Цитата:
Сообщение от Zumrad Shadjalilova
1.Дунё поп мусиқасининг қироли номини олган Майкл Жексон ўзи ва ижоди ҳақида "Ойдаги одимлар ("Лунная походка") китобини ёзган. Келажакда сизнинг ҳам китоб ёзиш ёки ёздириш ниятингиз борми?
2. "Мен учун одаларни бахтли қилишдан, муаммоларию ташвишларини кўрсатиб беришдан, юкларини енгил қилишдан кўра муҳимроқ иш йўқ! Улар менинг чиқишимдан: "Зўр бўлди! Яна кўргим келяпти! Қўшиқни яна эшитгим келяпти!. Вақтим чоғ ўтди"- деган сўзлару кечинмалар билан кетишларини истайман. Мен учун санъат шундай маъно касб этган"
Майкл Жексон
Сизнинг учун санъат қандай маъно касб этади?
|
Haqiqatdan ham pop musiqa qiroli Maykl Jekson o'zining kuy va qo'shiqlari b-n o'z muhlis va eshituvchilarini qalblarini larzaga keltira olgan buyuk istedod. Aslida ham haqiqiy san'atkor huddi shunday bo'lmogi lozim. Agarki ijodkor insonni yaratgan kuyi yoki qo'shigi tinglovchini qalbini hatto uchqunlay olmas ekan, bu yaratilgan asar ijodkorni ayni hatosi hisoblanib,uni o'z kasbiga muhabbatsiz inson ekanligidan dalolat beradi. O'z ijodiy faoliyatimda meni ham asosiy maqsadim, yaratayotgan kuy va qo'shiqlarimni tinglayotgan muhlislarni, eshituvchilarimni qalblariga biroz bo'lsada orom bagishlay olsam va ularga ruhiy va ma'naviy ozuqa bera olsam va qalblarida bu go'zal hayotga chiroyli nazar b-n boqib, ozgacha bir kayfiyat uygota olsam bu men uchun juda katta va ulkan baht. Har bir inson "Ollohni qudrati b-n" buyuk ishlarga qodirdur. Va har birimiz bu dunyoda yashashimizdan asosiy maqsadimiz Ona-Yurtimuzga,Vatanimizga va qolaversa yon atrofdagi yaqinlarimizga qo'limizdan kelganicha yahshiliklar qilib va shu qilayotgan ishlarimizdan o'zgalar manfa'at topsalar, biz bu dunyoda bejizga hayot kechirmayotganimizni his qilib yashashimiz kerak.