Yozuvchi Tohir Malik so'nggi so'z o'rnida, "Umrni oqar daryoga o'xshatishadi. Ba'zi daryolar qumga singib ketadi, ba'zi daryolar bog'-rog'larga jon bag'ishlaydi. Mendan armoningiz bormi, deb so'rashadi. "Armonim bor, desam, noshukurchilik qilgan bo'laman. Avvalambor aziz va mukarram zot-inson qilib Yaratganga shukronalar aytaman. Undan tashqari, ota-onam orzu etganlaridek solihlik yo'lini tutdim. Mustaqillik yillarida 1997-yilda muborak Haj safarini qilishlikni nasibi ro'z ayladi. Yurtimiz mustaqilikka erishgan yillari O'zbekiston xalq yozuvchisi unvonini oldik. Bunga albatta shukrona keltira bilishlik kerak..."