Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning Samarqandga kelish sababini har kim turlicha talqin qiladi. Xondamir, o`qish uchun keldi, deydi. To`g`ri u Samarqandda din xuquqshunosi va faylasuf Fazlulloh Abulays qo`lida o`qidi. Zahiriddin Muhammad Bobur uni Abusaid surgun qildi, deydi. To`gri, Abusaid Alisherga yomon munosabatda edi. Shoir dastlab Samarqandda moddiy qiyinchiliklar ichida yashadi. Keyinroq unga shahar hokimi Ahmad Xojibek rag`bat va homiylik ko`rsatadi. Nima bo`lganida ham, Samarqand uning xayotida o`chmas iz qoldirdi. Nihoyat, Samarqand o`z go`zalligi bilan ham Navoiyni maftun etdi. Shoir uni <firdavsmonand> (jannatsimon)deydi va zavollikka yuz tutmasligini istaydi. Navoiy shu yillari shoir sifatida juda katta shuhrat topa bordi. 1465-1466-yillar unin muhlislari she’rlarini to`plab, <Devon> tuzdilar. Bu kitob hozirda <Ilk devon> nomi bilan mashhurdir. 1468-yil oxirida Eronni egallash uchun bo`lgan jangda Abusaid Mirzo xalok bo`ladi. Husayn Boyqaro 1469-yilning boshida Hirotni qo`lga oladi va Samarqandga xat yo`llab, Navoiyni yoniga chaqiradi. Alisher eshitib Hirotga, do`stining oldiga yo`l oladi. Qaytgach shoir do`stining taxtga o`tirganiga atab <Hiloliya> qasidasini yozadi. Alisher Navoiy do`sti Husayn Boyqaroning taxtga chiqishini yangi oy (hilol) ga qiyos qiladi. Husayn Boyqaro uni muhrdor etib tayinlaydi. Alisher Navoiy 1469-1472- yillarda muhrdor lavozimida, 1472-1476- yillarda vazir (amir) bo`lib ishlaydi. Ilm-ma’rifat xomiysi Navoiy maktab va maorif ishlarga har doim katta e’tibor berdi. Mehnatkash xalq bolalarini o`qitish va tarbiyalash uchun va madrasalar tashkil etishni davlat oldidagi bosh masalalardan deb qaradi, ilm ahliga , muallimlarga muhabbat bilan munosabatda bo`lishga urindi va shunday bo`ldi.
|