Saytingiz telefonda qanday ko’rinadi?
Bozorga chiqarilganiga hali ikki yil ham bo’lmagan planshetli kompyuterlar, smartfonlar, televizorlar, ‘java’da ishlaydigan telefon apparatlari, bukriderlar, o’yin pristavkalari – bular ayni kunimizda keng foydalanilayotgan, Internetga chiqa oladigan gadjetlardir. Tabiiyki, Internetga chiqa oladigan turli moslamalarning ekranlari tarkibi va o’lchamlari ham turlichadir. Kompyuter ekranida tuppa-tuzuk o’qiladigan saytlar telefonda “qiyshiq” ko’rinadi. Saytlarni ko’rsa bo’ladigan gadjetlarning ko’payib borishi sayt quruvchilari uchun bir bosh og’riqqa aylangani haqida gapirmasak ham bo’ladi (brauzerlarning turlari kamlik qilgandek).