|
Nima bo'lganda ham ana shu bayram sabab, bir-birimizdan habar olamiz, hol-ahvol suraymiz, ish bilan bo'lib vaqt ajratolmaganlar shu kichik bayram sabab oylab ko'rmagan qarindoshlarimizni ko'ramiz. Biz ayollar anchagina dardlashamiz, aka-uka, opa-singil, asosiysi bir dasturxon atrofida o'tirib ota-ona, buvi-buvajonlarimizning doularini olamiz. Xayit ayyomi arafasida Chorsuning Gumbaz ichidagi bozoridan bozorlik qilayotgan edik bir sotuvchi yigitdan ko'proq narsalar tanlayotib gaplashib qoldik. "-Sizlarga yaxshi, bayramni oilaviy kutib olayapsizlar, biz esa bozorda, o'zimiz viloyatlik, qarindoshlar telefonda tabriklashyapti, baribir o'zimizni bayramlarni ayniqsa Xayit ayyomida ota-ona bag'rida nishonlashga nima yetsin-a" -dedi.
|