|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#11 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Oy kezadi yolg’iz samoda, Shovullaydi daryo betinim. Derazamni chertar shaboda, O’tmoqdadir yana bir tunim. Qora bulut osmonni kezib, Yulduzlarga bermaganday tinch. Xayollarim har yoqqa to’zib, Yuragimdan qidirar ilinj. Behol qalbim, qaltiroq qalbim, Orziqadi seni o’ylasa. To’lqin, shamol bo’lar edi jim, Sabolardan salom yo’llasang. Kiprik qoqmay mayli kutaman, Tirqillagan oynaga qarab. Nafasimni ichga yutaman, Xudoyimdan baxtingni so’rab. Qayerdadir omon bo’lsang bas, Tinching bilsam menga yetadi. Tabassuming ichda qilib his, Xavotirim tarqab ketadi. Oy kezadi yolg’iz samoda, Shovullaydi daryo betinim. O’yga cho’mgan xorg’in dunyoda, Surmoqdasan sen ham xayol jim… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
|