Цитата:
Сообщение от Muhayyo Turdialiyeva
Mavzuni davom ettirish uchun hech bo'lmasa biron bir fakt keltirsangiz bo'ladiku. Biz esa o'z fikrimizni bildira olamiz xolos.
|
Mavzuni ochishdan oldin, 150 ta kishidan shu mavzuda fikr bildirishlarini so'radim. Ular bildirgan fikrlarni esa % ga qo'yib hisoblab chiqdim, agar mavzuni boshini o'qigan bo'lsangiz u yerda natijani va fikrlarning ayrimlarini keltirib o'tganman. Hisob-kitobda mani taajjubga solgan narsa shuki, ayollarga nisbatan ko'proq erkaklar G'arb madaniyatini bizga kirib kelishini qoralashdi. Ularning fikricha, bolalarimiz aksar tarbiyasizliklar va behayoliklari, noqobil muomala qilishlari, kattalarni hurmat qilishni unutishlari, ota-onani nazar-pisant qilmaslik kabi illatlarni chet el kinolaridagi, serillaridagi ba'zi xunuk holatlardan, musiqalaridagi ma'nosi yomon so'zlar va kirib kelayotgan "jargo'n" so'zlardan bemalol o'rganib olishayotgan ekan.