba darakchi.uz
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
"+" от:
Старый 14.03.2012 09:02   #2  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Tick

Kompyuterlashtirish yanada rivojlanadi

Davlat axborot resurslarini hisobga olishni takomillashtirish, ularning ro‘yxatini kengaytirish va interfaol davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada yaxshilash maqsadida 2012-yil 1-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joylarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish uchun sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillarida mamlakatimizda jahon axborot hududiga integratsiyalashuv ishlarini izchil va jadal amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jamiyatimizning barcha sohalariga keng joriy etish nazarda tutilgan.

Bu borada belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida “Kompyuterlashtirish markazlari” davlat unitar korxonalari tashkil etilmoqda. Ularning zimmasiga zamonaviy xalqaro tendensiyalar va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga muvofiq joylarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklangan.

Mazkur markazlar faoliyatiga axborot resurslarini boshqarish va yangilash, hududlarda yaratilgan va yaratilayotgan davlat axborot resurslari va axborot tizimlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish ham kiradi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari veb-portallarini muntazam yangilab borish, davlat xizmatlarini interfaol, jumladan, “yagona oyna” tamoyili bo‘yicha ko‘rsatish ishlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi. Tegishli hududda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning mavjud holati va istiqbolini muntazam tahlil qilish va uning natijalari asosida mazkur sohani yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ushbu markazlar faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligidan ma’lum qilishlaricha, tashkil etilayotgan “Kompyuterlashtirish markazlari” davlat unitar korxonalari faoliyatini me’yoriy-uslubiy boshqarish mazkur agentlik tomonidan amalga oshiriladi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, davlat axborot resurslari ro‘yxati yangilari bilan to‘ldirildi, Davlat axborot xizmatlari reyestriga yuzdan ortiq bazaviy interfaol davlat xizmatlari kiritildi. Bunda foydalanuvchilarga kishilar kundalik hayotda duch keladigan masalalarga oid har xil ma’lumotlar taqdim etiladi. Masalan, soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning byudjet va byudjetdan tashqari fondlar bilan o‘zaro hisob-kitobiga oid, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar tartibi va tarkibiga oid, ro‘yxatdan o‘tgan kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlar reyestri, mavjud marshrutlar va fuqarolardan transport xizmatlarini tashkil qilish bo‘yicha takliflar qabul qilish kabi ko‘plab ma’lumotlar bilan hokimlik yoki boshqa davlat muassasasi veb-portalining har qanday foydalanuvchisi on-layn rejimida tanishishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, mijozlar bilan ishlashning mana shunday “yagona oyna” usulidagi qulay shakli amaliyotdan mustahkam o‘rin egallamoqda. Masalan, hozirgi kunda Toshkent shahrida “yagona oyna” tamoyili asosida ishlaydigan “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining yettita savdo shoxobchasi faoliyat yuritmoqda. Bu yerda tashrif buyuruvchilarga telefon, internet aloqasidan tortib, CDMA-450 standarti bo‘yicha statsionar va mobil aloqagacha bo‘lgan keng turdagi xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Mamlakatimizda 30 dan ziyod mana shunday tuzilmalar ish yuritmoqda. Ularda kompaniya abonentlari maslahat, zarur axborot materiallarini olish, shartnomalar tuzish va shartnoma pulini to‘lash imkoniga ham ega bo‘lmoqda.

Sirg‘ali tumani hokimligida “yagona oyna” tamoyili asosida ishlaydigan, yanada kengaytirilgan tuzilma yaratildi. Unda aholiga interfaol tarzda turli xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Yagona oyna markazi xizmat ko‘rsatish uslubini o‘zgartirish orqali xizmatlar jarayonidagi ayrim bosqichlarni qisqartirgan holda yangi shakldagi davlat xizmatlarini ko‘rsatadi. Ushbu yangicha yondashuvning mohiyati shundan iboratki, aholiga ko‘rsatiladigan keng turdagi davlat va ijtimoiy xizmatlar bir joyda amalga oshiriladi, fuqarolar ortiqcha vaqt sarflamasdan, ma’lumotnoma, litsenziya olish, akkreditatsiyadan o‘tish va boshqa xizmatlarni yagona darcha markazida amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Ushbu markazlarda gaz, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, xalq ta’limi, elektr, sog‘liqni saqlash tuman bo‘limlarining vakillari bo‘lgan mutaxassislar, hokimlikning tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi va boshqa bo‘linmalari xodimlari xizmat ko‘rsatadi. Aholi bilan ishlashning ushbu barcha yangi shakllari mazkur xizmatlarni ko‘rsatadigan markazlarni kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, aloqa vositalari bilan yaxshi ta’minlashni taqozo etadi. Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yangi “Kompyuterlashtirish markazlari” davlat unitar korxonalari, o‘z navbatida, tegishli yagona oyna markazlariga yordam ko‘rsatadi.

