Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET > Акции ZiyoNET
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Акции ZiyoNET Проводимые промо и рекламные акции, конкурсы в образовательной сфере


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 21.04.2011 14:01   #22  
Known ID Group
Аватар для Bekmirzo
Оффлайн
Сообщений: 1,253
+ 1,042  1,526/636
– 63  80/43

Uzbekistan
Nr. 1 - Ulug'bek rasadxonasi



O'z davrida dunyoda yagona bo'lgan mahsuli hali ham dunyoni lol qoldirib kelayotgan ushbu mukammal ilmiy inshootni nafaqat O'zbekiston, balki butun dunyo me'morchilik mo'jizalari qatoriga kiritmasdan iloj yo'q.

*******************

Nr. 2 - Oqsaroy majmuasi



14-asrning oxirlarida qurilgan. Aytishlaricha, asli balandligi 80 metrdan ortiq bo'lib, tepa qismida ikkala bino birlashgan va shu birlashgan qismida kichik bir hovuzcha ham mavjud bo'lgan. Temuriylar barpo etgan inshootlar orasida eng antiqa va betakrori hisoblanadi.

**********************

Nr. 3 - Amir Temur bog'lari

Sohibqiron Amir Temur davrida hammasi bo‘lib Samarqand atrofida 12 ta go‘zal va betakror bog‘ barpo etilgan. Bular «Bog‘i Naqshi Jahon», «Bog‘i Behisht», «Bog‘i Shamol», «Bog‘i Davlatobod», «Bog‘i Buldu», «Bog‘i Maydon», «Bog‘i Baland», «Bog‘i Chinor», «Bog‘i Jahon Namo», «Bog‘i Nau» bo‘lib, ular uchun o‘rin tanlashda joyning bahavoligi, baland-pastligi, suv manbaining oz-ko‘pligi va tabiatning boshqa hususiyatlariga alohida e’tibor berilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda Amir Temur davrida Samarqand bog‘lari ikki xil ko‘rinishda qurilgan.
1. Geometrik shaklda tartib berilgan chorbog‘lar. Bu ko‘rinishdagi bog‘lar to‘rtburchak shaklida qurilib, maydoni 1x1 km.ni tashkil etgan.
2. Tabiat xushmanzaralari asosida tashkil topgan bog‘lar tabiiy holatga barpo qilingan. Bu bog‘lar maydoni tartibli bog‘larnikiga nisbatan kengroq bo‘lgan. Zarafshon daryosi, Darg‘om Abbos, Qoraunas kanallari va Obirahmat, Bog‘i Shamol, Bog‘i Baland ariqlari bog‘larni suv bilan ta’minlagan.

(manba: http://www.uzbekistonovozi.uz/page-10001225.html)



Ответить 
 

Метки
акция, fikr.uz
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх