Xurmatli forumdoshlar bu yerda pulga yoki tekinga programma qilishni muxokama qilganimiz yo'qku. Bu yerda bizga Olim xam kerak emas va biz o'ylaganday Olim "Steve Jobs" ga o'xshagan nafaqat O'zbekistonda balki dunyoda xam juda kam topiladi lekin biz xarakat qilmasak xech qachon O'zbeklardan Steve Jobs chiqmedi. Demak biz olim bo'la olmadikmi kelajak avloddan Olim chiqishiga imkoniya yaratib qo'limizdan kelgan ozgina xissamizni qo'shaylik degan edik. Buning uchun inglizcha-ruscha-o'zbekcha lug'atni xozir menimcha unchalik keragi yo'q. Xozir mavjud o'zbekcha ma'lumotlarni bir joyga jamlaylik. Ichimizda ijodkor programmistlar xam juda ko'p. Xar bir programmist o'zi yozgan dastur yoki qiziqqan til bo'yicha o'zbek tilida mukammal bo'lmasa xam ozgina maqola yozsin. va kutubxonaga qo'shsin. Qatnashuvchilar shu narsani odat qilishsa, undan foydalanuvchilar va o'quvchilar ko'payadi va safimiz kengayadi. xar bir odam nimadir qo'shsa o'sha bizga kerak bo'lgan va topa olmagan lug'at xam o'zbekcha ma'lumotlar xam o'z o'zidan to'planadi shulardan foydalanib balki ichimizda Steve Jobs yaratilar kimdir Dunyoga tanilgan olim bo'lib yetishar. Shunga o'zbek tilidagi ma'lumotlarni to'plash kerak va bir joyga qo'yish kerak. Imkon bo'lsa chet elda o'qiyotgan student va ph.d larni xam jalb qilish kerak ularni tarjimaga foydasi kotta bo'ladi.
|