Mamlakatimizning ayrim hududlarida interfaol xizmatlarni joriy etish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yildi. Masalan, Sirdaryo viloyati davlat organlarida elektron hujjat aylanishini joriy etish bo‘yicha sinov loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu o‘rinda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlaydigan yaxlit tizimni barpo etish, “Sirdaryo viloyati portali”ni yaratish hamda mahalliy hokimiyat organlarining fuqarolar, biznes tuzilmalar bilan yaqindan hamkorlik qilishiga ko‘maklashadigan boshqa choralarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Hozirgi paytda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan soliq va buxgalteriya hisobotini elektron shaklda qabul qilish tizimi bosqichma- bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda, bo‘lajak elektron hukumatning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan interfaol davlat xizmatlari ro‘yxati kengaytirilmoqda.
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Старый 26.03.2012 14:27   #3  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Tick

SSD-saqlagichlar







SanDisk kompaniyasi keng iste'mol bozori uchun SanDisk Extreme deb nom berilgan yangi SSD-saqlagichlar turkumini chiqardi. Kompaniya ma'lum qilishicha, yangi xotira qurilmalari odatdagi 7200 aylanma/daqiqali qattiq disklarga nisbatan o‘n baravar yuqori tezlikka ega. Ma'lumotlarni o‘qish va yozish tezligi 520 Mb/soniya bo‘lib, ma'lumotlarni ko‘chirish, uzatish va amaliyot tizimini ishga tushirishni jadallashtiradi. Tabiiyki, komputerlar umumiy ish sur'ati ham shunga yarasha oshadi.

Hozircha SanDisk Extreme 120 va 240 gigabaytlik ko‘rinishlarda chiqarilmoqda. Yil oxirigacha 480 gigabaytligini chiqarish ham rejaga kiritilgani aytilmoqda.
__________________
JAVOBLAR.UZ

Последний раз редактировалось Hero; 26.03.2012 в 14:31.
Ответить 
Старый 26.03.2012 14:29   #4  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
3D-texnologiya tibbiyotga kirib keldi







Belgiya va Niderlandiya shifokorlari hamkorlikda g‘aroyib jarrohlik amaliyoti o‘tkazishdi. 83 yoshli ayolning infeksiya natijasida shikastlangan pastki jag‘ suagini undan olingan nusxa asosida uch o‘lchamli printerdan chiqarilganiga almashtirib o‘rnatishdi.

Bu jarrohlik tarixida inson tanasi qismlaridan birining ilk marotaba 3D-modelga almashtirilishidir.

Jag‘ asosi titandan bo‘lib, uning tashqi qoplamasi organik moddaga yaqin va maxsus 3D-printerda "chop etilgan" va "lazerli eritish" yordamida titan asosga mahkamlangan.

Mazkur ishni amalga oshirgan Xilloc kompaniyasi ma'lum qilishicha, jag‘ suagi muhandislik faoliyatida avvaldan qo‘llanib kelayotgan an'anaviy 3D CAD-texnologiyalari yordamida loyihalangan.

Xabarlarga ko‘ra, bemor jarrohlik amaliyotidan bir sutka o‘tib gapira olgan va yangi tishlari yordamida yumshoq ovqat tanovul qilmoqda. Shifokorlar yana bir oy bemorning holatini kuzatib borishmoqchi
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Старый 29.03.2012 09:24   #5  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Post

Facebook ofisi tomidagi ulkan QR-kod



Facebook xodimlari o‘zlarining yangi shatb-kvartirasi tomiga ulkan QR-kodni joylashtirishdi. Kattaligi 12 metr kvadrat keladigan ushbu QR-kodni hatto sun’iy yo‘ldosh orqali ham ko‘rish mumkin.
Facebook bosh ofisining tomiga qo‘yilgan ushbu QR-kod (yuqoridagi rasmga qarang) fbco.de saytiga yo‘llaydi. Hozircha ushbu sayt bo‘m-bo‘sh bo‘lib, TechCrunch texnoblogining yozishicha, unda turli boshqotirmalar, hazillar va boshqa turli ko‘ngilochar kontent joylashtirilishi mumkin.
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
"+" от:
Старый 02.04.2012 05:31   #6  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Acer 2012-yil uchun o‘zining yangi noutbuklarini namoyish qildi







Acer 2012-yilda ham shaxsiy kompyuterlarning global bozorida o‘z o‘rnini ushlab qolishga harakat qilmoqda. “Gartner” tadqiqot kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, Acer 2011-yilda butun dunyo bo‘ylab jami 29,9 million dona (14,3%) noutbuk sotib, bu borada jahonda HP kompaniyasidan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.

Biroq, umumiy shaxsiy kompyuterlar bozoriga keladigan bo‘lsak, bu sohada kuchli uchlikka mos ravishda HP, Lenovo va Dell kirgan.

Noutbuklardan tashqari, Acer planshetlar bozoriga ham o‘z e’tiborini qaratmoqda. Biroq, uning planshet kompyuterlari hali-beri foydalanuvchilar orasida unchalik ommalashib ketayotgani yo‘q.

Acer 2012-yil uchun 7 va 10 dyumlik oltita Android-planshet taqdim qiladi: Acer Iconia A701, A511, A510, A200, A101 va A100.
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
"+" от:
Старый 07.04.2012 05:15   #7  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Hero Посмотреть сообщение
Acer 2012-yil uchun 7 va 10 dyumlik oltita Android-planshet taqdim qiladi: Acer Iconia A701, A511, A510, A200, A101 va A100.
Бу соҳа тилсимларини мукаммал ўрганмаганлар замондан ортда қолиб кетиши ҳеч гапмас...
Ответить 
Реклама и уведомления
Ответить

Метки
библиотеки, kutubxonalar, texnologiyalar
Опции темы
Опции просмотра
Комбинированный вид Комбинированный вид




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх