Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 11.03.2012 22:10   #11  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Mahmud Jurat Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Ansizin
Jon beray jonim eting, janonadir jonimda jon.
Шеърнинг гузаллигига гап йўқ. Шеър яхши тушунилиши учун мана бу икки сўз Ansizin, eting (ҳатто мана шу қатор) аруз талабларига кўра ўзгарганга ўхшайди, қандай ўзгарганлиги ва улар қайси маънода ишлатилганлигини ўзингиз изоҳлаб ўтсангиз яхши бўлар эди. Шундан кейин балким бирор фикр билдирарман.
Assalomu alaykum,

O'rinli savol uchun tashakkur.

Lutfiy g'azallarida Sensizin degan so'zni TV orqali eshitgan, yoib chiqilgan g'azalni ham qayta-qayta o'qigandim. Lekin shu qaysi g'azalligini haliyam bilolmadim, keyin qaytib uchratmadim uni. Shu so'z menga juda yoqib qolgan shu bois ijodimga har qancha shunga o'xshash so'zlarni qo'llashga intilsam-da baribir kavsarniki mavlono Lutfiynikidek betakror chiqmadi. "Unga" kabi so'zlarimizni mumtoz adabiyotda "anga", "aningdek" kabi bir qancha muqobillari borligini ko'pchiligimiz eshitganmiz. "Ansizin" - bu "onsizin" ya'ni "usiz" degan ma'noda berilgan.

O'sha baytda shoirning fikri: "Oshkora ketishga ketdi lekin pinhona yana qaytdi. Ya'ni oshkora yonimdan yiroqqa ketib qoldiyu qalbimga pinhona kirib keldi". Yorning ketganidan so'ng uning qalbiga pinhona tashrif buyurganini aytmoqda she'r muallifi.

Keyingi misrada esa: "Lekin uningsiz mening har tunim fig'on bilan kechdi. Ya'ni ikki o't orasida qoldim. Oshkora yonimda yuq lekin qalbimda nihon yashayapti, shu ikki hisning orasida azob tatib ko'rdim.." deyilmoqchi.

Siz so'ragan eng oxirgi misraning mazmuni: Nega shoir bu gal jonim oling demay jonim eting dedi? Chunki bundan oldingi misrada "Gar u kavsar so'zlarin aylamas ersa qabul" deyapdi. Ya'ni u so'zlarimni qabul qilishni istamasa, yoki inonmasa unga mening jonimni eltib bering, shunda u ishonadi. Chunki siz etadigan jonimning o'zi janonaga aylanib ulgurgan. U O'zini hech vaqt rad etolmaydi deyilmoqchi.

Shuning uchun ham g'azal oxirigacha jonimni beray jonimni oling, jon bu maning janonamdir degan nido yangraydi. Muallif aytmoqchi bulgan gapi ham mana shu misrada nazarimda.

juda qisqa vaqt oralig'ida yozishga harakat qildim, nokamtarinlik joylari uchun uzr. Hali kavsar shunchaki havaskor, shuning uchunam katta ijodkor ustozlardan samimiy fikr kutib qoladi. Xatolari bulsa vaznda ham, mazmunda ham uni isloh etish tarafdori.

Rahmat,hurmat bilan..
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy

Последний раз редактировалось Kavsar; 11.03.2012 в 22:17.
Ответить 
 
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх